_ 344
Birinchi bak baland ovoz bilan gumburlab qo‘ndi.
— Ota, biz buni o‘zimiz uchun olsak bo‘ladimi?
— Yo‘q, — bomba ostidan tirik chiqqan bu odam yuz bergan xoti- radan qattiq ta’sirlangan edi. — Buni qabul qila olmaymiz.
— Nima uchun?
— Men otamdan so‘rayman, mabodo ruxsat bersa, uni uyimga olib ketaman, — dedi boshqa bir qiz.
— Men ham.
Kyoln vayronalari o‘rtasida bir guruh bolalar dushman tomonidan tashlagan yoqilg‘i quyish uchun mo‘ljallangan baklami yig‘ishayotgan edi. Men esa har doimgidek jonlami to‘pladim. Hali yil yarim bo‘lmasdan juda qattiq charchab qoldim.
XLVIBOB
MEHMON
“Himmel” ko‘chasidagi o‘yinlar uchun yangi fútbol koptogining topilishi yaxshi yangilik bo‘lsa, natsistlar partiyasi bo‘linmasining ular to- monga kelayotganligi biroz qo‘rqinchli xabar edi. Ular Molking bo‘ylab ko4 chama-ko‘cha, uyma-uy yurishdi va tamaki chekib olish uchun Frau Dilleming do‘konida to‘xtab, o‘sha yerda yana ishlarini davom ettirish uchun tayyorgarlik ko‘rishdi.
Molkingda bombadan saqlanadigan bir nechta joylar bor edi, ammo Kyoln bombardimon qilinganidan ko‘p o‘tmay, yana bir nechta shunday joylar tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilgan edi. Shu sababli natsistlar partiyasi vakillari Molkingdagi har bir uyga kirib chiqib, boshpana vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan yerto‘la topishga harakat qilishayot- gandi. Bolalar bir guruh tekshiruvchilar ustidan o‘rlayotgan tamaki tutuni- ni uzoqdan ko‘rib qolishdi.
Lizel endigina ko‘chaga chiqib, to‘ppa-to‘g‘ri Rudi va Tommining oldiga borgandi. Harald Mollenxauer qochib ketgan koptokning orqasidan
chopayotgan edi.
— Bu yerda nima bo‘lyapti? — taajjublandi Lizel.
Rudi qo'llarini cho‘ntagiga tiqdi.
— Partiyachilar uylami aylanib, nimanidir tekshirib yurishibdi, — Rudi do'stining Frau Xolsapfelga tegishli hovli atrofini o'ragan o'tli devor osha koptokni tashlashini kutardi.
Lizel xavotirga tushdi, og'zi bir zumda qaqrab ketdi.
— Nimani tekshirishyapti?
— Sen umuman hech narsani bilmaysanmi hali? Unga aytib bersang-chi o‘zing, Tommi.
Tommining yuzida chalkashlik aks etdi:
— Men ham bilmayman.
— Ikkalangiz ham no‘noqsizlar. Ular bombalardan yashirinish uchun qo‘shimcha boshpana izlashyapti.
— Yerto ‘lalardanmi?
— Bo‘Imasa chordoqlardan izlashadimi? Albatta, yerto'lalardan- da. Ey Xudo, Lizel, sen, haqiqatan ham, ahmoqmisan?
Koptok yana o'yinga qaytdi.
— Rudi!
Rudi koptokni ilib ketganda ham Lizel maydonga tushmay turardi. Hech kimda shubha tug'dirmasdan qanday qilib uyiga borishi mumkin? Frau Dilleming do'kon ustidagi tutunlar yo'qolgan, erkaklar to'dasi ham uy-uylarga tarqalishni boshlashgandi. Lizelning vujudini vahima qamrab oldi, lablari quruqshadi. Havo qumga aylandi. O'yla, Lizel, o'yla! Bir bahona topsang-chi, axir!
Rudi gol urdi. Unga olqish va tabriklar yog'ildi. 0‘yla, Lizel. Va nihoyat miyasiga bir fikr keldi.
— Albatta! — dedi u o'ziga o‘zi. — Ammo uni tasodifdek qilib ko'rsatishim kerak.
Partiya a’zolari ko'cha bo'ylab uylami nazoratdan o'tkazib kelishar, ba’zi xonadonlar eshigiga qizil bo'yoq bilan “LSR” deb yozib qo'yishardi. Koptok havoda biroz uchib Klaus Berg ismli kattaroq bolaga nasib etdi.
, —®
S LSR
Do'stlaringiz bilan baham: |