24-IYUL. ERTALABKI 6:03.
Kirxona iliq, shifti mustahkam edi va Maykl Xolsapfel xuddi jarlikdan tushganday kursidan sakradi.
O‘sha kunlarda meni juda ko‘p odam ta’qib qildi, meni chaqirdi, jonini olishimni iltimos qildi. Meni tasodifan kutib oigan va taranglashgan ovozda pichirlaganlar esa nisbatan kamchilikni tashkil etar edi.
— Meni olib ket, — degan odamlami ushlab turish imkonsiz edi. Shubhasiz, ular qo‘rqishayotgandi, lekin mendan emas. Ular dosh berol-
may qolishdan va o‘zlariga, dunyoga va sizga o‘xshashlarga qayta qarash- dan qo‘rqishdi.
Men ularga hech qanday to‘sqinlik qila olmadim.
Ular juda ko‘p usullarga ega edilar, o‘lish bobida juda mohir editar va qaysi usul bilan bo‘lsa ham ishni mukammal amalga oshirishsa, men ulaming ra’yini qaytarolmasdim.
Maykl Xolsapfel nima qilayotganini bilar edi.
U yashashni xohlagani uchun o‘zini o‘ldirdi.
Albatta, men o‘sha kuni Lizel Memingemi umuman ko‘rmadim. O‘zimga, odatdagidek, “Himmel” ko‘chasida qolib, baqiriqlami tinglash uchun juda bandligimni eslatdim. Odamlar meni ish joyida ushlab qolishsa yaxshi bo‘lmaydi, shuning uchun men har doimgidek jonni olib nonushta rangidagi quyosh bag‘riga qochdim.
Osilib turgan jasadni topgan keksa odamning ovozi qanday qilib kir yuvish xonasini junbishga keltirganini, yugurib kelgan odamlaming qadam tovushlarini va gap-so‘zlarini eshitmadim. Mo‘ylovli ozg‘in odamning: “Qanday sharmandalik! Bu qanday sharmandalik?” — deya ming‘irla- ganini eshitmadim.
Frau Xolsapfelning “Himmel” ko‘chasining o‘rtasida yotib, qo‘llari- ni osmonga cho‘zganini, ñola qilgan yuzidagi qayg‘u va umidsizlikni ko‘rmadim. Yo‘q, men bir necha oydan keyin u yerga qaytib kelib, “Kitob o‘g‘risi” degan kitobni o‘qib qolmaguncha bulaming hech birini bilmas- dim. Shunday qilib, men nihoyat Maykl Xolsapfelni jarohatlangan qo‘li yoki boshqa biron bir boshqa jarohati emas, balki yashashni ayb deb bil- gani hayotdan olib ketganini bilib oldim.
Uning o‘limidan bir necha kun oldin, Lizel Mayklning uxlamay chiqishini, har kecha uning uchun zahar bo‘layotganligini tushungan edi. Men uni tez-tez bedor yotganini, qor choyshablari ostida terlaganini yoki ukasining uzilgan oyoqlarini ko‘rganini tasawur qilaman. Lizel, Maksga aytganidek, bir necha bor Mayklga ham o‘z ukasi haqida aytib berishga harakat qilganini yozgan, lekin unga yo‘tal va yarmidan uzilib ketgan ikki oyoq orasidagi masofa juda katta bo‘lib tuyulgan. Bunday odamni ko‘rgan
odamga unga qanday tasalli berishi mumkin? Unga iyurer u bilan faxrla- nishini, Stalingradda qilgan ishlari uchun yaxshi ko‘rishini aytish kerakmi? Bunga qanday jur’at etish mumkin? Yo‘q. Faqat uni suhbatga tortib orqali ovutish mumkin. Ammo u ham oson emas, chunki bunday odamlar o‘zlari- ning eng muhim so‘zlarini keyinroqqa — atrofidagilar ulaming jasadini topa olmaydigan soatga qoldiradilar. Ular o‘zlaridan 1943-yil iyulda “Himmel” ko‘chasida bo‘lgani kabi eslatma, ikki enlik xat, hatto savol qoldirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |