_402_„
* * *
Hammasi juda tez sur’atda sodir bo‘ldi.
Chalajon keksa yahudiy ular turgan joy yonidan o‘tib ketayotganida Lizelning qo‘lini mahkam ushlagan qo‘l uni birdan qo‘yib yubordi. Qiz- ning qo‘li beliga urildi. Hans bu vaqtda allaqachon aravachasiga engashib, nimanidir olgan va odamlar orasidan kesib o‘tib, yo‘lga chiqayotgan edi. Keksa yahudiy oldidan chiqqan odamga tikilib, yana bir hovuch masxara kutdi, lekin Hans Huberman qo‘lini cho‘zib xuddi sehrgarlardek unga bir parcha non uzatganini ko‘rganida tusi o‘zgardi.
Non qo‘ldan qo‘lga o‘tganda, chol yo‘lga o‘tirib oldi. Tiz cho‘kib, Hansning boldirlarini quchoqladi va yuzini uning shimiga bosib, minnat- dorchilik bildirdi. Cholning yanada pastroqqa sirpanib ketganini, otasining to‘pig‘iga yopishib yig‘layotganini ko‘rgan Lizelning ko‘zlarida yosh halqalandi.
Qolgan yahudiylar bu kichik, lekin befoyda mo‘jizaga bir qarab olib o‘tib ketishdi. Ular odamlardan iborat irmoqdek oqar edilar. Afsuski, o‘sha kuni ummonga ulardan ancha-munchasi yetib bora olmaydi. Omon qol- ganlarga oppoq qalpoq tarqatishadi.
Askarlardan biri odamlar oqimidan kechib o‘tib, jinoyat sodir etil- gan joyda paydo bo‘Idi. U tiz cho‘kib o‘tirgan yahudiyga, Hansga va atrof- dagi olomonga bir-bir qarab oldi-da, o‘ylab o‘tirmasdan beliga qistirilgan qamchini olib, ishga kirishdi.
Yahudiyning orqasi, boshi va oyoqlariga olti marta kaltak zarbi kelib tegdi.
— Iflos! Cho‘chqa!
Cholning qulog‘idan qon oqa boshlagan edi.
Keyin navbat Hansga keldi.
Shu payt Lizelning qo‘lini boshqa bir qo‘l ushlab oldi, qiz dahshat to‘la ko‘zlari bilan boshini burib qaragach, yonida turgan Rudi Shtaynemi ko‘rdi. Rudi yo‘lda turgan Hansning kaltaklanayotganini ko‘rib yutindi. Qamchi ovozidan Lizelning vujudi o‘t bo‘lib yondi, otasining a’zoyi
badani parcha-parcha bo‘lib ketganday tuyuldi.To‘rtta zarbadan so‘ng Hans ham yerga qulab tushdi.
Keksa yahudiy oxirgi marta oyoqqa turib, oldinga siljiyotganida, ortiga qisqagina nazar tashladi. Endi o‘zi ham tizzalab qolgan, to‘rtta olovli chiziqdan tanasi achishib lov-lov yonayotgan va tosh yo‘Ida oyoqlarida og‘riq turgan odamga so‘nggi qayg‘uli qarashini yo‘lladi. Bu chol endi hech bo‘lmasa inson sifatida yoki o‘zini shunday his qilib jon beradi.
Menmi? Men buning yaxshi g‘oya ekanligiga unchalik amin emas- man.
Lizel va Rudi oldinga qarab chopib, Hansning oyoqqa turishiga yordam berishayotganida atrofda turli xil ovozlar aralash-quralash bo‘lib ketgan edi. So‘zlar va quyosh nuri — Lizel bu holatni shunday eslab qoldi. Quyosh porlab yo‘lga bearmon nur sochar, so‘zlar esa to‘lqin misol uning orqasiga urilardi. Ancha yurishgandan keyingina o‘sha non bo‘lagining hali ham yo‘Ida yotganini payqab qolishdi.
Safda o‘tib borayotgan yahudiy endi nonni olmoqchi bo‘lib qo‘l uzatgan Rudini yulqib tashlab, nonni o‘zi oldi. Uning yonidagi ikkita yahudiy esa yo‘l bo‘yi u bilan non ustida talashib ketishdi.
Kumush ko‘zlar zug‘um yomg‘iri ostida qoldi.
Uning aravasini ag‘darib tashladilar, bo‘yoqlari yo‘lga to‘kilib yer bilan bitta bo‘ldi.
Uni “yahudiylar tarafdori” deb atashdi.
Boshqalar esa jimgina unga yashirinish uchun yordam berishdi.
Hans Huberman oldinga cho‘zilgan qo‘llarini uyning devoriga tira- gancha qotib qoldi. U birdaniga boya sodir bo‘lgan mudhish hodisani es- lab, dahshatga tushgan, ko‘z oldida o‘sha manzara to‘liq namoyon bo‘lgan edi.
“Himmel” ko‘chasi, 33-uy va uydagi yerto‘la.
Uning vahimali o‘y-xayollari ichiga kirgan va chiqayotgan nafas bilan o‘rtasida tiqilib qolgan edi.
Ular hozir kelishadi va uni olib ketishadi. Ey Xudo!
Hans qizga qaradi va ko‘zlarini yumib oldi.
—=á<»íU—
— Ota, o‘zingizni yomon his qilyapsizmi?
Javob o‘rniga Lizelga savollar yog‘ildi.
— Men nimani o‘ylayotgan edim? — Hans ko‘zlarini qattiqroq yu- mib, yana ochdi. Ustiga ilib oigan kiyimi g‘ijimlandi. Qo‘llarida bo‘yoq va qon izlari, non ushoqlari qolib qo‘ygan edi. — Ey Xudoyim! Lizel, men nima qilib qo‘ydim?
Ha, uning o‘rinli savoliga qo‘shilmaslikdan boshqa ilojim yo‘q: Hans o‘zi nima qilgan edi?
LVBOB
XOTIRJAMLIK
O‘sha oqshom soat o‘n birlardan keyin Maks Vandenburg oziq- ovqat va issiq kiyim-kechaklarga to‘la chamadonini ko‘tarib, “Himmel” ko‘chasidan yurib ketardi.
Nemis havosidan o‘pkasini to‘ldirib nafas oldi. Sariq yulduzlar olovda jizg‘anak bo‘layotgandi. Frau Dilleming do‘koniga yetib borgach, Maks oxirgi marta 33-raqami tushirilgan eshikka qaradi, lekin oshxona derazasi ortidagi sharpani ko‘rmadi, sharpa esa uni ko‘rib turgandi va qo‘lini silkitayotgandi. Animo javob qaytmadi.
Lizel hamon peshonasida uning lablari taftini, undan uftirgan vido- lashuv nafasini his qilib turardi.
— Men senga bitta narsa qoldirdim, — dedi u, — lekin buni faqat vaqti-soati kelganda olasan.
U ketdi.
— Maks?
Ammo u ortiga qaytmadi. Qizning xonasidan chiqib, eshikni shov- qin chiqarmasdan yopdi. Dahlizda qadain tovushlari ming‘irladi. U endi Lizelning yonida yo‘q.
Lizel oshxonaga kirib borganida, gavdalari bukchaygan, yuzlari ma’yuslangan o‘gay ota-onasini ko‘rdi. Ular xuddi abadiydek tuyulgan o‘ttiz soniya davomida shunday alpozda turdilar.
'-D “DUDEN LUG'ATI”. YETTINCHI IZOH
Do'stlaringiz bilan baham: |