52
larni ko‘rsatdi.
— Bu yerga kirganingda “Hayl!” deyishni unutma, — deya ogoh- lantirdi u qizni. — BoMmasa uzoqroqdagi do‘konga boríb kelishingga to‘g‘ri keladi.
Ular allaqachon do‘kon oldidan o‘tib ketishgan bo‘lsa ham Lizel orqasiga bir qur qarab chaqchaygan ko‘zlaming hamon ularga qadalib turganini ko‘rdi.
Muyulishdan keyin keladigan Myunxen ko‘chasi (Molkingga olib keladigan asosiy yo‘l) batamom axlat bilan qoplangan edi. O‘sha paytlarda ko'chalardan askarlaming to‘p-to‘p bo‘Iib o‘tishi tabiiy holga aylanib qolgan edi. Bolalaming oldidan chiqqan askarlaming ham harbiy liboslari tep-tekis, qora rangli etiklari qomi har qachongidan ham ko‘proq iflos- lantirib borar, nigohlari hech qayerga og‘ishmasdan faqat oldinga qaratil- gan edi.
Lizel va Shtaynerlar askarlami to ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha kuzatib turishdi-da, keyin yo‘llarida davom etib, rang-barang vitrinalar1 va shaharning mahobatli kengashi binosi yonidan o‘tib ketishdi. Yaqin yillar- da ularning hammasi yoppasiga vayron qilinib yer bilan bitta bo'ladi. Hozir ham egalari allaqachon tashlab ketishganligi sababli ba’zi do‘konlar tash- landiq holga kelgan hamda derazalari sariq yulduzlar, yahudiylarga qarshi qaratilgan shiorlar bilan belgilangan. Ko‘chaning quyiroq qismida qad ko‘- targan cherkov osmonga bo‘ylashgan, tom qismiga cherepitsalar1 2 ustma- ust qilib yopilgan edi. Butun ko‘cha zax yo‘laklar, sovuqdan bukchaygan odamlar, oyoq bosganda suvi shaloplab sachraydigan ko‘lmaklardan iborat uzunchoq kulrang tunnelni eslatardi. Bir payt Rudi Lizelni qo‘lidan ushlab oldinga shoshildi va tikuvchilik do‘konining derazasini taqillatdi.
Agar Lizel tepada katta harflar bilan yozib quyilgan yozuvni o‘qiy olganida bu do‘konning egasi Rudining otasi ekanligini tushungan bo‘lar
1 Vitrina (fransuzcha: vitrinc — deraza oynasi) — savdo korxonalarida. do‘konlarda, suratxonalarda mollar, eksponatlar va shu kabilaming namunalarini qo‘yish uchun maxsus jihozlangan oynavand quti.
2 Cherepitsa (nischa) — asosan, bino tomiga yopish uchun ishlatiladigan qurilish matcriali. Cherepitsalar sopol, sement va qum qorishmasidan tayyorlanadi.
53
edi. Dastgoh hali ochilmagan bo‘lsa-da, ichkaridagi erkak allaqachon peshtaxtaga matolami yoyib tashlagan edi. U boshini ko‘tarib qarab bola- larga qo‘l silkidi.
— Bu — mening dadam, — dedi Rudi faxr bilan. Shu zahotiyoq ikkalasining atrofini uzun-qisqa Shtaynerlar olomoni o‘rab olib, otalariga qo‘l silkishdi, ba’zilari havodan o‘pich yo‘llay boshlashdi. Kattaroqlari shunchaki bosh irg‘ab qo‘ya qolishdi. Keyin esa hammasi yo‘llarida da- vom etib so‘nggi diqqatga sazovor joy — maktabga yo‘l olishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |