. Dante va xristianlik dini va falsafasi.
Dante Alegeri (1265-1321) o’rta asrlarning so’nggi, yangi davrning birinchi shoiri sifatidagi ulkan siymodir. Dante o’zining gumanistik dunyoqarashini o’lmas asari «Komediya», «Ziyofat» va «Monarxiya» risolalarida bayon etgan. Uning adabiy va g’oyaviy ijodi bir butundir. Dante xristian dini aqidalarini o’zgarmas haqiqat, deb tan oladi. Lekin u ilohiy va insoniy munosabatlarni yangicha talqin qilardi. U bularning har ikkisini ham bir-biriga zid qo’ymaydi, balki ularni o’zaro birlikda deb biladi. Uningcha, xudoni insonning ijodiy kuchiga qarshi qo’ymaslik kerak. Inson ikki tomonlama: birinchidan, xudo tomondan, ikkinchidan, tabiat bilan sababiy bog’langan. Shunday qilib, insonni rohat-farog’atga ikki yo’l olib boradi: falsafiy «ta’lim» yoki inson tafakkuri va muqaddas ruhdan kelib chiquvchi «ma’naviy ta’lim». Insonda ilohiylikning mavjudligini tan olish, o’rta asr an’analaridan og’ish hisoblangan. Shuning uchun Dante Foma Akvinskiy tarafdorlari tomonidan tanqid qilingan. Dante gumanizmi tarkidunyochilik (asketizm)ga qarshi qaratilgan, inson kuchiga to’liq ishonch bilan sug’orilgan. Uningcha, inson o’z farovonligi uchun o’zi mas’ul. Bundagi hal qiluvchi omil boylik yoki meros qolgan nufuz emas, balki shaxsiy sifatlardir.
. Dantening “Kichik asarlari”.
0 ‘rta asrlar oxiri va Uyg'onish davrining boshi - ikki davr oralig'ida yashab o'tgan ulug‘ italyan adibi. Shoir 37 yoshga toMganda boshiga kulfat yog‘iladi. Papa partiyasi davlat tepasiga chiqqandan so‘ng shoimi birinchilar qatori Florensiyadan quvg'in qiladi. Shundan so'ng qolgan umri Verona, Mantuya, Parile, Luki, Ravenna shaharlarida nihoyatda og‘ir hayot girdobida o'tadi.Shoirlar hamma zamonlarda ham sevgi-muhabbatni ulug'lab kelgan. Sevgan yorining tavsifini keltirib, unga hech go'zalning teng kelmas-ligini ta’riflashgan. Bu yorug4 olamda yolg'iz o'zi va sohibjamoligina sadoqatli deb bilishgan. Go'zalning jamoli. nazokati, husni-tarovati. qaddiqomati haqida dostonlar bitishgan. Dante sohibjamol Beatricheni sevib qoladi. Unga atab she’rlar bitganida 17-18 yoshlarda edi. Keyinchalik bu sheTlami «Yangi hayot» to'plamiga jamlaydi.Shoirning keyingi asarlari «Ziyofat», «Xalq nutqi haqida» (1305), «Monarxiya haqida» (1313) asarlaridir. Bu traktat, hikoya va risolalarida u din, til, siyosiy voqealar, saltanatga daxldor falsafiy fikrlarini bayon etadi.«Ilohiy komediya»sida yozuvchi «Narigi dunyoni»ni uch qism -«Do'zax», «A’rof» va «Jannat»ga bo'lgan. Asarning har bir qismi 33 qo'shiqdan tuzilgan bo'lib, kirish qismi bir qo'shiq, hammasi boMib 100 qo'shiqdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |