Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet222/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

PESHIN PAYTEDAGIDARAXT
“Himmel” ko‘chasi tozalanayotgan bir paytda Lizel Meminger endi o‘zining boradigan joyi yo‘qligini angladi. Atrofidagilar unga “akkordeon- li qiz” deb murojaat qilishardi. Uni politsiya bo‘limiga olib kelishdi va o‘sha yerda uning taqdiri ustidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Lizel juda qattiq stulda o‘tirar, akkordeoni g‘ilofidan unga tikilib turardi.
To Molking hokimi va uning sochi paxmoq rafiqasi ko‘rinish bergu- nicha qiz uch soat politsiya idorasida kutdi.
— Hamma: “Himmel” ko‘chasidan bitta qiz omon qolibdi”, — deyishyapti, — dedi xonim. Politsiyachi barmog‘ini nuqib Lizelni ko‘rsat- di.
Politsiya idorasidan chiqib ketishayotganida liza Hermán iltimos qilib, akkordeonni uning qo‘lidan olishga urinsa ham Lizel uning tutqichini mahkam ushlab qo‘yib yubormadi. Myunxen ko‘chasidan bir necha bino nariroqda bombaga giriftor bo‘lganlar va omadlilami maxsus chiziq ajratib turardi.
Hokim mashinani haydadi. liza esa qiz bilan orqa o‘rindiqda o‘tirdi.
Ayol Lizelning ikkalasining o‘rtasiga joylashgan akkordeon ustidagi qo‘lini ushladi.
* * *


Bunday paytda hamma narsani ichga yutish nisbatan osonroq kech- gan bo‘lardi, ammo Lizel halokatga mutlaqo teskari munosabat bildirdi.




Hokimning kimsasiz xonasida o‘tirib ertalabdan kechgacha o‘z-o‘zi bilan suhbatlashar, deyarli ovqat yemasdi.
Yuvinishni ham istamadi.
To‘rt kun davomida u “Himmel” ko‘chasi qoldiqlarini Grande ko‘chasidagi 8-raqamli uyning gilamchalari va pollari bo‘ylab olib yurdi. U juda ko‘p uxlar, tush ham ko‘rmay qo‘ygandi. Har safar uyg‘onganidan afsuslanardi, chunki uxlagan paytida hamma narsa g‘oyib bo‘lardi.
Dafh marosimi kuni ham u hanuz cho‘milmaganligini ko‘rgan liza Hermán muloyimlik bilan unga cho‘milib olishni iltimos qildi. Undan ol- din esa faqat hammomning qayerdaligini ko‘rsatib, sochiqni berib ket- gandi.
Hans va Roza Hubermanlaming daíh marosimida qatnashgan odam- lar toza kiyim kiygan, biroq “Himmel” ko‘chasining kiri bilan yurgan qiz haqida uzoq g‘iybat qilishdi. Bundan tashqari, o‘sha kuni kechroq uning kiyimini yechmasdan Amper daryosiga tushgani va juda g‘alati bir gap aytgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
U bo‘sa, cho‘chqa haqida nimadir degan edi.
U necha marta vidolashdi ekan?
Shundan keyin oradan kunlar va oylar bo‘lib, ko‘p urushlar bo‘ldi. Eng qayg‘uli damlarida u o‘z kitoblarini, ayniqsa, o‘zi uchun yaratilgan va hayotini saqlab qolgan kitoblarini esladi. Bir kuni ertalab u yana o‘zini yo‘qotgandek bo‘lib, kitoblarini qidirib topish uchun “Himmel” ko‘cha- siga bordi, lekin ulardan nom-nishon qolmagan edi. O‘tmish xotiralaridan qochib qutulib bo‘lmaydi. Bunga o‘nlab yillar, balki, butun umr ham kamlik qilar.
Shtaynerlar oilasi uchun ikki marotaba dafh marosimi o‘tkazildi. Birinchisi marhumlami qabrga qo‘yishganida, ikkinchisi esa bomba xaba- rini eshitib iste’foga chiqqan Aleks Shtayner uyga qaytganida bo‘lib o‘tdi.
Shum xabami eshitgan Aleks qattiq iztirob chekdi:
— Ey Xudo, agar Rudini o‘sha maktabga berganimda, hech bo‘l- masa, u tirik qolarmidi.
Kimnidir qutqaraman deb boshqalaming o‘limiga sababchi bo‘lish


mumkin.


U Rudining tirik qolish yoki qolmasligini qayoqdan ham bilardi?
U aniq biladigan yagona narsa shundan iborat ediki, Rudining omon qolishi uchun o‘sha tunda “Himmel” ko‘chasida uning o‘miga o‘lib ketish- ga ham tayyor edi.
U bu gapni Grande ko‘chasidagi 8-raqamli uyning kiraverishida Lizelga aytdi. Aleks qizning tirik qolganini eshitib, uning yoniga shoshgan edi.
O‘sha kuni o‘sha joyda Aleks Shtayner ikki bo‘lakka bo‘linib ket- gandek edi.
Lizel unga Rudining lablaridan o‘pganini aytdi.
To‘g‘ri, bundan uyaldi, lekin: “Aleks buni bilib qo‘yishi kerak”, — degan qarorga keldi.
Aleksning daraxt suviday ko‘z yoshlari tabassumining ikki chetidan oqib tushdi.
Lizel Memingeming so‘zlari orqali o‘sha kuni osmon kulrang va yaltiroq bo‘lganligini bildim. Kumushrang kun.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish