Jahon adabiyoti tarixi


AlberKamyu (1913-1960) va absurd falsafasi



Download 2,24 Mb.
bet131/183
Sana18.11.2022
Hajmi2,24 Mb.
#867841
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   183
Bog'liq
18d76776e8130c5b7d20240f50eb312d JAHON ADABIYOTI TARIXI

AlberKamyu (1913-1960) va absurd falsafasi. Atoqli adib, publitsist va faylasuf bo‘lgan Alber Kamyu hayoti va ijodiga qiziqish doimo yuqori bo‘lgan.
A.Kamyu 1913-yilning 7-noyabrida Jazoirning uncha katta bo‘lmagan Mondovi shaharchasida, qishloq xo‘jaligi ishchisi oilasida dunyoga keldi. Otasi Lyusen Kamyu Birinchi jahon urushida halok bo‘lgan. 1924-yili Belkurdagi boshlang‘ich maktabni tugatgan Alber litseyga o‘qishga kiradi. Litseyni tugatgach, mahalliy universitetning falsafa-tarix fakultetiga o‘qishga kiradi.
U 1935 yilda tashkil etilgan ko‘chma Mehnat teatrini tashkil etilishiga bosh-qosh bo‘ldi. Bu yerda Kamyuning aktyorlik va rejissyorlik iqtidori namoyon bo‘ldi. 30-yillarning oxirlarida “Ekip” teatr truppasi bilan butun Jazoirni kezib chiqadi. U sahnada rollar ijro etish bilan birga badiiy ijod bilan shug‘ullanishni ham davom ettirdi. “Jazoir Respublikasi” gazetasida muhbir va muharrir vazifalarida ham ishladi, bir necha esse, onasi, buvisi va bobosi haqidagi xotiralardan tarkib topgan ilk kitobi “Ichki tomon va qiyofa” bosilib chiqdi, “Kaligula” pyesasining dastlabki chizgilari, ilk nasriy to‘plamlar paydo bo‘ldi, “Saodatli o‘lim” romani yozildi, lekin nashrga berilmadi. Bu davrda “Sizif haqida asotir” falsafiy essesi ustida ish boshlandi. 1938 yilda ikkinchi kitobi – “Nikoh” bosmadan chiqqach, 1940 yildan Parijda yashay boshladi. O‘sha yilning yozida “G‘aroyib urush” Fransiyaningmag‘lubiyati bilan tugagach, Kamyu Lionga va u yerdan Jazoirga keladi. Bir qancha muddat o‘qituvchilik bilan shug‘ullanadi. 1942 yili Kamyu Fransiyaga qaytadi Qarshilik harakatining “Komba” deb ataluvchi guruhiga a'zo bo‘ladi. 1944 yilda “Anglashilmovchilik”, 1945 yilda esa “Kaligula” asarlari sahnalashtirildi.
Urush yillarida yaratilgan asarlaridan ikkitasi – “Begona” va “Sizif haqida asotir” yozuvchiga katta shuhrat keltirdi. 1947 yilda nashr etilgan “Vabo” romani muallif nomini yanada mashhur qildi. 50-yillarning o‘rtalari va oxirida Kamyu yana teatrga qaytib, o‘zining hamda boshqa mualliflar(Dostoevskiy, Folkner)ning asarlarini sahnalashtirdi. 1951 yilda nashr etilgan “Isyonkor odam” pamfleti Kamyuning bu turdagi so‘nggi yirik asari edi. 1957 yili Nobel mukofoti berilishi bilan qilingan ma'ruzasi mashhur bo‘ldi. O‘zining bunday yuksak mukofotga loyiq deb topilganini bilgan 44 yoshli adib: “... Men sarosimaga tushdim, ichimda bir hayajon uyg‘ondi.O‘zimni tinchlantirish uchunmenga bunchalik saxiylik qilgan qismat bilan hisob-kitob qilishga to‘g‘ri keldi. Va men o‘z xizmatlarim bilangina unga loyiqman, deb hisoblan olmaganimdan, butun hayotim davomida turli vaziyatlarda madad bergan bir narsaga tayandim. Bu – san'at va yozuvchining roli haqidagi tasavvurim edi...”, - degan edi.
1960-yilning 4-yanvarida Rojdestvo bayramini o‘tkazib Parijga qaytayotgan Kamyu o‘z mashinasida avtohalokatga uchrab halok bo‘ladi. U bu davrda “Birinchi odam” romani ustida ishlayotgan edi. Asar yozuvchining o‘limidan o‘ttiz to‘rt yil keyin chop etildi va katta shuhrat qozondiki, adabiyotshunoslar Kamyuning hayotligida e'lon qilingan bironta asari bu qadar mashhur bo‘lmaganini e'tirof etishdi.
Kamyu falsafiy qarashlarining tadriji tarixiy sharoit bilan bog‘liqdir. Muallifning o‘zi ham asarlarining ikki turkumga bo‘linishi haqida gapiradi. Dastlabki – absurd mavzusiga “Sizif haqida asotir” essesi, “Begona” qissasi va “Kaligula” pyesasi kiradi. Isyon mavzusiga esa “Isyonkor odam” essesi va “Vabo” romanini kiritish mumkin.
A.Kamyuning “Sizif haqida asotir” asarida absurd tushunchasi ekzistensializmning asosiy tamoyili ekanligi tadqiq etilgan. Adib inson hayotining be'mani ekanligini Sizifning afsonaviy obrazi orqali gavdalantiradi. Makkorligi uchun narigi dunyoda abadiy jazoga hukm etilgan Sizif ulkan harsangtoshni tog‘ cho‘qqisiga olib chiqdim, degan chog‘da tosh pastga qulaydi va bu harakat to‘xtovsiz takrorlana beradi. Inson bunday absurdga chiday olmay “isyon” ko‘taradi. Ana shundan beri vaqti-vaqti bilan “isyonlar” ko‘tarilib, ulardan inson o‘zining Sizifga xos ahvolidan qutulish uchun stixiyali ravishda najot izlaydi. Yoki borliqning absurd mohiyati insonni hayotdagi hatti-harakatini belgilash, ya'ni absurdga bo‘yin egish yoki u bilan kelishmay yashashni taqozo etadi.
“Begona” qissasining qahramoni Merso taqdirdan ro‘shnolik ko‘rmaydi. U ishdan haydalmaydi, boshliqdan dashnom eshitmaydi, hamkasblari bilan sen-menga bormagan. Lekin jamiyat o‘ziga o‘xshamagani, hamma rioya qilib kelgan axloq normalariga uyg‘un harakat qilmagani uchun Mersoni begona deb biladi. U ikkita arabni affekt holatida otib o‘ldirgani uchun emas, balki onasining o‘limi kuni yig‘lamagani, shu kuni eski tanishi – Mari degan qiz bilan birga bo‘lgani uchun sud qilinayotgandek ko‘rinadi. Sudda uning qalbi jinoyatchi deb topiladi va jazo og‘ir ko‘rinish oladi – o‘lim.
“Begona”da umrning bebaqoligi, har qanday inson qismatining omonatligi haqidagi badiiy haqiqat mavjud. Mana shu “fazilati” uchun ham ba'zilar uni yoqtirmaydi”32.
Mersoning ziddiyatli qalbini tushunish uchun unga barcha liboslarni yechib, inson o‘laroq yaqinlashish kerak. Savol tug‘iladi: madaniy, ahloqiy va diniy qadriyatlarsiz inson insonmi? Insonga yaqinlashar ekanmiz, qadriyatlarni bosh mezon qilib olamiz, ularga suyanamiz. Mana shu ma'noda Merso hech qanday qadriyatga orqa qilmaydi. Libos kiymaydi.
Birinchi turkumga kirgan “Begona” qissasidagi bosh qahramon tabiati va ruhiyatining tasviri nafaqat fransuz adabiyoti, balki jahon adabiyotidagi ko‘plab asarlardan butunlay farq qiladi. Yozuvchi bir qarashda bemehr, loqayd va odam o‘ldirgan jinoyatchi yigit Mersoni qoralash yo‘lini tutmaydi. Aksincha, uni inson sifatida kashf etish, tushunish va anglab yetishga harakat qiladi.
Biz ko‘pincha badiiy qahramon tahlilida asosiy mezon qilib olganimiz singari Mersoni muhit, jamiyat, siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilishimiz mumkin emas. U doimo haqiqatdan qochib, ikkiyuzlamachilik asosida yashashga asoslangan insonlar jamiyati uchun begona. Kamyuning o‘zi ta'kidlaganidek, “uni atrofdagilar o‘yiniga qo‘shilmagani uchun jazolashadi... U yolg‘on gapirishdan bosh tortadi... jamiyat esa bundan o‘zini xavf ostida qolganday sezadi”33. Bema'ni, absurd dunyoda yashashga mahkum insonni ilohiy xususiyatlar sohibi bo‘lgan g‘aroyib mavjudot sifatida tushunib yetishga intilish ekzistensializm adabiyoti vakillarining asosiy vazifalaridan biri edi.
A.Kamyuning o‘zi “faylasuf bo‘lishni istasang romanlar yozish kerak” degan fikrni qayd etadi. Shundan bo‘lsa kerak, uning uchun badiiy asarlar va ulardagi qahramonlar falsafiy qarashlarni bayon etishda muhim vosita sanalgan. Masalan, “Vabo” romanining asosiy qahramonlari muallif shaxsining ba'zi qirralarini namoyon etishi bilan barobarida Kamyu falsafiy dunyoqarashini ham aks ettiradi. “Sizif haqida asotir”dagi absurd olam muhitida keyinchalik “Begona”, “Anglashilmovchilik”, “Kaligula” singari qissa va pyesalarning qahramonlari ham yashaydilar.
“Vabo” romani Kamyu Qarshilik harakatiga a'zo bo‘lgan va “Komba” gazetasiga muharrirlik qilgan paytida yozila boshlagan va 1947-yilda chop etilgan. Asar ustida ishlayotib adib kundaligiga shunday deb yozadi: “Vabo” yordamida u tarqalgan paytda biz zaharlangan atmosfera va ayriliqdan qattiq azob chekkanligimizni aytmoqchimiz. Shu bilan birga men bu izohni borliqqa bir butun qilib kengaytirmoqchiman”. Vabo nafaqat kasallik – yovuz kuch, ayovsiz qamchi va nafaqat urush, shuningdek, jamiyat va gunohsiz bolalarning o‘limidir. Vabo moslashuvchan bo‘lib, uning mikroblari hamma joyga in quradi. Har bir ehtiyotsiz qadamlarni poylab turadi. Vabo falokat – sukunatda jim turadi, ba'zan esa portlab ketadi, lekin hech qachon yo‘qolib ketmaydi. Shunday kun keladiki, u odamlarni g‘am-anduhga ko‘mib, shahardagi barcha kalamushlarni uyg‘otib, ularni osoyishta shaharning qo‘chalarini o‘pirib tashlashga jo‘natadi.
Kamyuning asaridagi voqealar ham xuddi shu tarzda boshlanadi. Doktor Rie yashaydigan Oran shahriga o‘lat epidemiyasi tarqaydi. Shahardan chiqish va unga kirish ta'qiqlab qo‘yiladi. Shahar ahli, uning mehmonlari bunday ayriliqdan tushkunlikka tushib umidsiz ahvolda qolishadi. Shahar qabristonlari son-sanoqsiz qurbonlarga to‘lib toshadi. Aholi ehtiyotkorlikdan tinkasi qurib bir-birlariga shubha bilan nigoh tashlaydilar. Butun shahar aholisi kelajakka umidsizlik bilan qaray boshlaydi. Asar qahramoni doktor Riening aytishicha: “Vaboni tushunish – bu uni qabul qilish degani emas. Uni tushunish uchun telba yoki ko‘r, sodda qilib aytganda, ahmoq bo‘lish kerak. Ming afsuski, vabo bilan kelishishga to‘g‘ri keladi”.
Umuman, asarda insonning yolg‘izligi haqidagi fikr oldinga suriladi. Inson atrof-muhitga qarama-qarshi qo‘yiladi, lekin u tashqi muhit doirasidan chiqib keta olmaydi, dunyoni anglab yetishda ojizlik qiladi.
Kamyu o‘zining har bir asarida inson va uning hayotdagi o‘rni, o‘limning haq ekanligi, hayotning mazmuni haqida fikr yuritadi va ana shu savollarga javob izlaydi. Amerikalik tadqiqotchi Syuzan Zontag: “Kamyuning asarlarida asosiy o‘rin bosh qahramonlar hayotiga emas, balki gunohkorlik va begunohlik masalalariga bag‘ishlangan. Uning ijodi yuksak san'ati yoki chuqur ma'nosi bilangina emas, balki mutlaqo boshqa tomondan, ya'ni axloqiy go‘zalligi bilan ham ajralib turadi”34, – deya ta'rif beradi.
Alber Kamyuning merosi XX asr adabiyotining takrorlanmas sahifalaridan sanaladi. Yana bir fransuz gumanist adibi Antuan de Sent-Ekzyuperi (1900-1944) Malro, Sartr, Kamyu singari fransuz adabiyotida o‘ziga hos o‘ringa va ovozga ega bo‘lgan ijodkorlar sirasiga kiradi.
Sent-Ekzyuperi 1900-yilning 29-iyunida Lion shahrida ildizi qadimiy, vaqt o‘tib qashshoqlashib qolgan zodagonlar oilasida dunyoga keldi. Ekzyuperi 12 yoshga to‘lganda birinchi bor havoga ko‘tarilgan: o‘sha paytdagi mashhur fransuz o‘quvchisi Vedren uni Ambore shaharchasi yaqinidagi aerodromdan birga olib osmonga uchadi. Parvoz iщqi mana shu lahzadan boshlab yosh Antuanning hayotdagi asosiy, bir umrlik maqsadi bo‘lib qoldi.
Aviatsiya Sent-Ekzyuperi uchun birinchi navbatda dunyoni o‘rganish, uni kashf etish, insondagi nodir fazilatlarni tarbiyalovchi, odamlar va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikka, birodarlikka yo‘l ochuvchi vosita edi. U o‘zini hech qachon professional yozuvchi, deb hisoblamagai edi. «Yozishdan avval yashash kerak» – bu so‘zlar Sent-Ekzyuperining bir umirlik shioriga aylandi. U chetdan turib kuzatinщdan, voqelikdan uzoq muloxazalar chiqarishdan ko‘ra, sodir bo‘dayotgan voqealarning faol ishtirokchisi bo‘lishni ma'qul ko‘radi. Ispaniyada grajdanlar urushi boshlanishi bilan «Pari suar» gazetasining muxbiri sifatida bu mamlakatga junaydi.
Sent-Ekzyuperining ijodiy merosi «Janubiy pochtachi» (1928), «Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942) «Kichkina shahzoda» (1942) asarlari va tugallanmagan «Qala» falsafiy romanidan iborat.
1930-yilda Buenos-Ayresda yozilgan «Tungi uchish» asari 1931-yili Fransiyadagi Gollemar nashriyotida chop etildi va o‘sha yiliyoq, «Femina» adabiy mukofoti bilan taqdirlandi. Adabiyotshunoslar ushbu romanni ular yashayotgan jamiyatdagi xudbinlikka qarshi yozilgan burchning go‘zalligi va ulug‘vorligi haqida hikoya qiluvchi asar, deb baholadilar. «Harbiy uchuvchi» asari esa o‘z shakli bilan bir kunlik voqealar haqdagi reportajni eslatadi.
Yozuvchi nemislar qurshovida bulgan Arras shahri tomoi uchayotgan fransuz razvedkachi samolyotining parvozi haqida hikoya qiladi. «Bashar sayyorasi» da ta'kidlangan insonlar birdamligi g‘oyasi bu asarda yana xam kengayadi. Asar Ekzyuperining Ispaniya voqealariga bag‘ishlab yozgan gazeta ocherklarini yodga soladi. «Harbiy uchuvchi» da yozuvchi qarashlari, uy-fikrlari abstrakt harakterda bayon etilgani uni Fransiyada nemis harbiy senzurasini chalg‘itib bosilib chikishida muhim rol uynaydi. Asar o‘quvchini asta sekin chulg‘ab oluvchi tashvish va qayg‘u ruhi bilan yo‘g‘rilgan. Shundan bo‘lsa, kerak, adabiyotshunos M.Vaksmaxer «Harbiy uchuvchi» ni insonlarni qo‘lga kiritilmagan baxtiga yozilgan elegiya deb ataydi. Yozuvchi asarda inson ma'naviy hayotining oydin yullari va boshi berk ko‘chalari haqida falsafa yurgizadi. XVIII asr ma'rifatchilik falsafasi bilan bog‘lik bo‘lgan insonparvarlik g‘oyalari Ekzyuperi uchun juda ham kadrli bo‘lib, bu ideallar toptalmokda edi. Eng achinarlisi inson unutildi, kamsitildi va tahqirlandi. Shuning uchun yozuvchi insonlarni so‘zdan amaliy ishga o‘tishga undaydi. Yozuvchining fikricha buning fakat bitta yo‘li bor, u ham bo‘lsa – faoliyat ko‘rsatish.
Sent-Ekzyuperi ijodidagi muhim asarlardan biri «Kichkina shahzoda» falsafiy ertagi 1942-yilda yozuvchi Nyu-Yorkda yashagan paytida yozildi. Ushbu asar janr va kompozitsiya buyicha avvalgilardan farq qiladi. Dunyoning yuzlab tillariga tarjima qilingan ushbu asar fransuz yozuvchisiiiig eng mashxur asari sifatida tan olingan.
Sent-Ekzyuperi o‘z kahramoniga 5-6 yoshdagi bola ruhiyatiga hos xususiyatlarni ato etgan. Asar davomida bolalik dunyosi kattalar dunyosiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Kattalarning hayotni bezab turuvchi romantika va go‘zallikni his qilish kabi hislardan yiroq, ekanligi bolani hayratga soladi. Shuning uchun ham kattalar shahzoda chizgan filni tiriklay yutib yuborgan bo‘g‘ma ilon rasmini «shlyapa» deb ataydilar. Bola esa o‘sha kattalar ko‘ra olmaydigan quticha ichidagi ko‘zichokni ko‘ra oladi. Umuman shahzoda hali kattalar qadami yetmagani soflik sayyorasining sohibidir. Bosh qahramov ismsiz – Kichkina shahzoda deb atalishi ham shundan.
Sent-Ekzyuperi asardagi Baobab obrazi orqali insoniyatga xavf solayotgan fashizmni va inson ma'naviy barkamolligining asosiy «kushanda»si hisoblangan loqaydlikni tasvirlagan: «– Bizda shunday bir qoida bor, – dedi Kichkina shahzoda keyinchalik menga. – Ertalab uyqudan turib yuz-qo‘limni yuvgach, uyoq-buyoqni yig‘ishtirgandan so‘ng darhol sayyorangni tozalashga kirishmog‘ing lozim. Baobablarni har kuni, qanday qilmay yo‘q qilib turish kerak. Ammo ularni gul ko‘chatidan ajrata bilish kerak: ikkkalasining niholi bir-biriga judayam uxshaydi. Bu haddan tashqari zerikarli ish, lekin sirayam qiyin emas».
Sent-Ekzyuperi ertak va rivoyatlarniig an'anaviy qaxramonlarini noan'anaviy va favqulodda holatlarda tasvirlaydi. Masalan, birinchi sayyorada yashovchi qirolning boshqa qirollardan farqi shundaki, u yolgiz (sayyorasidagi yagona kalamushni hisobga olmaganda) yashaydi. Juda ham kichkina sayyorada umr kechiruvchi bu qirol faqat «Oqilona farmoyishlar berish» bilan chegaralanadi. Yozuvchi ertakda abstrakt romantik obrazlarni oddiy maishiy obrazlar bilan qo‘shib yuboradi. Tulkining ovchi va tovuqlar haqidagi mulohazalari fikrimizning dalili bo‘la oladi. «Kichkina shahzoda»da asotir va marosimlarga borib taqaluvchi qadimiy sehrli ertak semantikasi qayta jonlantirilgan: shahzoda sayyorama-sayyora kezib, bir qancha sinovlardan o‘tganday bo‘ladi va oxir-oqibat yerda u hakda yangi bilimlarga ega bo‘ladi.
yerda bolaga birinchi to‘qnash kelgan jonzod - ilon. Bu jonzot bolaga odamlar tomon yo‘l ko‘rsatadi va o‘z zahri bilan uni yana o‘z sayyorasiga qaytishiga yordam berishini va'da kiladi. Ilon bolaga insonlar haqidagi achchiq haqiqatni ochadi.
« – Odamlar qayoqda, odamlar? – deb tag‘in so‘radi nihoyat Kichkina shahzoda». – sahroda, har qalay, o‘zingni yolgiz sezarkansan kishi... – Odamlar orasida ham o‘zingni yolg‘iz sezaverasan, – deb qo‘ydi ilon.
Sent-Ekzyuperi ijodining asosiy fazilati – insondagi yorug‘ mehr va iroda qudratiga bo‘lgan ishonch kitobxon ko‘nglini yoritadi. U insonlarni doimo yagona maqsad yulida - insoniylikni saqlab qolish uchun birlashishga chaqirdi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar irodali, fidoiy, ezgulik yo‘lida halok bo‘lishga tayyor insonlar. Uning fikricha inson bo‘lish - bu mas'uliyatli bo‘lish deganidir. U butun ijodi davomida ana shu g‘oyani ilgari surdi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish