MYUNXEN BOMBARDIMONI. 9-MARTDAN 10-MARTGA
O‘TAR KYECHASI
Uzundan uzoq tun bombalar va o‘qish bilan o‘tdi. Lizelning o'qiyverib og‘zi qaqrab ketdi, ammo to'xtamasdan naq ellik tocrt sabifali yo'lni bosib o'tdi.
Bolalaming aksariyati kutib-kutib uxlab qolganliklari uchun xavf- xatar ariganini anglatuvchi sirenalami eshitmay qolishdi. Ba’zi ota-onalar ulami turtib uyg‘otishdi, ba’zilari esa ko‘tarib zinapoyadan zulmat barriga olib chiqib ketishdi. Bu paytda uzoq-uzoqlarda qizil tilli olovlar dahshat sochib yotardi.
O‘sha tunda ikki yuzdan ortiq o‘liklaming jonini tashib, yana bir kishi uchun Molkingga borayotgan edim.
“Himmel” ko‘chasiga zarar yetmagandi.
Sirenalar yana biron-bir tahdid chiqib qolgudek boTsa, darhol xabar qilish uchun bir necha scat davomida shay holatda ushlab turildi.
Bir mahal kichkintoy Bettina Shtayner Amper daryosiga yaqin joy- dan chiqayotgan bir parcha olov va tutunni payqab qoldi. Qizcha barmog‘i bilan osmonga o‘rlayotgan tutunga ishora qildi va:
— Ana u yoqqa qaranglar, — dedi.
Tutunni birinchi boTib Bettina ko‘rgan boTsa ham Rudi unga nisba- tan munosabat bildirgan ilk odam bo‘ldi. Shoshganidan qo‘lidagi qutisini ham qo‘ymay “Himmel” ko‘chasidan pastga qarab ketdi va o‘rmonga olib boradigan yo‘lga burildi.
Kitoblarini Rudiga ergashishiga tish-timog‘i bilan qarshilik ko‘rsat- gan Rozaga ishonib topshirgan Lizel do‘stining orqa-sidan yugurdi.
Qizning izidan esa yaqin atrofdagi boshpanalardan chiqqan odamlar ergashishdi va:
— Rudi, shoshma! — deya baqirdi.
Rudi uni kutib turmadi, ildam qadam tashlab, daraxtlar orasidan tobora so‘nib borayotgan olovga va tumanli samolyotga qarab ketaverdi. Lizel daraxtlar orasidan har zamonda ko‘zga tashlanib qoladigan qutidan boshqa narsani ko‘rmasdi.
Samolyot daryo bo‘yidagi o‘rmonga tutash o‘tloq ustida burqsib tutab yotar, chamasi, uchuvchi shu yerga qo‘nishga harakat qilgandek ko‘rinardi.
Unga taxminan yigirma metr qolganida Rudi yurishdan to‘xtadi.
Voqea joyiga yetib kelganimda, u allaqachon nafasini rostlayotgan
edi.
Daraxtlaming shoxlari har tarafga to‘zg‘ib ketgandi.
Samolyotning atrofini olov uchun tashlangan yoqilg‘idek ko‘plab ignachalar va shoxchalar uyilib yotardi. Chap tomondagi yerga samol- yotdan o‘t ketgandi.
Boshqaruvdan chiqib ketgan sovituvchi uskunaning tiq-tiq etib urilishi Rudi va Lizelga bir necha soatdek tuyilgan soniya va daqiqalami tezlashtirardi.
Ulaming orqasida yig‘ilgan olomon tobora o‘sib borar, ulaming nafaslari va gap-so‘zlari Lizelga yetib kelardi.
— Xo‘sh, — dedi Rudi, — ichiga bir mo‘ralab ko‘rmaymizmi?
U yarador daraxtlaming qoldiqlari orasidan samolyot yerga qulab tushgan joyga qarab yurdi.
Samolyot bumi oqayotgan suvga tushib ketgan, singan qanotlari esa orqada yalpayib yotardi.
Rudi samolyotning dum qismidan o‘ng qanotigacha aylanib o‘tib, uni ko‘zdan kechira boshladi.
— Bu yerda singan shisha bo‘laklari ko‘p ekan, — dedi u. — Oyoqlaring ostiga qarab yur.
Shu tobda Rudi Shtayner odam tanasini ko‘rib qoldi. U hech qachon bunday rangpar yuzni ko‘rmagan edi.
— Lizel, bu yerga yaqin kelma!
Ammo Lizel kelib, yuqoridan qarab turgan daraxtlar va jo‘sh urib oqayotgan daryo bag‘rida hushini deyarli yo‘qotayozgan dushman uchuv- chisini ko‘rdi.
Samolyot yana bir necha marta yo‘talgach, uning ichidagi bosh chapdan o‘ngga harakatlanib, bolalar tabiiy ravishda tushunmaydigan tilda bir nimalar dedi.
— Ey Iso, Bibi Maryam va Yusuf! — pichirladi Rudi. — U tirik ekan.
Uning qo‘lidagi quti daranglab samolyotning yon tomoniga uril- ganda chiqqanda tovushni eshitgan qiziqqon odamlar asta ularga yaqinla-
shishdi.
Olov 0‘chgach, tong zerikarli va tund tusga kirdi. Uning sokinligini faqat tutun buzib turardi, ammo tez orada u ham tugab bitadi.
Daraxtlar devori o‘t ichida jizg‘anak bo‘layotgan Myunxen ranglari- ni bu yerga kelishiga yo‘l qo‘ymadi. Rudining ko‘zlari allaqachon nafaqat qorong‘ilikka, balki uchuvchining yuziga ham o‘rganib qolgan edi. Uchuv- chining ko‘zlari qahvarang, chakkasini chuqur kesib iyagigacha tushgan jarohatidan qon oqardi. G‘ijimlangan harbiy kiyimi itoatsiz ravishda qiy- shayib ketgandi.
Rudining ogohlantirishiga qaramay Lizel yanada yaqinroq keldi va sizni ishontirib aytamanki, xuddi o‘sha soniyada biz bir-birimizni tanidik
“Men seni taniyman, — dedim ichimda. Poyezd va yo‘talayotgan bola, qor va qayg‘uga botgan qiz sahnalari ko‘z oldimdan bir-bir o‘tdi. — Sen ancha ulg‘ayibsan, lekin baribir tanidim”.
U orqasiga chekinmadi, men bilan jang qilishga ham urinmadi, lekin bilardimki, unga shu yerdaligimni nimadir xabar bergan. Nafasimni hidlab tanib qoldimikin?
Yoki qarg‘ishga qolgan yuragimning bir maromda urishini eshitib qoldimikin? Qanday bilganini bilmayman-u, lekin u meni tanib, yuzimga tik qaradi, ko‘zini olib qochmadi.
Osmon quyosh nurini ko‘mirga aylantira boshlagan kezda ikkalamiz ham joyimizdan jildik.
Ikkalamiz ham bolaning qutisini ochib ichidan bir nechta hoshiyali fotosuratlami titkilaganini va kichkina sariq rangli o‘yin-choqni olganini ko‘rdik.
U sekin o‘layotgan odamning yoniga chiqdi va jilmaygan ayiqchani uchuvchining yelkasiga qo‘ydi. Ayiqchaning qulog‘ining uchi uchuvchining tomog‘iga tegib qoldi.
O‘layotgan odam o‘yinchoqni his qildi va ingliz tilida:
“Thank you”, — deb aytdi.
U gapirayotganda yuzidagi uzunchoq jarohatlar battar ochiliK bar tomchi qon tomog‘iga dumalab tushdi.
— Nima? — begona tilga tushunmay so‘radi Rudi. — Was hast du gesagt?
Afsuski, men uni javobni eshitishiga yo‘l qo‘ymadim.Fursat yetgan edi, shu bois samolyot ichiga qo‘llarimni cho‘zib asta-sekin uchuvchining jonini g‘ijimlangan kombinezondan chiqarib oldim va qulab tushgan samolyotdan ham ozod qildim.
Olomon orasidan o‘tayotganimda ular jimjitlik ummoniga g‘arq bo‘lib turishardi.
Ulami itarib erkinlikka chiqdim.
Tepamdagi osmonning tusi o‘zgara boshladi — tunning so‘nggi lahzasi o‘tib borayotgan edi.
Qasam ichamanki, o‘sha oniy o‘zgarish payti-da unda qora svastika shaklidagi imzoni ko‘rdim.
U imillab xiralashdi.
— Hayl Gitler! — deb yubordim, lekin u paytda men allaqachon o‘rmon ichiga kirib ketgandim. Ortimda qolgan jasadning yelkasida o‘yin- choq ayiqcha jilmayib o‘tirar, daraxt shoxlari ostida limon rangli sham porlab turardi. Men uchuvchining ruhini quchib parvoz qildim.
“Gitleming hukmronlik yillarida hech kirn fyurerga mendek sodiq xizmat qila olmagan bo‘lsa kerak”, — desam hech adashmayman. Odam- laming yuragi menikidan tamoman farq qiladi. Insonning yuragi chiziq bo‘lsa, mening yuragim aylana shaklida va men kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lishdek yuksak mahorat egasiman. Bundan kelib chiqadiki, men doimo eng yaxshi va eng yomon kunlarida ham odamlami topib bora olaman.
Ulaming xunukligi va go‘zalligini ko‘ra turib, bitta odamda qan-day qilib ham go‘zallik, ham xunuklik zohir bo‘lishi mumkinligidan taaj- jublanaman. Shunga qaramay, odamlaming men hasad qiladigan bitta fazi- lati bor. Odamlar hech bo‘lmaganda o‘lish haqida tasawurga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |