Xosilga kirgan bog‘larga baxorgi agrotexnik tadbirlar
Xamal boshlanib, mart oyining 20-chisidan so’nggina uning xashaklari
olinib, yeri tekislanadi. Ayrilar qo’yib, singan shoxlari olib tashlanadi. Ishlov
berish chog’ida zinxor o’tmas chopqi va bolta ishlatmang. Anor daraxti tanasidagi
ko’chib qolgan po’stlog’ini tozalab, ohaklab qo’yish yoki butun tanasini dorilab
chiqishga e’tibor qarating. Bahorgi parvarishlash ishlari ayni shu kundanoq boshlanib ketadi. Tuproq ostidan chiqarilgan anor tupi shoxlari silkitib tuproq va yopishib qolgan o’tgan yilgi barg qoldiqlaridan tozalanadi. Singan, qurigan va ortiqcha namlik ta’sirida chirigan shoxchalar kesib olib tashlanadi. Mexanizatsiyalashgan kata maydonlardagi anorzorlarda qator orasi tuprog’i maxsus bog’ plugi bilan yumshatilib, ildiz atrofi qo’lda belkurak yoki ketmon bilan yumshatib chiqiladi. Shu tariqa tomorqa va fermer xo’jaliklarining katta maydonlardagi anorzorlar tuprog’iga bahorgi dastlabki ishlov berilishi, eng avval tuproqni yumshatib uning havo, suv o’tkazuvchanligi (aeratsiyasi)ni oshiradi va dastlabki paydo bo’lgan begona o’tlarni o’ldiradi.
Bu texnologik jarayon yakunlangach, ya’ni aprel oyida birinchi hamal suvi
beriladi. Hamal suvining ahamiyati kuz va qishda tuproqqa solingan o’g’itlarni faol erib tuproq tarkibiga singishiga va ildizga erigan minerallar holatida so’rilishiga
juda katta yordam beradi. E’tibor berib kuzatsangiz hamal suvi berilgan anorzorlar
rivojlanishi juda baravj bo’ladi. Birinchi navbatda yer bag’irlab o’sishga shakllangan tuplar sim bag’azga ko’tarib taraladi yoki ayri tirgovuchlar bilan ko’tarib qo’yiladi. SHunday qilinganda anor tupining quyosh nuri va shamoldan foydalanish darajasi yanada ortadi, shoxlar bir xil rivojlanadi, mevalari to’liq chiroyli rang bilan pishib yetiladi. Bu bilan anor daraxti tanasida qishlab sog’lom chiqqan zararli hasharotlarni ko’payishini oldini olgan bo’lasiz. SHundan so’ng anorga suv berish kerak. Aprelning oxiri, may oylarida anorga suv berishga ehtiyoj bo’lmaydi. Uning tanasidan o’sib chiqqan xom navdalarni olib tashlab, tagini ketmon bilan chopib chiqiladi. Shundan so’ng anor daraxti o’g’itlanadi. O’g’itlashning turli yo’llari bor. Hosilga kirgan anor tupining tuproq unumdorligiga, mahalliy va mineral o’g’itlarga bo’lgan talabi boshqa turdagi bog’larga qaraganda anchagina yuqori. Ayniqsa chorva mollari va parranda go’ngidan foydalanish yaxshi samara beradi. Go’ng va fosforli o’g’itlar asosan kuz-qish mavsumida berilib, undan so’ng birikki marta solingan o’g’it erib tuproqqa singishi uchun yengil sug’oriladi. Anorzorlarga suv kirish joylariga sharbat chuquri kavlab mahalliy o`g`itlari bilan to`ldirib suv bostirib qo`yiladi va keyinchalik suvni shu xandak orqali beriladi. O’g’itni tez-tez aralashtirib turing. Bu usul suv bilan o’g’itlash, ya’ni sharbat berish deyiladi.
Hosilli bog’lar aprel oyida bir-ikki, iyun-iyul oylarida 7-10 kunda, avgustda
10-15 kunda bir martadan sug’orib turiladi.
Anor tupi vegetatsiya davomida bog’bon tomonidan doimiy kuzatib borilib
mevaga quyosh nurining yetarli tushishiga va havo aylanishiga xalal beruvchi
zichlashgan shoxchalar olib tashlanib yetarli muhit yaratib turiladi. Bundan
tashqari yer yuzasida ildiz bo’ynidan o’sib chiqqan novdalar, shuningdek anor
tupida paydo bo’lgan tik yuqoriga qarab intilib o’suvchi novdalar paydo bo’lganda
ular o’zakka taqab kesib olib tashlanadi. Bu tipdagi yuqoriga tik yo’nalib o’suvchi
novdalar anor tupidagi ozuqa shirasini birinchi navbatda o’zlashtirib olib hosilli
novdalarda ozuqa yetishmasligiga olib keladi. Keyingi suvni may oyining o’ninchisidan so’ng berish nihoyatda foydalidir.
Qiyg’os gulga kirgan daraxt suv bilan birinchi gullarini ushlab qoladi. Bu bilan
anor serhosil bo’lib, dastlabki, tugilgan mevalari yirik va shirin bo’ladi. Har suv
bergandan so’ng yer qurigach, ketmon bilan ag’darib, ayrisini to’g’rilab qo’yishga
hafsalasizlik qilmang. Yangi o’sib chiqqan yovvoyi novdalarni yulib tashlashni
ham nazardan qochirmang. Anor tupiga bahorda kesib shakl berilishi tupning to’g’ri shakllanib borishida va mevaning sifatli bo’lishida ahamiyati juda katta. Bahorgi kesib shakl berishda asosan qanday jarayonlar amalga oshiriladi; singan, qurigan, chirigan shoxlar olib tashlanadi, tupda 3-5 tagacha hosil shoxlar qoldirilib, ulardagi zichlashib qolgan, ustma-ust bo’lib qolgan mayda shoxchalar kesib olib tashlash bilan siyraklashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |