Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet69/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

83




Uni ostidagi bolani o‘lar darajada do‘pposlashdan faqat bir narsa — Tommi Myulleming ayanchli istehzo bilan iljaygan yuzi to‘xtatib qoldi. Vujudi nomaTum kuch bilan toTib toshgan Lizel bu bema’ni tabassumni ko‘rgan zahoti o‘ylab o‘tirmasdan Tommini pastga tortib, uni ham kaltak- lay boshladi.
— Nima qilyapsan, jinni? — faryod chekdi Tommi, ammo yuziga uchinchi yoki to‘rtinchi marta tarsaki kelib tushganidan va bolaning bumi- dan qon oqqanidan so‘nggina Lizel urishdan to‘xtadi.
U cho‘kkalab o‘tirgancha havodan to‘yib nafas oldi va ostidan chi- qayotgan ingrashlami tingladi. Keyin chapga va o‘ng tomonidagi yuzlar ummoniga bir qarab qo‘yib: “Men ahmoq emasman”, — deb xitob qildi.
Hech kim yurak yutib unga qarshi so‘z ayta olmadi.
Hamma o‘quvchilar sinfga kirib, Mariya opa Lyudvig Shmeyklning ahvolini payqagach, jang voqeasiga yana qaytishdi. O‘qituvchining shub- hasi dastawal Rudiga, keyin yana bir nechta o‘g‘il bolalarga tushdi. Ular Shmeykl bilan doimo janjanlashishardi.
— Qo‘lingni ko‘rsat, — o‘qituvchi birma-bir bolalarga shunday buyruq berib, tekshirib chiqdi, ammo ulardan qilgan shubhasi o‘z tasdig‘ ini topmadi. Lizel oldinga bir qadam qo‘yib qoTlarini ko‘rsatishi bilan Lyudvig Shmeyklni kim o‘lasi qilib do‘pposlagani ma’lum bo‘ldi.
— Ko‘zlarimga ishonmayman, — ming‘irladi Mariya opa. — Bun­day bo‘lishi mumkin emas. Darhol yoTakka! — deb buyurdi. O‘sha kuni ikkinchi marta, aniqrog‘i, bir soat ichida ikkinchi marta Lizel jazola- nayotgan edi.
Bu safar u yengil kaltak bilan qutulib qolmadi. Bu safar u barcha qamchi zarblarining eng kuchlisini totib ko‘rdi, ketma-ket tushgan qamchi zarbalaridan Lizelning tanasida qattiq og‘riq turib, bir haftagacha o‘tira olmay yurdi. Lekin sinfdagi bitta ham o‘quvchi tishining oqini ko‘rsatishga jur’at etmadi. Aksincha, savalashni qo‘rquv ostida jimgina eshitib o‘tirish- di.
Darsdan so‘ng Lizel Rudi va qolgan Shtaynerlar bilan birga uyga qaytdi. “Himmel” ko‘chasiga ozgina masofa qolganida Lizeldagi umidsiz- 84



lik va alam o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, qizning xayollari chu- valashib ketdi. “Go'rkovlar uchun qo‘llanma”dagi parchani yoddan aytish- ga urinishining omadsiz tugashi, oilasining buzilib ketishi, qo‘rqinchli tushlari, bir kunda ko‘rgan shuncha xo‘rliklari — barcha-barchasi bir bo‘- lib qizga qattiq ta’sir qildi, ariq ichiga tushib ko‘z yosh to‘kdi. Hamma ko‘rguliklari uni shu yerda yiqitdi.


Rudi uning yoniga kelib, unga tikilib turdi. Shu payt ulug‘vor va mo‘l-ko‘I yomg‘ir yog‘a boshladi.
Kurt Shtayner ulami chaqirdi, ammo ikkalasi ham joyidan qimir- lashni istamadi. Chelaklab quyayotgan yomg‘ir ostidagi odamlardan biri- ning joni og‘rir, ikkinchisi uni kutib yonida turardi.
— Nega u boshqalar sig‘gan hayotga sig‘madi? — Lizel faryod chekdi, Rudi esa hech narsa qilmadi, savolga javob ham bermadi.
Nihoyat Lizel yig4lab-siqtashni tugatib, oyoqqa turganida Rudi xuddi qadrdon do‘stlardek uni bag’riga bosdi va ikkovlon uyga qarab ketishdi. Rudi Lizeldan bo‘sa berishini so‘rab tixirlik qilmadi. Umuman bu haqda gap ochishning mavridi emasdi. Rudi shu kabi fazilatlari uchun ham sevishga arzigulik bola edi.
To‘g‘ri, u bo'sa haqida o‘ylayotgandi, lekin buni tiliga chiqarmadi. Oradan qariyb to‘rt yil o‘tgachgina Lizelga o‘zining dilini ochishga muvaf- faq bo‘ladi.
Hozir esa Rudi va Lizel yomg‘ir ostida “Himmel” ko‘chasidan yurib ketishardi. Rudi badanini qop-qora ko‘mir bilan bo‘yab dunyoni zabt etgan tentak bo‘lsa, Lizel so‘z tanimas kitob o‘g‘risi edi.
Ammo sizni ishontirib aytamanki, bu so‘zlar allaqachon yo‘lda edi, so‘zlar yetib kelganida Lizel ulami bulutlar singari qo‘llarida ushlab, yom- g‘ir kabi siqib chiqaradi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish