§28. KARNO SIKLI. TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI
Reja:
1. Aylanma jarayonlarda bajariladigan foydali ishni hisoblash.
2. Ideal issiqlik mashinasi va uning ishlash prinspi.
3. Karno siklida yuz beradigan jarayonlar.
4. Termodinamikaning ikkinchi qonuni.
Tayanch iboralar: issiqlik miqdori, ideal issiqlik mashinasi, isitgich, sovitgich,
ishchi modda, foydali ish, modda miqdori, hajmning o’zgarishi.
Termodinamikaning birinchi qonuni tabiatda yuz beradigan jarayonlarning
yo’nalishi haqida ko’rsatma bermaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni haqiqiy
hosil bo’layotgan jarayonlarning yo’nalishi haqida ko’rsatma berishga imkoniyat
yaratadi. Termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlarini birgalikda qo’llab
108
termodinamik muvozanat holatda jismlarning makroskopik parametrlari o’rtasida
juda ko’p miqdoriy munosabatlarni o’rnatish mumkin.
Termodinamikaning ikkinchi qonunining asoschisi fransuz fizigi va injeneri
Saadi Karno hisoblanadi. U issiqlikning ishga aylanish sharoitini tadqiq qilgan.
Ikkinchi qonunning matematik ifodasini va aniq ta’rifini Karno sikli deb ataluvchi
jarayondan olish mumkin.
Aylanma jarayon yoki sikl deb shunday jarayonga aytiladiki, tizim bir qancha
o’zgaishlardan so’ng yana o’zining dastlabki holatiga qaytadi. Grafik jihatdan u
yopiq egri chiziq bilan tasvirlanadi. Aylanma jarayonda bajarilgan ish 1-2 va 2-1
sohalarda bajarilgan ishlarning yig’indisiga teng bo’ladi, sikl vaqtida bajarilgan ish
esa yopiq egri chiziq bilan chegaralangan shtrixlangan yuza bilan ifodalanadi.
81-rasm
Agar tizim holatini ifodalovchi nuqta soat strelkasi yo’nalishida harakatlanib
sikl hosil qilsa, u holda tizimning ishi musbat. Agar sikl soat strelkasi yo’nalishiga
teskari ravishda hosil qilinsa ish manfiy bo’ladi.
Agar sikl natijasida biror A ish bajarilsa, davriy ravishda siklni takrorlaydigan
tizimga mashina deb ataladi. Ideal issiqlik mashinasining bajargan ishini nazariy
jihatdan qaraymiz. Issiqlik mashinasi uchta elementdan iborat – isitkich, ishchi jism
va sovutkich. Bunday tizim davriy ravishda ikkita izotermik va ikkita adiabatik
jarayonlardan iborat qaytar sikl hosil qiladi.
izoterma
a
d
ia
b
a
ta
izoterm
a
a
d
ia
b
a
ta
1
2
4
3
P
V
82-rasm
109
Gaz 1 holatdan 2 holatga izotermik ravishda kengayayotgan bo’lsin. Bu vaqtda
gazning ichki energiyasi o’zgarmaydi va gaz tomonidan isitkichdan olingan Q
issiqlik miqdori A
12
ga teng bo’ladi. Jarayon izotermik bo’lgani sababli A
12
ish
(255)
formuladan aniqlanadi.
2-3 sohada gaz adiabatik kengayadi. Bu holda ish A
23
quyidagicha bo’ladi:
(256)
3-4 sohada u izotermik ravishda siqiladi, bu holda bajarilgan ish A
34
esa
quyidagicha aniqlanadi:
(257)
4-1 sohada gaz adiabatik siqiladi va dastlabki 1-holatiga qaytadi. Bu vaqtda ish A
41
ga teng.
(258)
Butun sikl davomida bajarilgan ish yuqorida ko’rsatilgan ishlarning
yig’indisidan iborat:
(259)
(260)
yoki
(261)
Bu yerda A-butun sikl davomida bajarilgan yig’indi ish va u son jihatdan sikl
grafigi bilan chegaralangan 1-2-3-4 yuzaga teng.
Sikl soat strelkasi yo’nalishida olib borilgani uchun bu ish musbat qiymatga ega
bo’ladi. Shunday qilib, sikl davomida gaz isitkichdan Q
1
issiqlik miqdorini olib va
uning bir qismi Q
2
issiqlik miqdorini sovutkichga uzatib tashqi ish bajaradi:
A = Q
l
-Q
2
(262)
110
Q
2
issiqlik miqdorini sovutkichga uzatish ish bajarishning zaruriy sharti
hisoblanadi. Isitkichdan olingan issiqlik miqdorining hammasini ishga aylantiradigan
mexanizm bo’lishi mumkin emas, bu issiqlik miqdorining bir qismi albatta
sovutkichga uzatilishi shart. Bu termodinamika ikkinchi bosh qonunining ta’rifidan
iborat, (262) tenglama esa uning matematik ifodasidir.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |