Go’sht va sutning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Mamlakatimizda oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri
go’sht va sutchilik hisoblanadi. Bunda zootexnik mutaxassislarning roli
kattadir.
Sut va go’sht mahsulotlari kishi hayoti uchun tula qiymatli oqsil
manbai bo’lib, organizmni plastik va energetik moddalar bilan
ta’minlaydi. Go’sht oqsillari o’simlik oqsillaridan yuqori turadi. Shuning
uchun ham hayvonlarning oqsil va yog’lari kishilar oziq rasionida katta
o’rin egallaydi. Shu sababdan, mamlakatimizda go’sht va sut
sanoatining rivojlanishiga katta ahamiyat berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |