Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet210/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

1943-YIL 27-IYUL
May kl Xolsapfel dafn qilindi va kitob o‘g‘risi motamsaro onaga kitob o‘qib berdi.
Ittifoqchilar bu paytda Gamburgni bombardimon qilishayotgandi. Unda mening mo'jizaviy mavjudot ekanligim ish berdi. Bunday qisqa vaqt ichida mendan boshqa hech kirn 45,000 ga yaqinjonni tashib ketolmas edi. Millionlab yillarda ham mening qilgan ishlarimni takrorlay olishmaydi.




Nemislar o‘sha paytga kelib tovon to‘lay boshlashga, fyureming husnbuzar toshgan kichkina tizzalari titrashga tushgandi.
Shunga qaramay, men unga, fyurerga o‘z haqini beraman.
U, haqiqatan ham, temir irodali odam edi.
Yangidan yangi urushlami yetishtirish, yahudiylardek yuqumli ka- sallikni jazolash va yo‘q qilish bo‘yicha sa’y-harakatlari zarracha susay- madi. Konsentratsion lagerlar asosan Yevropaning turli joylarida tarqalgan bo‘Isa-da, ba’zilari hali ham Germaniyaning o‘zida ham mavjud edi.
Bu lagerlarda ko‘p odamlar hali ham ishlashga va yurishga majbur edilar. Ushbu yahudiylardan birining ismi Maks Vandenburg edi.
LXXVIBOB
SO‘ZLAR SAFARI
Bu voqea Gitleming vatanidagi kichik shaharchada sodir bo‘ldi.
Yangi azob-uqubatlar oqimi juda yaxshi singdirildi, endi esa ular- ning kichik bir qismi yetib kelgan edi.
Yahudiylami Myunxenning chetidan haydab o‘tayotganlarida bitta o‘spirin qiz aqlga sig‘maydigan ishni qildi — u yahudiy mahbuslaming safiga qo‘shilib, ular bilan birga keta boshladi. Askarlar uní sudrab olib chiqib, yerga uloqtirishganda ham qayta o‘midan turdi va yo‘lida davom etdi.
O‘sha kuni tong iliq, ko‘chalardan yahudiylami olib o‘tish juda qulay edi.
Yahudiylar va askarlar allaqachon bir nechta qishloqlardan o‘tib, Molkingga yaqinlashib qolishgandi. Ehtimol, lagerdagi ish ko‘payib ket- gan yoki u yerdagi bir necha mahbus o‘lgandir, ishqilib, sabab nima bo‘li- shidan qat’iy nazar, charchagan yahudiylaming yangi guruhi Daxauga piyoda haydab olib ketilayotgandi.


Lizel har doimgidek doimiy tomoshabinlar to‘plangan Myunxen ko‘chasiga yugurib keldi.


* * *
— Hayl Gitler!
U safning eng oldida kelayotgan askaming ovozini uzoqdan eshitdi va ulami kutib olish uchun olomon orasidan ularga qarab harakatlandi. Ovoz uni hayratga soldi. U bepoyon osmonni boshi ustidagi shiftga aylan- tirdi va bu shiftdan sakrab tushayotgan so‘zlar yahudiy oyoqlari ostiga yiqilib tushdi.
Tomoshabinlar ko‘chani jonlantirib yuborgan yahudiylaming har birini kuzatib turishardi. Lizel ham kuzatish uchun o‘ziga qulay joy top- gach, to‘xtadi.
U nigohini yuzlaming ketma-ket qatorlari bo‘ylab yurgizib, ulaming orasidan “Tepada turgan odam” va “So‘z silkituvchi” kitoblarini yozgan yahudiyni topishga urindi.
Uning sochlari patli edi, — xayolidan o‘tkazdi qiz. — Yo‘q, yo‘q, sochlari dikkayib turgan daraxt shoxiga o‘xshaydi. Yuvilmaganida ular shunday ko‘rinardi. Daraxt shoxidek sochni, ichiga kirib ketgan ko‘zlami va chiroyli soqolni qidir.
Ey Xudo, undaylaming soni juda ko‘p-ku.
OTib borayotgan ko‘zlar va sudralayotgan oyoqlaming cheki yo‘q.
Lizel ulami sinchiklab o‘rganib chiqdi, ammo Maksning xususiyat- larini hech biridan topmadi. U ko‘cha yuzida yig‘ilgan olomonning ham yularini qarab chiqdi.
Bor diqqatini ko‘zlariga jamladi va to‘satdan nemis tomosha- binlariga tikilib kelayotgan bitta yuzni ko‘rganida qotib qoldi.
O‘sha yuz ko‘zini uzmasdan ularga qaraganidan kitob o‘g‘risining atrofidagilar ham uni payqab, barmoqlari bilan ishora qilishdi.
— Anavi yahudiy qayerga qarayapti? — Lizelning yonidagi erkak- dan sado chiqdi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish