48
oldida Roza Huberman xuddi avliyoga o‘xshaydi.
Umuman olganda, Gitler davrida Germaniya iqtisodiyoti sezilarli darajada ko‘tarilganiga qaramay, mazkur ko‘chadagi odamlar juda kam- bag‘al yashashardi. Shaharda qashshoqlar qatlami hali hanuz mavjud edi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Hubermanlar yonidagi uy Shtayner- lar oilasi tomonidan ijaraga olingan edi. Shtaynerlaming olti farzandi bor edi. Ulardan biri — shumtaka Rudi tez orada Lizelning eng yaqin do‘sti, keyinchalik sherigi va ba’zan jinoyatlaming targ‘ibotchisiga aylanadi. Li- zel u bilan ilk marotaba ko‘chada uchrashib qolgan edi.
Yangi uyda ilk bor cho‘milib poklangach, o‘gay onasi Lizelning ko‘chaga chiqib boshqa bolalar bilan birga o‘ynashiga ruxsat berdi. “Himmel” ko‘chasidagi o‘zaro do‘stlik munosabatlari — ob-havo qanday bo‘lishidan qat’iy nazar — ochiq havoda o‘matilardi. Bolalar kamdan kam hollarda bir-birlarining uylariga kirishar, chunki uylar o‘ta tor va ichida deyarli hech vaqo yo‘q edi. Bundan tashqari, bolalar o‘zlarining sevimli mashg‘ulotlari bo‘lgan futbolni asosan ko‘cha-ko‘yda o‘ynashardi. Jamoa- lar tarkibi sara o‘yinchilardan iborat qilib tuzilar, axlat qutilari darvoza vazifasini o4tardi.
Lizel shaharda yangi boTganligi uchun uni darhol o‘sha qutilar orasiga itarishdi. (Garchi shu paytgacha ko‘cha futbolida o‘ynagan eng omadsiz o‘yinchi bo‘lsa ham Tommi Myullemi negadir bundan ozod qi- lishgandi). Dastlab hamma narsa ko‘ngildagidek o‘tdi, bir payt Tommi Myuller Rudi Shtaynerdan to‘pni tortib olishga intilib, uni qorga itarib yubordi.
— Nima?! — baqirdi Tommi. Uning yuzi g‘azabdan titrab ketdi. — Men nima qildim?!
Raqib jamoadagi hamma o‘yinchi jarima to‘pini urish uchun ovoz berishdi va nihoyat o'sha lahzada Rudi Shtayner yangi kelgan qiz Lizel Meminger bilan to'qnash keldi.
Rudi gol urishiga mutlaqo ishongan holda to‘pni loyli qor uyumi ustiga qo‘ydi. U raqiblari Tommi Myullemi o‘yindan chiqarib yuborish- gandan key in ham jarima maydondan turib ketma-ket o‘n sakkizta tepdi.
49
Myulleming o*mini kirn egallashidan qat’iy nazar, Rudi qayta-qayta gol uraverdi.
Bir safar ular Lizelni ham darvozadan chiqarib yubonnoqchi bo‘- lishdi. Taxmin qilganingizdek, u rozi bo‘lmadi, Rudi ham uning qolishini qo*llab-quwatladi:
— Yo‘q, yo‘q. Hammasi o‘z holidek qolaversin! —jilmaydi u va qo‘llarini bir-biriga ishqaladi.
Loyli ko*cha ustiga pag‘a-pag‘a tushayotgan qor to‘xtab, Rudi va Lizel o‘rtasidagi oyoq izlarini yopa olmay qoldi. Rudi to‘pga yaqinlashib uni tepib yuborganida Lizel yugurib borib koptokni tirsagi bilan urib yu- borishga muvaffaq bo‘ldi. Muhim vazifani uddalaganidan xursand bo‘lib tiijayganicha o‘midan turayotgan Lizelning yuziga kutilmaganda loy aralash qor kelib tegdi. Lizel o‘zini xuddi butun badani jirkanch loy bilan qoplangandek his qildi.
— Yoqdimi? — Rudi jilmayib, to‘p izidan yugurib ketdi.
— Saukerl, — pichirladi Lizel. U yangi oilasidagi odamlaming lug*at boyligini tezda o'zlashtirib olgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |