Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet8/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

_ _ 12


U yerda temiryo‘l boshqarmasining ikkita konduktori, ona va uning qiz, shuningdek, bitta jasad bor edi.


Ona, qiz va jasad o'jarlik qilib jim turishardi.
* * *
— Xo‘sh, mening yana nima qilishimni istaysiz?
Garchi rahbarlik mavqeyi bo‘Imasa ham novcha bo‘yli nazoratchi birinchi bo‘lib gap boshladi va yonidagi miqti gavdali, go‘shtdor, qip-qizil yuzli va dum-dumaloq hamkasbiga qaradi.
— Bulami shundayligicha qoldira olmaymiz-ku, to‘g‘rimi? — javob berdi qisqa bo‘ylisi.
— Nega endi qoldira olmas ekanmiz? — novcha bo‘ylining sabr- toqati tugayotgan edi.
Uning gapidan ikkinchi nazoratchining jazavasi tutib ketdi, yonoq- larida nafrat o‘ynadi va nigohini uning iyagiga tikib:
— Spinnst du1? Jinnimisan?” — deya xitob qildi.
— Yur, — dedi u qor ustidan avaylab ketarkan. — Kerak bo‘lsa, uchalasini ham vagonga qaytaramiz. Keyingi bekatda xabar beramiz.
* * *
Menga kelsak, allaqachon eng oddiy xatoga yo‘l qo‘ygan edim. O‘zimdan qanchalik ko‘nglim qolganini sizga so‘z orqali to‘liq yetkazib bera olmayman. Awaliga hamma narsani to‘g‘ri qilgandim:
Asta siljiyotgan vagón oynasida jilva qilayotgan oppoq qorli osmon- ni kuzatdim. Chuqur-chuqur nafas oldim, lekin, baribir, o‘zimni lohas his qildim, gavdam dol egildi. Men o‘sha qizga qiziqib qolgandim. Nihoyat qiziqishim ustun keldi va jadvalimda ajratilgan vaqt tugagunga qadar tu- rishga qaror qildim va kuzatdim.


1 Spinnst du (nemischa) —sen jinnimisan.


13


Yigirma uch daqiqadan so‘ng — poyezd to‘xtagan chog‘da ulaming ortidan men ham vagondan tushdim.


Qo‘llarimda mittigina bir jon bor edi. Ulardan biroz o‘ngroqda tur- dim.
Poyezdning ikki serharakat nazoratchisi yana uzun-qisqa bo‘lib o‘sha ayol, uning qizi va o‘g‘il bolaning murdasi turgan joyga qarab kela boshlashdi. O‘sha kuni odatdagidan balandroq ovozda nafas olganimni aniq eslayman, lekin nazoratchilaming meni payqashmaganidan hayron bo‘ldim. Tabiat bu vaqtda qalin yog‘gan qoming zalvarli qatlamlari ostida boshini solintirib olgandi. Chap tomonimda — mendan o‘n metrcha narida qomi piyoz po'sti bo‘lib ketgan, sovuqdan yaxlagan, rangi oppoq qizcha qotib turar, ko‘m-ko‘k tusga kirgan lablari titrar, muzdek qo‘llari bilan o‘zini quchib olgandi. Kitob o‘g‘risining yuzida ko‘z yoshlari muzlab qolgandi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish