BIRINCHI MIX beshta zarbadan so ‘ng daraxt tanasiga mustah- kam о 'rnashdi. Keyin ikkinchi mix qoqildi vayigit asta daraxtga о ‘nnalay boshladi.
To ‘rtinchi mixdan keyin uning ilk daraxt shoxlariga yetishiga ozgina
qoldi. U buni aytib pastdagilarga baqirmoqchi ham bo ‘ldi, lekin darhol
fikridan qaytdi.
Yigitga daraxtning uchiga chiqqunicha bir necha chaqirimyo 7 bos-
gandek, bir necha soat o ‘tib ketgandek tuyuldi. Ko ‘zlangan yerga yetib
borgach, so‘z silkituvchining ko'rpaga va bulutlarga burkangan halda
uxlab yotganini ko ‘rdi. Unga uzoq tikilib o ‘tirdi. Quyoshning haroratidan
bulutli tom ham qizigandan qizidi.
Yigit qo'lini cho'zib, qizning tirsagini turtgach, so‘z silkituvchi
ko ‘zlarini ochdi.
U ko ‘zlarini ishqalay-ishqalay oldidagi yigitning yuziga ancha vaqt
tikilib turdi va keyin gapirdi:
— Chindan o'zingmisan? Men bu daraxt urug'ini sening yono-
g'ingdan olganmidim?
i
Yigit bosh irg ‘adi, yuragi beqaror urib novdalami mahkamroq ush- ladi.
— Ha, menman.
Do'stlaringiz bilan baham: |