YUZ BERISHI MUMKIN BO‘LGAN TAXMINLAR
— Frau Xolsapfel, biz darhol ketishimiz kerak.
— Frau Xolsapfel, biz shu yerda qolsak, aniq o‘lamiz.
— Yana bir o‘g‘lingiz tirik-ku.
— Mamma sizni kutib turibdi.
— Boshingizni bomba majaqlab tashlaydi.
— Agar men bilan bormasangiz, kitob o'qish uchun
uyingizga kelmay qo‘yaman va bitta-yu bitta do'stingizdan
ayrilasiz.
Lizel oxirgi gapni ma’qul ko‘rib, qo‘lini stolga qo‘ydi va sirenalar shovqini ostida dona-dona qilib gapirdi.
Kampir boshini ko‘tarib, o‘z hukmini e’lon qildi — u ketmoqchi emas edi.
Lizel boshqa so‘z aytmadi, uydan yugurib chiqib ketdi.
Roza darvozani ochib turgan ekan. Ular awaliga hech narsaga qara- masdan qirq beshinchi uyga qarab chopishdi. Lekin ko‘chaning o‘rtasida shalvirab turib qolgan Maykl Xolsapfelni ko‘rishi bilan Roza: “Qani, ket- dik! Anqayib turmasang-chi , deya yalindi, animo urushdan qaytgan kelayotgan askar hamon ikkilanardi. U endi uyiga qaytib kirmoqchi bo‘l- ganida to‘satdan nimadir uni ushlab qoldi — nogiron qo‘li darvoza taba- qasiga ilinib qolgan edi. Maykl uni bo‘shatib, sharmandalarcha Rozaning orqasidan ergashdi.
Ular bir necha bor ortlariga qarashdi, animo Frau Xolsapfeldan da- rak bo‘lmadi. Uchovlon yo‘l odatdagidan juda keng bo‘lib ketgandek tuyuldi.
So‘nggi sirena ovozlari so‘ngan chog‘dagina “Himmel” ko‘cha- sidagi so‘nggi uch kishi Fidleming yerto4lasiga tushdi.
— Nega qolib ketdinglar? — deb so'radi Rudi. U qo'lida qizil qutisini ushlab oigan edi.
Lizel kitob solingan sumkasini yerga qo‘yib, ustiga o‘tirdi.
— Biz Frau Xolsapfelni o‘zimiz bilan olib kelmoqchi bo‘ldik.
Rudi atrofga qaradi.
— Qani u?
— Uyida. Oshxonasida o‘tiribdi.
Boshpananing eng to‘riga o‘tib oigan Maykl Xolsapfel o‘zini qo‘- yarga joy topolmay tipirchilar, vujudi titrardi.
— Men uyda qolishim kerak edi. Oyimning yonida qolishim kerak edi. Qolishim kerak edi... — uning ovozi deyarli eshitilmasa ham bejo ko‘zlari hammasini oshkor qilib qo‘yayotgan edi. Ular o‘z soqqalarida ovozlari boricha baqirishar, Maykl esa yarador qo‘lini ikkinchi qo‘li bilan qattiqroq qisib, shundoq ham qizil bog‘lamini battar qonga bo‘yardi.
Roza uni to‘xtatib qoldi.
— Iltimos, Maykl, bas qil. Bu sening aybing emas.
Ammo o‘ng qo‘lidagi bir nechta barmoqdan ayrilgan yigit hech yupamnadi. U Rozaning ko‘zlariga tikilib, cho‘kkalab o‘tirib qoldi.
— Menga tushuntiring, chunki o‘zim hech miyamga sig‘dirol- mayapman, — u orqasidagi devorga suyandi. Menga tushuntirib bering, Roza, men yashashni istayotgan bir paytda u qanday qilib uyda o‘tirgancha 0‘limini kutishi munikin? —jarohatdan oqayotgan qon yo‘g‘onlashdi. — Nega men yashashni xohlayapman? Bunday qilmasligim kerak, lekin nima qilay, o‘lishni istamayman.
Maykl chiday olmay beixtiyor yig4lab yuborgach, Roza qo‘lini yigitning yelkasiga qo‘ydi, boshqalar esa ikkalasini tomosha qilib turishdi. Maykl hatto yerto‘laning eshigi ochilib-yopilib, Frau Xolsapfel boshpana ichiga kirganda ham tinchlanmadi.
0‘g‘il boshini ko‘tarib onasiga aybdorlarcha nigohini qadadi.
Roza orqaga chekinib, ulami yolg‘iz qoldirdi.
Ona-bola yaqinlashganda, Maykl kechirim so‘radi:
— Men noqobil farzandni kechiring, oyijon. Sizning yoningizda qolishim kerak edi.
Frau Xolsapfel hech narsani eshitmadi, shunchaki o‘g‘lining yoniga o'tirib, uning bog‘langan qo‘lini baland ko'tardi.
— Qo‘ling yana qonayapti-ku, o‘g‘lim, — dedi u va ikkalasi jim- gina o‘tirib boshqalar bilan kuta boshlashdi.
Lizel sumkasini ichiga qo‘l solib, kitoblarini titkiladi. — £
Do'stlaringiz bilan baham: |