Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet71/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

BAXTNING KALITLARI


  1. Go'rkovlar uchun qo'llanma” kitobini o‘qib tugatish;

  2. Mariya opaning g'azabidan panada bo'lish;

  3. Rojdestvo” bayramida ikkita yangi kitobga ega


bo'lish.


89


17-dekabr.


Lizel bu sanani juda yaxshi eslardi, chunki o‘sha kun “Rojdestvo1” bayramiga roppa-rosa bir hafta qolgan edi.
Har doimgidek tungi bosinqirash va yomon tushlar tufayli uning uy- qusi o‘chgan va Hans Huberman uning joniga oro kirgandi. Otasining qo‘l- lari uning jiqqa terga botgan tungi ko‘ylagi bo'ylab yurdi.
— Poyezdmi? — pichirladi u.
Lizel tasdiqladi:
— Ha, poyezd.
U to tinchlanguncha yutoqib nafas olib o‘tirdi, keyin esa otasi bilan birgalikda “Go‘rkovlar uchun qotllanma”ning o‘n birinchi bobini o'qishga kirisliishdi. Soat uchdan og‘ganda bobni tugatishdi, endi faqat oxirgi bob — “Qabristonga hurmat” qolgan edi. Kumush ko‘zlari charchoqdan shi- shinqiragan, yuzida tuklar barq urgan otasi kitobni yopib, qolgan-qutgan uyqu farishtalari kelishini kutdi. Animo ulami kelishmadi.
Chiroq o‘chirilgach, oradan bir daqiqacha vaqt o‘tib Lizel zulmat qo‘ynida uni chaqirdi:
— Dada?
Qizining so‘roviga javoban Hans gapirmay, bo‘g‘zidan g‘alati tovush chiqardi.
— Dada, uyg‘oqmisiz?
— Ja1 2.
Lizel tirsagiga suyanib o‘midan turdi:
— Balki, kitobni bugun tugatib qo‘yanniz, nima dedingiz?
Hans uzoq va chuqur nafas oldi, yuzini qashidi, keyin borib chiroqni yoqdi. Kitobni qayta qo‘liga olib kelgan joyidan o‘qiy boshladi: O‘n ikkin- chi bob — “Qabristonga hurmat”.


1 Rojdestvo (ruscha: Рождество—tug'ilish)— Iso alayhissalomning tug'ilgan kuni munosabati bilan joriy etilgan bayram. Nasroniylik dinining asosiy bayramlaridan biri. Isoning tug'ilgan kuni sharafiga cherkov joriy etgan. 25-dekabrda (ayrim mamlakatlarda Yuliy taqvimi bo‘yicha, boshqalarida Grigoriy taqvimi bo‘yicha) nishonlanadi.


2 Ja (nemischa) — ha.
....... 90




Ular to tong otguncha kitobni mutolaa qilishdi, Lizel tushunmay qolgan notanish so‘zlami qalam bilan belgilab qog‘ozga yozishdi, so‘nggi bobning sahifalami birin-ketin varaqlashdi. Ko‘zlari toliqqan, miyasi g‘u- vullagan Hans bir necha marotaba o‘tirgan holida pinakka ketdi. Har safar ko‘zlari yumilib qiyshaya boshlaganida Lizel uni chaqqonlik bilan ushlab qolar, lekin unda na otasini uxlashiga qo‘yib berish uchun jon kuydirish fazilati va na ranjish uchun xafaqonlik bor edi. Lizelning oldida zabt etili- shi kerak bo‘lgan dovon túrardi. Nihoyat, tashqaridagi zulmat asta parcha- lana boshlagan kezda ular kitobni o‘qib tugatishdi. Oxirgi xatboshi shun- day so‘zlardan iborat edi: “Biz, Bayem qabristoni birlashmasi umid qila- mizki, qabr qazish ishlari, xavfsizlik qoidalari va go‘rkovlaming maj- buriyatlari to‘g‘risida bergan ma’lumotlarimizdan mamnun bo'ldingiz va o‘zingizga zarur bilimlami oldingiz. Dafn qilish san’atidagi faoliyatingiz- da muvaffaqiyatlar tilaymiz va ushbu kitob sizga ozgina bo‘lsa ham yor- dam berdi degan umiddamiz”.
Kitob yopildi va ular bir-birlariga qarashdi. Hans yengil tortib: “Nihoyat, uddaladik-a?” — dedi.
Ko‘rpasini yelkasiga chala tashlab oigan Lizel qo‘lidagi muqovasiga kumush harflar bitilgan qora kitobga tikilib qoldi va bosh irg‘adi. Uning og‘zi quruqshab ketgan, qomi piyoz po'sti bo‘lib ketgan edi. Lizel qattiq charchagan bo‘lsa ham nafaqat oldida ko‘ndalang turgan ishni tugatgan, balki uni tugatishga to‘sqinlik qilayotgan tun ustidan ham g‘alaba qozon- gan edi. Hans qo‘llarini ikki tomonga cho‘zib, ko‘zlarini yumgancha uzoq kerishdi. O‘sha tong yomg‘ir yog‘ishga jur’at eta olmadi. Lizel va uning o‘gay otasi o‘rinlaridan turib oshxonaga borishdi, turnan va qirovdan xira- lashgan deraza orqali “Himmel” ko‘chasidagi uylaming qorli tomlari osha tushayotgan quyosh nurlami tomosha qilishdi.
— Ranglarga qara, — dedi Hans. Ranglami payqabgina qolmay, balki ular bilan gaplashadigan odamni yaxshi ko‘rmaslikning iloji bo‘l- masa kerak.
Lizel hanuzgacha kitobni qo‘lida ushlab turardi. Qor to‘q sariq rang- ga kirganida, kitobni mahkamroq qisdi, shu payt tomlaming birida osmon- .... 91 „

1 ~ '


ga tikilib 0‘tirgan bolani ko‘rib qoldi.


— Uning ismi Verner edi, — dedi qiz. Bu so‘zlar uning og‘zidan beixtiyor chiqib ketgandi.
Hans: “Ha”, — deb qo‘ya qoldi.
O‘sha kunlarda maktabda o‘qish mahorati bo‘yicha sinovlar o‘tka- zilmadi, lekin asta-sekin o‘ziga ishona boshlagan Lizel bir kuni ertalab dars boshlanmasidan oldin qaysidir o‘quvchining esidan chiqib qolgan darsli- gini olib, o‘zining tutilmasdan ravon o‘qiy olish mahoratini tekshirib ko‘r- moqchi bo‘ldi. U kitobdagi hamma so4zlami o‘qiy oldi, lekin o‘qish tezligi sinfdoshlari bilan taqqoslaganda, baribir, sekin edi. Biror natijaga erishish arafasida bo‘lish aslida natijaga erishgandan ko‘ra ancha oson ekanligini tushunib yetdi. Hech bir ish birdaniga bo‘lib qolmaydi.
Bir kuni tushdan keyin Lizel sinfdagi javonda turgan kitoblardan birini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan edi, ammo, rostini aytganda, yo‘lakda Mari­ya opadan kaltak yeyishi mumkinligi o‘g‘rilikdan qaytarib qoldi. Bundan tashqari, Lizel maktabdan kitob o‘g‘irlashni chinakamiga istayotgani yo‘q edi. Katta ehtimol bilan uning noyabr oyidagi sharmandali chiqishi bunga asosiy sababdek qaralsa-da, Lizelning o‘zi ham aniq bilmasdi. U maktab­dan ignani ham olib ketishni xohlamasdi.
U sinfda deyarli og‘zini ochmas, hatto boshini boshqa tomonga burishdan ham qo‘rqardi.
Qish kirib kelgach, Lizel endilikda Mariya opaning qahriga yo‘li- quvchi qiz maqomidan ozod bo‘lgan va boshqa o‘quvchilaming yo‘lakka chiqib, o‘z qilmishiga yarasha “mukofot”ini olishini tomosha qilardi. Yo‘- lakda savalanayotgan ouquvchining alamli tovushlari kulgili tuyulmasa-da, u yerda o‘zi emas, boshqa birovning turgani haqiqiy tasalli bermasa-da, hech bo‘lmaganda yengillik keltirardi.
Maktabdagi o‘qishlar “Weihnachteri”' bayrami munosabati bilan qisqa muddatga to‘xtaganida Lizel ketmasidan oldin hattoki o‘qituvchisini bayram bilan tabriklab qo‘ydi. Hubermanlaming zo‘rg‘a kun kechirisha-


1 Weihnachten (nemischa) — “Rojdeslvo” bayrami.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish