TUNGGI SOAT IKKIDAGI SUHBAT
— Bu kitob senikimi?
— Ha, dada.
— Uni o'qishni xohlaysanmi?
— Ha, dada, — yana takrorladi Lizel.
Hans charchagan tabassum, ko‘z yoshdan yaltiragan
ko'zlarini unga tikdi:
— Unday bo'lsa, birga o'qib chiqaylik.
O‘sha voqeadan to‘rt yil o‘tgach, Lizel yerto‘lada yozishni boshla- ganda to‘shakni ho‘llash bilan bog‘liq og‘riqli xotiralari esiga tushib miya- siga ikkita fikr kelgandi. Birinchidan, u kitobni aynan otasi topib olgan- ligidan o‘zida yo‘q xursand bo‘ldi. (Yaxshi hamki, choyshablar yuvilgan kuni Roza unga choyshabini o‘zi taxlashini buyurgandi:
— Tez-tez qimirlasang-chi, hoy cho‘chqa! Kun bo‘yi shu ishning ketidan yurmaymiz-ku!
Do'stlaringiz bilan baham: |