haqida bilimga ega
bo‘lishi;
−
jahon adabiyotining eng yetuk namunalarini tahlil qila olish;
−
o’zbek adiblari asarlarini jahon adabiyoti kontekstida o’rganish, talqin va tahlil qilish;
−
o’z ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon adabiyoti va o’zbek adabiyoti namunalarini qiyoslash
va o’rinli xulosalar chiqara olish
ko’nikmasiga ega bo’lishi;
−
ilmiy va o‘quv jarayoniga o’zbek adabiyoti va jahon adabiyoti namunalarini qiyoslab
tatbiq eta olish
malakasiga ega bo‘lishi kerak.
−
fan bo‘yicha talaba egallagan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalardan amaliy va nazariy
masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olish va shaxsiy fikrlari orqali ijodkorlik
qobiyatini namoyon etish
kompetensiyalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatdan
uzviyligi va ketma-ketligi
„Jahon adabiyoti“ fani o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichining
3- kurs 5-6 semestrlarida o‘qitiladi. Mazkur fan „O‘zbek adabiyoti tarixi“, „Adabiyot nazariyasi“,
„O‘zbek xalq og‘zaki ijodi“ singari fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda, uzviylikda va ketma-ketlikda
o‘qitiladi.
Fanning ta'limdagi o‘rni
„Jahon adabiyoti“ fani yuzasidan beriladigan ma’lumotlar yetuk filolog-pedagoglarni
tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur fanni o‘qitish orqali talabalarda jahon adabiyoti
durdonalarini o‘qishga, uqishga, idrok etishga, tushunishga intilishni kuchaytirish mumkin. Fanni
o‘rganish talabalarda insonparvarlik, vatanparvarlik va gumanistik tuyg‘ularini shakllantiradi,
dunyoqarashini kengaytiradi.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot
va pedagogik texnologiyalar
„Jahon adabiyoti“ fani bo‘yicha dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar
mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi. Fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida
o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza
matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi.
Fanni o‘qitishda ta’lim tizimiga kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash maqsadga muvofiq. Xususan, „Bumerang“, „Fikrlar hujumi“, „Tarozi“, „Slayd-shou“,
„Qanday?“, „FSMU“ singari pedagogik texnologiyalarni, „Munozarali dars“, „Debat“ kabi
metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshiradi. Shuningdek, „Jahon adabiyoti“ fani bo‘yicha
yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua va slaydlar, tarqatma materiallar, ko‘rsatmali qurollardan
foydalanish, didaktik o‘yin usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Fan yuzasidan pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholashda test usuli, og‘zaki so‘rov va
yozma ish turlarini qo‘llash tavsiya etiladi. Reyting tizimini izchil tatbiq etish orqali talabaning fan
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallash jarayoni muntazam nazorat qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |