26
ko‘p kislorod iste’mol qiladi. To‘qimalarda oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari
buziladi. E vitamini yoki tokoferollar (
α
,
β
,
γ
) tabiatda o‘simliklarda, ayniqsa
texnik o‘simlik moylarida hamda yashil o‘simliklarda ko‘proq bo‘ladi.
Tokoferol
α
,
β
,
γ
-izomer holatlarda bo‘lishini va ularning molekulyar
tarkibi
C
29
H
49
OH
dan iborat ekanligini 1936 yilda Ivens va Emmerson nomli
olimlar aniqlaganlar. (Bauman V.K
2001)
α
,
β
,
γ
-tokoferollar yuqori molekulali geterosiklik spirtlar bo‘lib, ular
kimyoviy tuzilishi jihatidan siklik yadrosidagi
metil guruhlarining soni va
joylashgan o‘rinlariga qarab bir-birlaridan farq qiladilar. Bularning ichida eng faoli
α
- tokoferoldir. Uning kimyoviy tuzilishini 1937 yilda Ferrengols aniqlagan
bo‘lib, uning molekulasi aromatik halqa va izoprem bo‘limlaridan tashkil topgan
uzun yon zanjirdan iborat.
CN
3
E avitaminozi kasalligi erkak va urg‘ochi hayvonlarda turlicha o‘tadi.
Erkak hayvonlarda bu kasallikning eng muhim belgisi urug‘donlarda bo‘ladigan
o‘zgarishlardir (urug‘ kanalchalarining yallig‘lanishi, spermatazoidlarning de-
generativ o‘zgarishlari, urug‘ hujayralari o‘z shaklini o‘zgartirib, xivchinlari
yuqolib ketib, harakatsiz bo‘lib qolishi va urug‘lantirish qobiliyati yo‘qolishidir).
Buning natijasida sperma hosil bo‘lishi va jinsiy gormon ishlab chiqarish asta-
sekin to‘xtab, jinsiy qizikish, intilish yo‘qoladi.
Urg‘ochi hayvonlarda garchi bug‘oz bo‘lish
layoqati saqdansa-da,
qorindagi bolasini to‘liq etilguncha olib yurolmaydi. Homila va yo‘ldoshning
so‘rilib ketishi natijasida bo‘g‘ozlik oxirigacha borib etmay o‘z-o‘zidan bola
tashlash hodisasi ro‘y beradi. Urg‘ochi mollarning E avitaminozini davolash
mumkin, erkak mollarning bu kasalligini esa davolab bo‘lmaydi.
27
E avitaminozida hayvon organizmida muskul distrofiyasi deb ataluvchi
kasallikning belgilari paydo bo‘la boshlaydi. Bunda muskullarda moddalar
almashinuvi buziladi, ya’ni qisqartiruvchi oqsil — miozin, glikogen, kreotin, kaliy,
magniy va fosfor kamayib ketib, lipidlar bilan natriy xlorid miqdori ko‘payib k
etadi. Natijada muskul to‘qimalari bo‘shashib, hayvon organizmining harakat
qilish qobiliyati pasayadi, oxiri falaj kasalligiga uchrab, halok bo‘lishi mumkin.
Tokoferol
sof holatda spirt, xloroform, benzin va efirda yaxshi
eriydigan moysimon modda bo‘lib, suvda erimaydi. Kislota va ishqorlar ta’siriga
hamda qizdirishga juda chidamlidir.
Tokoferol yangi unayotgan bug‘doy, no‘xat murtaklarining, shuningdek
tabiatda yashil o‘simliklar tarkibida keng tarqalgan. 100 g bug‘doy yoki no‘xat
tarkibida 3-10 mg ga qadar tokoferol bo‘ladi. 100 g unayotgan bug‘doy
murtagining tarkibida esa 30 mg ga qadar E vitamini borligi aniqlangan. Yashil
sabzavotlar,
kartoshka, zig‘ir, paxta moyi, go‘sht, tuxum, sut va sarig‘ yog‘
tarkibida ham E vitamini mavjuddir. (Azizova S.S
1994,2000 y)
Hayvon organizmida, uning ba’zi to‘qimalari tarkibida (yo‘ldosh, gipofiz,
jigar va muskullarda) doimo ma’lum miqdorda tokoferol zahirasi bo‘ladi. Shuning
uchun hayvonlar tarkibida E vitamini bo‘lmagan ovqatlar bilan boqilganda ham
organizmda E avitaminozi tez rivojlanmaydi. Lekin E vitamini zahirasi orga-
nizmlarda qish va bahor paytlarida ancha kamayib qoladi. Bu paytlarda E
avitaminozi tez rivojlanishi mumkin.
http://www.vetlib.ru/pharmokologie/26-vitaminnye-preparaty.html
Sariyog‘, tuxum sarig‘i, go‘sht kabilarda tokoferollar ko‘proq miqdorda
bo‘ladi. Paxta moyida 80 mg %, oshqovoq, olma urug‘ida yanada ko‘proq bo‘ladi.
Tokoferolning
α
- shakli kuchliroq ta’sir qiladi.
E vitamini, A vitamini, ya’ni
karotin kabilar uchun antioksidantlik ahamiyatga ham egadir, ya’ni ularni kislorod
ta’sirida oksidlanishdan saqlaydi.
E vitamini modda almashinuvida, ya’ni biologik oksidlanishning “B” va
“C” sitoxromlari orasida elektronlar va protonlarning tashilishida ishtirok etadi
28
degan ma’lumotlar bor. E vitamini yogsimon sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, tez
oksidlanadi, yorug‘lik ta’sirida tez buziladi, ya’ni biologik faolligini tez yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: