1939-YIL SENTYABR-NOYABR
Ikkinchi jahon urushi boshlandi.
Lizel Meminger “og‘ir vazn bo'yicha maktab chempioni”ga aylandi.
Sentyabr oyining dastlabki kunlari edi. Urush boshlangan o‘sha kuni
77
Molkingda havo etni junjiktirar darajada sovuq, mening ham ishim boshimdan oshib ketayotgan edi.
Butun dunyo faqat urush haqida gapirar, gazeta sarlavhalaridan ham shu mavzu tushmasdi. Nemis radiolarida ayureming ovozi tinmay ayla- nardi:
— Biz taslim bo‘lmaymiz. Biz tinchlanmaymiz. G‘alaba bizniki bo‘ladi. Bizning davrimiz keldi.
Bu vaqtda nemislaming Polshaga bosqini boshlangan, hamma joyda odamlar guruh-guruh bo‘lib to‘planib olib so‘nggi yangiliklami eshitishar- di. Germaniyaning boshqa asosiy ko‘chalari singan Myunxen ko‘chasiga ham urush sharofati bilan jon kirgandi. Hamma yoqni turli hidlar va ovoz- lar tutib ketgandi. Bir necha kun oldin oziq-ovqatlami taqsimlashda kar- tochka tizimi joriy etilishi haqida devorga e’lon ilib qo‘yilgan edi, bugun esa rasman e’lon qilindi. Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. Hans Hubermanning ta’biri bilan aytganda “Ermak boshlandi”.
Urush e’lon qilingan kuni Hans Hubennanning omadi chopib bir joyda ish topildi. Ishni tugatib uyga qaytayotganida ko‘cha chetiga irg‘itil- gan gazetani topib oldi va to‘xtab uni aravasidagi bo‘yoq idishlari orasiga otib yubormasdan bir necha marta buklab ko‘ylagining ostiga yashirdi. U to uyga yetib kelgunicha gazeta siyohlari ter namligi ta’sirida tanasiga yo- pishib qolgan edi. Gazeta tap etib stol ustiga tushdi, ammo uning yangilik- lar yoritilgan asosiy qismi Hansning ko‘kragiga qadalgan holda tatuirov- kadek qolib qo‘ygan edi. U ko‘ylagining tugmalarini yechib, oshxonaning xira nurida o‘ziga tikilib qoldi.
— U yerda nima yozilgan? — Lizel qiziqishini yashira olmay so‘ra- di. Qiz bir uning qora siyohlar chaplashib ketgan ko‘ksiga, bir stoldagi gazetaga qaradi.
— GITLER POLSHANI EGALLABDI, — Hans savolga javob bergach, o‘zini stulga tashladi. — Deutschland über Alles! — vatanpar- varlik ohangi zig‘ircha sezihnaydigan ohangda shunday deb pichirladi. Uning yuzini bir vaqtlar ko‘prik ostida akkordeon chalayotgan chog‘ida paydo bo‘lgan ifoda qoplab oldi.
Bu hali bitta urushning boshlanishi edi. Tez orada Lizel ikkinchi bir urushga ham guvoh bo‘ladi.
Maktab boshlanganidan taxminan bir oy o‘tgach, Lizel o‘zining yoshiga mos sinfga o‘tkazildi. “O‘qishni o‘zlashtirishdagi muvaffaqiyati tufayli shunday qilishgan bo‘lsa kerak”, — deb o‘ylasangiz, adashasiz. Qunt bilan kun-u tun harakat qilishiga qaramay u hamon matnlami katta qiyinchilik bilan o‘qir edi. O‘qiyotganida so‘z birikmalari chor atrofga sochilib kctar, so‘zlar uning ko‘zini shamg‘alat qilib aldab qochib ketardi. Uning boshqa sinfga ko‘chirilishining sababi Lizelning aslida yosh bolalar bilan chiqishib keta olmaganligiga borib taqalardi. U boshqa sinfdoshlariga berilgan savollarga ham javob qaytarar, o‘tirgan joyidan javobni aytib ba- qirardi. Shu odati tufayli bir necha marta yo‘lakda “Watschen” (“varchen” holida talaffuz qilinadi) deb nomlangan jazoni oldi.
O‘qituvchi va bir vaqtning o‘zida rohiba bo‘lgan ayol Lizelni o‘mi- dan turg‘izib, burchakdagi alohida stulga o‘tkazdi va og‘zini yumib o‘tiri- shni buyurdi. Sinfning narigi chetidan Rudi boshini suqib unga qarata qo‘lini silkitdi. Lizel ham qo‘lini silkitib, iloji boricha, tishining oqini ko‘rsatmaslikka harakat qildi.
Uyda u otasi bilan “Go‘rkovlar uchun qo‘llanma” kitobining muto- laasida ancha ilgarilab ketgandi. Ular Lizel tushunmaydigan so‘zlami du- maloqqa olib, ertasi kuni yerto4la devoriga yozib mashq qilishardi. Lizel bu mashg‘ulotlami yetarli deb o‘ylasa ham ular, baribir, yetarli emas edi.
Noyabr oyining boshlarida maktabda joriy nazorat imtihonlari o‘t- kazila boshlandi. Ulardan biri o'qish fanidan bo‘lib, har bir o‘quvchi sinf taxtasiga chiqib, o‘qituvchi tanlab bergan matnni o‘qishlari lozim edi. O‘sha imtihon tongi ayozli bo‘lsa ham quyosh charaqlab turardi. Bolalar yorug‘dan ko‘zlarini qisib qunishib olishgandi.
“0‘lim elchisi” laqabini oigan rohiba opa Mariyaning tanasidan nur
Do'stlaringiz bilan baham: |