_ _ 66
kuch topa olmadi. Otasi undan kelayotgan hiddan o‘zi sezgan bo‘lsa kerak- ki, qizni avaylab ko‘tarib hammomga olib bordi. Falokatli lahza bir necha daqiqadan so‘ng kutilmaganda keldi.
— Choyshabni olib tashlaymiz, — otasi shunday degancha qo‘lini to‘shak ostiga qo‘yib matoni tortib olganida bir narsa sirg‘alib ketib gur- sullagan ovoz chiqdi va muqovasiga kumush harflar bitilgan qora kitob Hansning uzun oyoqlari orasiga kelib tushdi.
Hans bir oyog‘i ostidagi kitobga, bir tortinchoq yelkalarini qisib turgan Lizelga qaradi.
Keyin esa sarlavhani diqqat bilan, baland ovozda o‘qidi: “Go‘rkov- lar uchun qo‘llanma”.
“Demak, kitobning nomi shunday ekan-da”, — deb o‘yladi Lizel.
Ota va qiz orasiga g‘alati sukunat cho‘kdi. Hans, Lizel va kitob. Va nihoyat Hans egilib kitobni oldi va paxtadek mayin ovozda gapira bosh- ladi:
Q
Do'stlaringiz bilan baham: |