Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlarini bir-biriga bog’lash uchun hech qanday bog’lovchini qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun bunday bog’lovchisiz qo’shma gap bog’lovchili qo’shma gapga sinonim bo’lmaydi: Qani bo’lmasa, biz bilan yuring, soy bo’yini aylanib kelamiz (S.Ahm.). Oldingizda bir yo’l bor: bu haqiqat yo’li. (A.Q.)
Bog’lovchili qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz qo’shma gaplar, ko’pincha, maqol, matal, aforizm, hikmatli ibora, topishmoq va poetik nutqiy parchalar bilan ifodalanganligidan, ularning komponentlari mazmun jihatidan ixcham, zich bo’ladi, ohang bilan birikkanligidan, ular o’rtasiga bog’lovchi vositalar kiritib bo’lmaydi: O’sma ketar, qosh qolar (maqol). Shoirlari g’azal yozadi, botirlari kanal qazadi (H.O.).
Tahlil namunasi: Hayot bor – mudrash, hayot bor – kurash! (Asq.M.)
1) ikkita bog’lovchisiz qo’shma gapdan tuzilgan bog’lovchisiz murakkab qo’shma gap,
2) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapga sinonim,
3) chizmasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |