LXVIIIBOB
QARIMAYD1GAN AKA
Lizel Memingeming o‘n to‘rt yoshga qadam qo‘yishiga ham barmoq bilan sanarl i haftalar qolgan bo‘lsa ham o‘gay otasi hanuz qaytib kelmagan edi.
Lizel farzand dog‘ida kuygan ayolga yana uch marotaba kitob o‘qib berdi. U deyarli har oqshom Rozaning akkordeonni quchgancha jag‘ini bosqon ustiga suyab ibodat qilayotganini ko‘rardi.
— Vaqt keldi, — dedi u o‘ziga o‘zi va ishga kirishdi. ligan yolg‘iz o‘g‘rilikning o‘zi bilan tasalli topgan bo‘lsa, endilikda o‘ziniki bo‘lmagan bir narsani qaytarib berishga jazm etdi.
Lizel karavoti ostiga kirib, yashirib qo‘ygan joyidan idishni chiqardi va oshxonada shosha-pisha u yoq bu yog‘ini artib, uydan chiqib ketdi. Unga shahar bo‘ylab sayr qilish juda yoqib tushdi. Havo xuddi qattiqqo‘l o‘qituvchisi yoki rohibaning qamchisidek o‘tkir va tekis edi. Myunxen ko‘chasidagi yagona shovqin uning etiklariga tegishli edi. Lizel ko‘prikni kesib o‘tayotganida bulutlar ortidan quyosh nuri o‘zining mavjudligi haqi- da darak berib, asta kezib yurar edi.
Grande ko‘chasi, 8-uyga yetib kelgach, Lizel zinapoyadan ko‘tarilib idishni pastga qo‘ydi va eshikni taqillatdi. Eshik ochilgan paytda Lizel mu- yulishga yetib qolgan edi. U orqasiga qaramadi, animo orqasiga qaragan taqdirida o‘sha yerda tizzasi batamom sog‘aygan ukasini ko‘rishini bilardi. Hatto ortidan uning ovozi eshitilgandek bo‘Idi.
— Yaxshi ish qilding, Lizel.
Lizel ukasi hozir tirik bo‘lganida olti yoshga kirgan bo‘lishini afsus- nadomat bilan esladi, lekin xayoliga shu kabi g‘amgin o‘ylar kelganida u iloji boricha tabassum qilishga harakat qilardi.
U Amper daryosi ustidagi ko‘prikning Hans ilgarilari suyanib tura- digan tanish joyida ancha qolib ketdi.
Qayta-qayta jilmayib, tabassum qilaverib, ichidagi dardlaridan bir- muncha forig‘ bo‘lgach, uyiga tomon yurib ketdi. Ukasi shundan so‘ng uning tushlariga boshqa kirmadi. Lizel hanuzgacha uni qattiq sog‘ina- yotgan bo‘lsa-da, lekin hech qachon poyezd vagonining polida o‘ziga tikilgan o‘lik ko‘zlami yoki uni oTdirgan yo‘talni eslashni istamasdi.
• O‘sha kuni kitob o‘g‘risi karavotida uyqusi kelmay shiftga tikilib yotganida ukasi paydo bo‘ldi. U Lizelning xonasiga muntazam tashrif bu- yuruvchi ko‘plab aktyorlardan bin edi. Awaliga Hans kirib, unga: “Katta bo‘lib qolding”, — deb aytib ketadi. Maks esa burchakda o‘tirib “So‘z silkituvchi”ni yozadi. Eshik oldida esa qip-yalang‘och Rudi turadi. Gohida poyezdda bir nuqtaga tikilgancha o‘tirgan onasi paydo bo‘ladi. Ba’zan noma’lum shaharchaga eltuvchi ko‘prik kabi cho‘zinchoq xonasida ukasi Verner qabristondagi qomi o‘ynab yurgan bo‘ladi.
Dahlizning oxiridagi xonadan Rozaning uzluksiz bir me’yordagi xurrak ovozi eshitilgach, Lizel Meminger hushyor tortib anchagacha ko‘z- larini yuinmay yotdi, esiga eng so‘nggi o‘qigan kitobidagi iqtibos tushdi.
ffi
"R “SO'NGGI BEGONA ODAM”. 38-SAHIFA
Shahar ko'chalari odamlarga liq to "la edi, ammo ko'cha buturilay kimsasiz bo'lgan taqdirda ham begona odam o'zini bunchalik yolg'iz his qilmasdi.
* * *
Tong otgach g‘oyibdan kelgan tasawurlaming barchasi g‘oyib boTdi va Lizelning qulog‘iga mehmonxona tarafdan kelayotgan bir to‘p sokin so‘zlar eshitildi. Roza akkordeonni bag‘riga bosgancha Xudoga iltijo qilardi.
— Ey Xudo, ulaming barini o‘zuylariga eson-omon qaytar. O‘tina- man, hammasi tirik qaytsin, — deb takrorlardi u. Hatto uning ko‘zlari atro- fidagi ajinlar ham qoTlarini qovushtirib olishgandi.
Salmoqli akkordeon uning tanasiga ozor keltirsa-da, Roza undan ayrilishni istamasdi.
Rozaning o‘zi o‘sha daqiqalar haqida hech qachon Hansga ayta ol- mas edi, lekin Lizel havo hujumidan mudofaa qiluvchi boshqa askarlar o‘tirgan yuk mashinasi Essenda qulab tushganda otasining omon qolishiga Rozaning tinimsiz qilgan ibodatlari sabab bo‘lgan, deb ishonardi. Agar ular yordam bermagan taqdirda ulardan otasiga zarar ham yetmas edi.
LXIXBOB
BAXTSIZ HODISA
O‘sha kuni havo hayratlanarli darajada toza edi. Havo hujumidan mudofaa qiluvchi bo‘linma askarlari yuk mashinasiga birin-ketin sakrash- di. Hans Huberman endigina o‘zining doimiy o‘miga o‘tirganida Raynxold Suker uning tepasida to‘xtadi va:
— Nari suril, — dedi.
— Bitte? Kechirasan?
Suker yuk mashinasining tomi ostida tolday egilib turardi.
— Nari suril deyapman, eshakmiya. Uning taroq tegmagan moyli sochlari peshonasidan osilib tushdi. — Sen bilan joyimni almash- tirmoqchiman.
Hans gangib qoldi. Axir, mashinadagi eng noqulay, eng sovuq joy orqa o‘rindiq-ku.
— Nima uchun?
— Nima farqi bor? — Sukeming sabr kosasi to‘la boshladi. — Balki, hojatxonaga shoshilib, mashinadan birinchi bo‘lib tushishni xohlab qolarman.
Hans boshqalaming ham kap-katta odamlar o‘rtasida kechayotgan dahanaki bahsga quloq osib o‘tirganini payqadi. U yutqazishni xohlamas-
di, lekin shu bilan birga mayda-chuyda narsalarga ham vaqtini bekor sarf-
lashni yomon ko‘rardi. Qolaversa, ular endigina og‘ir ish kunini tuga-
tishgan va Hansda u bilan arzimagan joy ustida tortishib o‘tirishga kuch
qolmagandi. Shu bois ham u xiyol egilib, o‘rtadagi bo‘sh o‘rindiqni
egalladi.
— Nega bu xira pashshaga joyingni berding? — savolga tutdi
yonidagi safdoshi.
Hans gugurt chaqib, unga ham sigareta taklif qildi.
— U yerdagi shovqindan qulog‘im teshilib ketay deydi.
Yashil zaytun rangli yuk mashinasi sakkiz kilometr narida joylash-
gan barakka qarab ketayotgan edi. Mashinaning oldingi chap g‘ildiragi
teshilib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotganida Brunnenveg fransuz
ofítsianti haqida latifa aytib hammani kuldirayotgan edi. Mashina bir necha
marta aylanib ketdi, ichidagilar so‘kinib, havo, yorug‘lik, axlat va tamaki
orasida chirpirak bo‘lganlar so‘kinishdi. Qo‘llari bilan biror narsani ushlab
olmagunlaricha ko‘z oldilarida ko4m-ko‘k osmon, mashina tomi va pol
navbatma-navbat o‘zgarib turdi.
Aylanish nihoyat tugaganida ular bir-birlarining irkit kiyimlariga
yuzlarini bosgancha mashinaning o‘ng tarafíga ustma-ust to‘planib qolish-
gandi. Bir-birining hol-ahvoli haqida savollar tarqala boshlagan kezda
to‘satdan Eddi Alma ismli askar baqirishga tushdi:
— Mana bu hayvonni ustimdan olib tashlasanglar-chi ! — Raynxold
Sukeming abadiy yumilgan ko‘zlariga tikilib shu gapni uch marta nafas
olmasdan takrorladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |