Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


RAYNXOLD SUKER HAQIDA BA’ZI MA’LUMOTLAR



Download 1,76 Mb.
bet194/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

RAYNXOLD SUKER HAQIDA BA’ZI MA’LUMOTLAR


(7 yigirma to'rt yoshda. Karta o‘yinida g'alaba qozonganida, juda xursand bo‘lib ketadi — bumiga ingichka tamaki o‘ramlarini yaqin keltirib, ochko'zlik bilan hidlaydi va: “G'alaba hidi”, — deydi. Aytgancha, yana bir narsa — u og‘zi ochiq holda o'iadi.


Chap tomonidagi yigitdan farqli o‘laroq, Hans Huberman g‘alabasi uchun uncha xursand bo‘lmadi. U hattoki, barcha do‘stlariga saxiylik bilan yutgan sigaretalarini qaytarib berib chiqdi va olov tutdi. Uning marha- matini Sukerdan tashqari hammasi bajonidil qabul qilishdi. U sigaretani yulqib olib, uni yana teskari ag‘darilgan qutining o‘rtasiga uloqtirdi.
— Sening ehsoningga zor emasman, qariya, — Suker g‘ ij inib o‘mi- dan turdi va tashqariga chiqib ketdi.




— Yana nima jin urdi uni? — seijantning savoli javobsiz qolaverdi. Raynxold Suker shunchaki kartada yutqizgan omadsiz yigirma to‘rt yoshli yigitcha edi. Agar Suker sigaretasini Hans Hubermanga boy bermaganida edi, undan nafratlanmagan bo‘Iar edi. Agar undan nafratlanmaganida bir necha haftadan so‘ng yo‘lda yuk mashinasida ketishayotganida Huberman- ning o‘mini egallamagan bo‘lar edi.
Bitta joy, ikkita erkak, qisqagina bahs va men.
Odamlaming qanday o‘lishini ko‘rganimda o‘zim ming marta o‘lib- tirilaman.
LXVII BOB
STALINGRAD QORLARI
1943-yil yanvar oyining o‘rtalarida “Himmel” ko‘chasi tund va g‘amgin qiyofa kasb etgandi. Lizel darvozadan chiqib, Frau Xolsapfelning eshigini taqillatdi va eshikni ochgan kishini ko‘rib hayratdan dong qotdi.
Awaliga Lizel o‘sha odamni Frau Xolsapfelning o‘g‘illaridan bitta- si bo‘lsa kerak deb o‘yladi, lekin u eshik yonidagi devorga ilingan hoshi- yali fotosuratlardagi ikkala aka-ukaga ham o‘xshamas edi. Yoshini cha- malab aytish juda qiyin bo‘lsa-da, u anchayin keksa ko‘rinardi. Yuzi soqol- mo‘ylov bilan qoplangan, ko‘zlari og‘riqdan darak berayotgandek so‘lg‘in edi. Paltosining yengi ostidan oppoq latta bilan bog‘lab qo‘yilgan qo‘li pastga tushganida bog‘lam orasidan sizib chiqqan olchasimon qon izlari ko‘rinish berdi.
— Menimcha. birozdan keyin kelsang? yaxshi bo‘lardi.
Lizel ichkariga bir qarab olib, Frau Xolsapfelni chaqirmoqchi edi, lekin boyagi odam uning yo‘lini to‘sib qo‘ydi.
— Qizaloq, keyinroq kelarsan. Hozir mavridi emas. O‘zim seni chaqirib kelaman. Qaysi uyda turasan?




Uch soatdan mo‘lroq vaqt o‘tgach, “Himmel” ko‘chasidagi 33-uy eshigi taqilladi — Lizelni olib ketish uchun kelgan edi o‘sha notanish odamning bog‘lamidagi qonli olchalar yiriklashib, o‘rikka aylangandi.
— U seni kutyapti.
* * *
Osmondan taralayotgan kulrang xira yorug‘lik ostida Lizel uning qo‘liga nima bo‘lganini so‘rashdan o‘zini tiyib turolmadi. Notanish kishi oldin burun teshigidan havoni puflab, keyin javob berdi:
— Stalingrad.
— Kechirasiz? Eshitolmay qoldim, — u shamolga qarab gapirgani uchun Lizel uning nima deganini tushunmagandi.
U bu safar balandroq ovozda boyagi so‘zini takrorladi va javobni batafsilroq qildi:
— Stalingradda jang qilayotganimda qovurg‘amga o‘q uzishdi. O‘shanda uchta barmog‘im uchib ketdi. Javobdan qoniqdingmi? — u sog‘ qo‘lini cho‘ntagiga tiqdi va bepisandlik bilan nemis shamolidan qaltiradi va:
— Havo hozir juda sovuq deb o‘ylaysanmi?
Lizel devorga qo‘lini teggizib ko‘rdi va rostini aytib qo‘ya qoldi.
— Ha, albatta.
Notanish odam kulib yubordi.
— Bu sovuq sovuq emas, — u qutidan sigareta olib labiga qistirdi va bir qo‘li bilan gugurt yoqishga urindi. Bunday yomon ob-havo sharoiti- da bitta qo‘l u yoqda tursin, ikki qo‘l bilan gugurt yoqish ham amrimahol edi. Gugurt qutisi qo‘lidan tushib ketganda u bo‘ralab so‘kindi.
Lizel qutini yerdan olib, sigaretani o‘zining lablariga qo‘ydi, ammo u ham sigaretani tutata olmadi.
— Uni ichingga tort ib turib olov yoq. Bunday ob-havoda u ichingga tortsanggina, yonadi. Verstehst?
Lizel o‘gay otasining qanday qilganini eslashga urinib, yana bir bor


urinib ko‘rdi. Bu safar uning og‘zini tutun qoplab, tishlari orasiga kirib ketdi, tomog‘ini qichitdi, lekin yo‘talmadi.


— Barakalla, qizaloq, — notanish odam sigaretasini olib, tutunini ichiga yutdi, so‘ngra sog‘ qolgan chap qo‘lini Lizelga uzatdi. — Maykl XolsapfeL
— Lizel Meminger.
— Demak, onamga kitob o‘qib berar ekansan-da?
Shu tobda Lizelning orqasida Roza paydo bo‘ldi. Qiz ortiga buril- masdanoq uning ovozidan qay darajada chuqur hayratga tushganini tus- molladi.
— Maykl? Bu senmisan?
Maykl Xolsapfel bosh irg‘adi.
— Guten Tag, Frau Huberman. Anchadan beri siz bilan ko‘rish- magandik.
— Sen buncha...
Qarib ketibmanmi?
Rozi hayrat dengizidan hali chiqmagan bo‘lsa-da, tezda o‘zini o‘nglab oldi.
— Ichkariga kirsang-chi. Bu — mening asrandi qizim... — qonli qo‘lni ko‘rgach, Rozaning uni o‘chdi.
— Ukam urushda o‘ldi, — dedi Maykl Xolsapfel. U hattoki sog‘ qoTi bilan ham qattiqroq zarba berolmas edi. Roza gandiraklab ketdi. Urush — bu, albatta, o‘lim demakdir, lekin agar bir vaqtlar ko‘z oldingizda ulg‘aygan va siz bilan bir havodan nafas oigan kishining o‘lganini eshit- sangiz, oyoq ostingizdagi yer doim chayqalib ketadi. Xolsapfellar oilasi- dagi ikkala bola ham Rozaning ko‘zi oldida o‘sgan edi.
Qartayib qolgan yigit ukasiga nima bo‘lganini aytib berishga qayer- dandir kuch topdi:
— Kasalxona vazifasini bajarayotgan bir binoda yotganimda uni olib kelishdi. O‘shanda uyga ketishimga bir hafta qolgandi. Uch kun uning tepasida o‘tirdim, keyin u vafot etdi...
— Dardingga sherikman, Maykl, — o‘sha lahza bu so‘zlar Roza-








ning emas, Lizelning ortida turgan umuman boshqa kimsaning og‘zidan chiqqandek tuyuldi, animo qiz o‘girilib qarashga jur’at etmadi.
— Iltimos, boshqa hech narsa demang, — Maykl uning gapini bo‘ldi. — Qizingizni uyimizga olib ketsam, maylimi? Hozirgi ahvolida onamning qulog‘iga biron-bir so‘z kirishiga shubha qilaman, lekin uni olib kelishni iltimos qildi.
— Ha, bemalol.
Ular yo‘lning o‘rtasiga kelishganida Maykl bir narsani unutgandek to‘xtab qoldi va ortiga aytdi.
— Roza? — u Rozaning chiqishini bir lahza kutdi, xolos. — 0‘g‘lingiz ham o‘sha yerda, Rossiyada ekanligini eshitib qoluvdim. Taso- difan Molkingdagi vatandoshlarim bilan uchrashib qolganimda aytishgan edi. O‘zingizning ham xabaringiz bo‘lsa kerak, shunchaki aytyapman.
Roza Mayklning ketishini istamay, eshikdan tashqariga otilib chiqdi va uning yengidan ushladi.
— Yo‘q, bilmasdim. Uni ancha oldin uydan bosh olib chiqib ketga- nidan buyon qaytib ko‘rmadik. Biz uni qidirib topishga harakat qildik, ammo juda ko‘p narsalar ro‘y berdi...
Maykl Xolsapfel yana bir qayg‘uli hikoyani eshitishni asió istamas, shu bois qochish payida edi. U yengini bo‘shatib: “Mening bilishimcha, u tirik va soppa-sog‘”, — dedi va darvoza oldida kutib turgan Lizelning yoniga keldi. Lizel joyidan qimirlamay, bir lahzada yonib keyin darhol puf etib o‘chgan Rozaning yuzini kuzatdi.
— Oyi?
Roza unga qo‘lini siltab: “Ketaver”, — dedi. Lizel harakatlanaver- magach: “Men senga ket dedim”, — deya baqirdi.
Lizel urushdan qaytib kelgan askarga yetib olgach, Maykl uni suh- batga tortmoqchi bo‘ldi. Ehtimol, u Rozaga qo‘pol gapirib, dilini og‘ritib qo‘yganidan pushaymon bo‘layotgan va shuning uchun boshqa mavzudagi gaplari bilan xatosini xaspo‘shlashga urinayotgan edi. U bog‘langan qo‘lini ko‘tarib: “Nima qilsam ham qon ketishini to‘xtatib bo‘lmayapti”, — deb nolidi. Lizel imkon qadar tezroq Frau Xolsapfelning oshxonasiga


kirganidan xursand edi. Qanchalik tez o‘qishni boshlasa, shuncha yaxshi bo‘Iardi.


Kenja o‘g‘liga aza tutib, ko‘zidan shashqator yoshlar oqizgan kampiming yuzi hali ham nam edi.
O‘g‘il vafot etdi, to‘g‘ri, ammo bu dardning faqat yarmi edi, xolos.
U o‘g‘lining o‘limi qanday sodir bo‘lganligini hech qachon bila ol- maydi, lekin men hech ikkilanmasdan ayta olamanki, ichimizdan bittamiz buni bilamiz. Men har doim atrofda qor, qurol va aralash tillarda gapirayot- gan insonlaming to‘qnashuvi sodir bo‘lganida nima bo‘lishini yaxshi bilaman.
Frau Xolsapfelning oshxonasini kitob o‘g‘risining so‘zlari orqali tasawur qilganimda ko‘zimga na olov yonayotgan pechka, na yog‘och qoshiqlar va na suv ko‘rinadi. Mayli, ulami sal keyinroq ko‘raman, deylik. Birinchi bo‘lib ko‘z oldimga Rossiyaning qahraton qishi va shiftdan pag‘a- pag‘a yog‘ayotgan qor, va, albatta, Frau Xolsapfelning kenja o‘g‘lining qismati keladi.
Uning ismi Robert edi va u bilan quyidagicha voqea yuz bergan:

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish