Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


HIMMEL KO‘CHASI, 35-UY, 24-DEKABR



Download 1,76 Mb.
bet192/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

HIMMEL KO‘CHASI, 35-UY, 24-DEKABR
Ikkdla xonadondagi oila boshliqlari urushda yurgan bir paytda Shtaynerlar Roza va Trudi Hubermanni hamda Lizelni uylariga mehmonga taklif qilishdi.
Ular иуда kirib kelishganida, Rudi hanuz kuyib-pishib kiyim-boshining ahvolini izohlab berayotgan edi.
Lizelga ko‘zi tushgach, uning jagï battar ochildi.


1942-yilgi “Rojdestvo” arafasida pag‘a-pag‘a yog‘gan qor bilan og‘ir o‘tdi. Bu orada Lizel “So‘z silkituvchi”ni qoMidan qo‘ymay, ichidagi


1 Anarxizm (yunoncha: anarchia — hokimiyatsizlik, beboshlik) — rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi ijtimoiy- siyosiy oqim. Anarxist — anarxizm tarafdori.




hikoyani, undan oldin va keyin chizilgan rasmlar va ularga yozilgan sharh- lami o‘n martalab o‘qib chiqdi.
“Rojdestvo” bayramiga bir kun qolganda esa u juda kech bo‘lib ketgan bo‘lsa ham Rudi haqida bir to‘xtamga keldi.
Lizel atrofni qorong‘ilik bosayotgan paytda qo‘shnilarining eshigini taqillatdi va Rudiga “Rojdestvo” sovg‘asini tayyorlaganini aytdi.
Rudi uning qo‘llariga, so‘ng oyoqlari yonidagi yerga qaradi.
— Xo‘sh, qani o‘sha sovg‘ang?
— Bo‘pti, uni unut.
Ammo Rudi hammasini tushundi. U ilgari Lizelni shunday ahvolda ko‘rgan edi — telbalarcha boqqan ko‘zlar va yopishqoq barmoqlar. Uni o‘rab oigan o‘g‘rilik nafasini Rudi ham tuydi.
— Sovg‘a beraman deding-ku o‘zing. Hali uni olmagansan, shuna- qami?
— Ha, shunday.
— Uni sotib olmoqchi ham emassan.
— Albatta, yo‘q. Menda pul bor deb o‘ylaysanmi? — tashqarida hanuz qor bo‘ralab yog‘ayotgan edi. Maysalaming chetida singan oynadek shaffof muz paydo bo‘lib qolgandi. — Senda kalit bormi? — so‘radi Lizel.
— Nimaning kaliti? — Rudi bir soniyadan so‘ng qiz nimani nazarda tutganini anglab, uyga kirib ketdi. Tezda qaytib chiqib, Viktor Xemmel- ning so‘zlari bilan “Bozor-o‘char qilish vaqti keldi”, dedi.
Quyoshdan taralayotgan xira yorug‘lik so‘nib borar, cherkovdan tashqari, Myunxen ko‘chasidagi barcha binolar “Rojdestvo” munosabati bilan yopilgan edi.
Lizel qadrdon qo‘shni boladan orqada qolib ketmaslik uchun shoshardi. Nihoyat ular “SHTAYNER-SHNAYDER TIKUVCHI” yozuvli mo‘ljaldagi bejirim do‘kon oldiga yetib kelishdi.
O‘tgan hañalar mobaynida yog‘gan qor-yomg‘irlar oqibatida do‘kon oynasining yuzida loy va balchiq izlarining yupqa qatlami qotib qolgandi.
Ichkari tomonda kiyim kiygizilgan qo‘g‘irchoqlar xuddi guvohlar


singari baqrayib turishardi.


Ulaming nigohlari jiddiy, egnilariga po‘rim kostyum-shimlami suqib olishgandi.
Ulaming barcha voqea-hodisalami ko‘rib turishganini his qi-lish qaysidir ma’noda og‘riqli edi.
Rudi qo‘lini cho‘ntagiga tiqdi. O‘sha kun “Rojdestvo” arafasi edi, otasi Vena yaqinida xizmatda yuribdi.
Rudi suyukli do‘koniga ruxsatsiz kirishganini eshitgan Aleks Shtay- neming qattiq jahli chiqmasligiga amin edi. Vaziyat shuni taqozo qilyapti, axir.
Eshik ochilgach, ular birin-ketin ichkariga kirishdi. Rudining xayo- liga birinchi bo‘lib chiroqni yoqish fikri keldi, lekin bu yerga keladigan elektr allaqachon o‘chirib qo‘yilgan edi.
— Sham bormi?
Rudi sarosimaga tushdi:
— Men kalitni olib keldim-ku. Umuman olganda, bu fikr sendan chiqdi.
Bahs-munozara qizg‘in ketayotgan bir mahalda Lizel qoqilib polga yiqilib tushdi. Uning ustiga esa qo‘g‘irchoq qulab, Lizelning qo‘lidan ush- lab oldi va kostyum ichida bo‘laklarga ajralib ketdi.
— Mana bu narsani ustimdan olsang-chi! — qo‘g‘irchoq to‘rt bo‘- lak: bosh, tana, ikkita oyoq va ikkita qo‘lga bo‘linib ketgandi. Undan ba­zo^ xalos bo‘lgan Lizel o‘midan turdi va: “O Iso, Bibi Maryam!” — deb pichirladi.
Rudi qo‘g‘irchoqning bir qo‘lini olib, u bilan Lizelning yelkasini qoqdi. Qiz vahima ichida qo‘rqib orqasiga o‘girilganida, Rudi qo‘lni do‘stona tarzda unga uzatdi.
— Tanishganimdan xursandman.
Shundan so‘ng bir necha daqiqa mobaynida ular do‘konning tor yo‘llari bo‘ylab sekin yurishdi. Rudi peshtaxtaga yaqinlashdi va bo‘sh qutiga qoqilib yiqilib tushgach, chinqirib yubordi va so‘kindi. O‘zini o‘nglab, eshikka olib chiqadigan yo‘lni izlay boshladi.


Bu qanday bedodlik! Qimirlamay shu yerda meni kutib tur.


Rudi cherkovdagi fonusni olib kelgunicha Lizel qo‘g‘irchoqning qo‘lini ushlab o‘tirdi.
— Xo‘sh, maqtanayotgan sovg‘ang qayerda o‘zi? Agar mana bu qo‘rqinchli qo‘g‘irchoqlardan birini bermoqchi bo‘lsang, asió kerak emas, — fonus yuzini nur aylana shaklda yoritib turgan Rudi toqatsizlandi:
— Fonusni bu yoqqa olib kel-chi.
Rudi do‘konning chap burchagidagi eng oxirgi qatorga kelganida Lizel bir qo‘liga fonusni olib, ikkinchi qo‘li bilan ilib qo‘yilgan kostyum- shimlami oralashga kirishdi. Bittasini tortib oldi, lekin tezda joyiga qaytdi.
— Yo‘q, bu juda katta ekan.
Yana ikkita kostyumni ko‘zdan kechirgach, Lizel to‘q moviy rangli- sini Rudi Shtaynerga tutib ko‘rdi.
— Mana bunisi senga loyiq keladi, shekilli, to‘g‘rimi?
Rudi kostyum-shimni kiyish uchun pardalardan binning ortida o‘tib ketganida Lizel qorong‘ida uni poylab o‘tirdi. Rudi ketgan tarafda bir par­cha yorug‘lik va kiyinayotgan odamning soyasi ko‘zga tashlanardi. Niho- yat u qaytib kelib, Lizelning ham ko‘rishi uchun fonusni baiandroq ko‘tar- di.
Parda ortidan ozod bo‘lgan fonus nafis kostyum-shimga baratía nur sochib, uning ichidagi kirlanib ketgan ko‘ylakni ham, tumshug‘i mayishib ketgan poyabzalni ham yoritdi.
— Yarashibdimi? — deb so‘radi Rudi.
Lizel uni ortidan ham aylanib ko‘rib, shoshmasdan ko‘zdan kechirdi va yelka qisib: “Yomon emas”, — dedi.
— Yomon emas? Atigi shumi? Juda ko‘rkam bo‘lib ketdim-ku!
— Poyabzaling va afting hammasini buzib turibdi-da.
Rudi fonusni peshtaxta ustiga qo‘yib, vajohat bilan Lizel tomonga yurdi.
Lizel o‘zini qandaydir noqulay his qilayotganini sezdi. Rudi to‘sat- dan qoqilib, xo‘rlangan qo‘g‘irchoq ustiga yiqilib tushganida, qiz bir vaqt- ning o‘zida g‘alati yengillikni va hafsalasizlikni boshdan kechirdi.


Polda uzala tushib yotgan Rudi sharaqlab kulib yubordi, keyin esa ko‘zlarini mahkam yumib oldi.


Lizel unga qarab otildi va ustiga engashdi.
Uni o‘p, Lizel, bir marotaba o‘p.
— Rudi, ahvoling yaxshimi? Rudi? Rudi?
— Otamni juda harn sog‘indim, — dedi bola yon tomoniga qarab.
— Frohe Weihnachten1! — Lizel unga o‘midan turishda ko‘mak- lashdi va kostyumini qoqib qo‘ydi. — “Rojdestvo” muborak.


1 Frohe Weihnachten (nemischa) — “Rojdestvo” muborak


TO ‘QQIZINCHIQ1SM




SO‘NGGI BEGONA INSON”


Ê

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish