Schweigen — sukunat. Tovush yoki shovqinning yo'qligi.
Ma’nodo sh so‘zlar: jirrilik, osoyishtalik, tinchlik.
Xotiijamlik qanday yaxshi narsa-ya.
Myunxen shahriga yaqin birjoyda germaniyalik yahudiy zulmat ich- ra yo‘l bosib ketardi. Ular to‘rt kundan so‘ng Hans Hubennan bilan uchra- shishga kelishib olishgandilar (albatta, agar Hansni mahkamaga olib ke- tishmasa). Uchrashuv joyi sifatida Amper daryosining quyi qismidagi dar- yo va daraxtlar ustiga qiyshayib yotib qolgan buzilgan ko‘prik belgilandi.
Maks u yerga bir amallab kela olardi, lekin bir necha daqiqadan ko‘p tura olmasdi.
Hans to‘rt kundan keyin o‘sha belgilangan joydan topgan yagona narsa daraxt panasidagi tosh ostiga qo‘yib ketilgan noma bo‘ldi. Hech qanday manzil ko‘rsatilmagan noma faqat bitta gapdan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |