Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet149/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

XLVBOB




O‘LIM KUNDALIGI: KYOLN
30-mayning qulay oígan soatlari.
Mingdan ortiq samolyotlar Kyoln nomi bilan tanilgan shahar tomon uchib ketishayotganda Lizel Memingeming chuqur uyqudan bahramand bo‘layotgan edi. Umuman olganda, bombalashdan so‘ng besh yuz yoki undan sal ko‘proq odam o‘lishini chamaladim. Ellik minglab odamlar ar- vohdek qavat-qavat uyilgan xarobalar atrofida aylanib, qaysi ko‘chada turishgani yoki vayron bo‘lgan uyning egasi kimligi haqida bosh qotiradi. Besh yuz jon aytishga oson. Men ulami chamadon singari barmoqlarimda olib ketdim, ba’zilarini esa yelkamda tashidim. Faqatgina bolalami bag‘- rimga bosib avaylab ko‘tardim.
Ishimni tugatganimda osmon yonayotgan gazetadek sarg‘ayib ket- gandi. Agar unga diqqat bilan qaraganimda, so‘zlami, jang maydonlaridagi hozirgi vaziyatni tavsiflovchi maqolalaming sarlavhalarini va boshqa shunga o‘xshash narsalami o‘qishim mumkin edi. Holbuki menga uni o‘qishdan ham ko‘proq sahifalarini birma-bir yulib olib, osmondan o‘pirib tashlash ko‘proq zavq bag‘ishlardi. Jonlami tashiyverib qavargan qo‘lla- rim og‘riyotgani uchun tavakkal qilib barmoqlarimni kuydirishni istama- dim. Oldinda meni hali juda ko‘p ish kutib turibdi.
Kutilganidek, ko‘pchilik bir lahzada vafot etdi. Boshqalari esa biroz uzoqroq turishdi. Men hali yana bir necha joylami ziyorat qilib chiqishim, turli xil osmonlami ko‘rib, jonlami yig‘ishim kerak edi. Shulami tugatib so‘nggi samolyotlar hozirgina uchib o‘tgan Kyolnga qaytganimda misli ko‘rilmagan darajadagi noyob bir narsani ko‘rib qoidim.
Qo‘limda tariasi kuyib qorayib ketgan o‘spirin qizning jonini ko‘ta- rib borayotganimda mungli nigohlarim bilan endi oltingugurt rangiga kirgan osmonga qaradim. Yaqin-atrofda o‘nga yaqin qizlar to‘plangan edi. Bittasi kutilmaganda baqirdi:
— Ana u yerdagi nima bo‘Idi?




U qo‘lini cho‘zib, osmondan asta tushib kelayotgan qora narsani ko‘rsatdi. Awaliga u havoda suzib yurgan qora patga yoki kul zarrasiga o‘xshadi. Keyin u kattalasha boshladi. Boya qichqirgan qizil sochli, yuzini sepkil bosgan qiz yana unga ishora qilib, dona-dona qilib gapirdi:
— Ana u yerdagi narsa nima bo‘ldi?
— Bu o‘lik odamning tanasi bo‘lsa kerak, — taxmin qildi boshqa bir qiz.
O‘sha narsa endi bitta qilib tugilgan qora sochlarini silkitib shahar- ning qoq o‘rtasiga tushardi.
— Bu ham navbatdagi bomba!
Ammo u bombaga qaraganda juda sekin tushdi.
Qo‘llarimda hanuz tutayotgan yoshgina jonni olib qizlaming ortidan bir necha yuz metr yurdim. Qizlar singari men ham osmondan ko‘z uzma- dim. Men qilishni istagan oxirgi narsa — olib ketayotgan qizimning ayanchli yuziga bir qarash edi. Chiroyli yosh qizni endi mutlaq o‘lim kutib turardi.
Biz tarafga qarab kelayotgan odamning hayqirig‘idan qizlar qatori men ham sapchib tushdim. G‘azablangan ota qizlami uyiga haydab yubor- di. Qizil sochli qiz unga e’tiroz bildirdi. Uning yuzidagi sepkillari vergul- dek cho‘zilib ketgan edi.
— Lekin, dada, o‘zingiz ham bir qarang.
Otasi bir necha kichik qadam tashladi va tez orada osmondan qulab tushayotgan narsaning nimaligini fahmladi.
— Bu yoqilg'i, — dedi u.
— Nima? Qanaqasiga?
— Bu yoqilg6 i idishi, — g‘ijimlangan va kirlangan tungi kiyimdagi odam aniqroq izoh berdi. Ular shu idishdagi hamma yoqilg4ini ishlatib bo‘lishgach, bo‘shagan idishni tashlab yuborishgan. Qara, anavi yerda yana bittasi bor.
— Huv anavi joyda ham bor ekan.
Bolalar, baribir, bolaligiga borib, qunt bilan osmondan yerga tush- gan bo‘sh idishlami qidirishga tushib ketdilar.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish