Bank kreditidan farqli ravishda firma kreditidan foydalanish davri tovarlarni shartnoma bo'yicha yetkazib berish muddati bilan mos keladi. Bunda to'liq muddatning boshlanishi ekspor tyor tomonidan tovarlarning so'nggi guruhi (partiyasi) yetka zib berilgandan keyin, ya'ni shartnoma majburiyatlari bajaril ganidan so'ng chiqargan trattalarini sotib oluvchi (importyor) tomonidan akseptlash sanasi bo'lib hisoblanadi. Kreditning imtiyozli davri tijorat bitimlarida va butlovchi qismlardan tash kil topgan jihozlarni yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu holatda uni so'ndirish muddati sotib olin gan jihozlarni ishga tushirish sanasigacha uzaytirilishi, ya'ni, aniqrog'i ushbu sanadan asosiy qarzni so'ndirish boshlanishi mumkin.
Imtiyozli davr davlat tomonidan kafolatlanadigan uzoq mud
datli xalqaro banklararo kreditlarda, konsorsial (sindikat) yev rokreditlarda, mashinalar, jihozlar, sanoat komplekslarini yirik partiyalar bilan (guruhlarda) sotishda, investitsiya loyihalarini xorijda amalga oshirilishida keng qo'llaniladi. Bunda imtiyozli davr mahsulot yetkazib berilganidan yoki investitsion loyiha qu rilishi amalga oshirilganidan keyingi bir necha yillarni qamrab oladi.
Kredit bahosi. Kredit bahosining kelishilgan (shartnomaviy) va yashirin elementlari farqlanadi. Kelishilgan, ya'ni shartnoma lar bilan asoslangan kredit bahosi xarajatlari asosiy va qo'shimcha elementlarga bo'linadi. Kredit bahosining asosiy elementlariga
qarzdor tomonidan kreditorga bevosita to'lanadigan summalar, ya'ni foiz to'Iovlari, garovni rasmiylashtirish bilan bog'liq shu ningdek, komission xarajatlar kiradi. Qo'shimcha elementlar qarz oluvchi tomonidan uchinchi shaxslarga (masalan, kafolat uchun) to'lanadigan summalarni o'z ichiga oladi.
Asosiy foizga ustama ravishda (kreditning summasi va mud datiga ko'ra) maxsus va yakka tartibda (kreditning summasi va muddatidan qat'iy nazar) bankning vositachilik haqi undiriladi. O'rta va uzoq muddatli kreditlar bo'yicha esa ssudani taqdim etish majburiyati hamda mablag'lar zaxirasi (odatda 0,2-0,75%) uchun vositachilik haqlari undiriladi. Bank konsorsiumi yoki sindikati tomonidan kredit operatsiyalarini amalga oshirish da qarz oluvchi menejer-bankka boshqaruv xizmatlari uchun (kredit summasining 0,5%gacha) yakka tartibdagi vositachilik haqini, telefon aloqasi xizmatini hamda qo'shma moliyalashti rishga ishtiroklari uchun boshqa banklarga (0,2-0,5%) ham belgilangan me'yorda hag to'laydi. Vositachilik haqlarining qu yidagi turlari farqlanadi:
muzokaralar uchun vositachilik haqi (negotiation fee);
boshqaruv uchun vositachilik haqi (management fee);
ishtirok uchun vositachilik haqi (participation fee);
agentlik uchun vositachilik haqi (agency fee);
zarur bo'lgan mablag'lar (mablag'larni zaxiralanganligi uchun kreditor mukofoti)ni qarz oluvchi ixtiyoriga taqdim etish majburiyati (ya'ni mablag'lar zaxirasi) uchun vositachilik haqi. Kredit shartnomasini tuzish sanasidan boshlab, kredit summasi dan to'liq foydalanilguncha to'lanadi (commitement fee).
Xalqaro kredit mamlakatlar ichki kreditidan farqli ravishda rivojlanib, xalqaro kreditning <> yetakchi kreditor davlatlar, birinchi navbatda AQSH, Yaponiya, Germaniyaning foiz stivka lariga asoslanadi. Biroq ssuda foiziga ta'sir ko'rsatuvchi omillar turli-tumanligi sababli milliy stavkalar darajalari orasida farq paydo bo'ladi.
XX asrning 70-yillarida qat'iy belgilangan foiz stavkalari bi Ian bir qatorda bozordagi pulga bo'lgan talab va taklifga muvo fiq o'zgarib turuvchi erkin suzuvchi foiz stavkalar paydo bo'ldi. Erkin suzuvchi foiz stavka asosida taqdim etiladigan kredit muddatining bir qismi (odatda 3-6 oy) mobaynida foiz stavkasi qat'iy, o'zgarmas qilib belgilansa, mazkur davr foiz davri deb yuritiladi.
Foiz stavka darajasini belgilovchi asosiy omillar tarkibiga qu yidagilarni kiritish mumkin:
qarz oluvchi mamlakatidagi valuta-moliyaviy, iqtisodiy va siyosiy holat;
Haqiqiy (real) foiz stavkasi. Ma'lum bir davrdagi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur'ati hisobdan chiqarilsa yoki ayi rib tashlansa haqiqiy (real) foiz stavkasi paydo bo'ladi. Agar da pullarning qadrsizlanish darajasi nominal stavka hajmidan yuqori bo'lsa, unda haqiqiy (real) foiz stavkasi manfiy ifodaga ega bo'ladi. M illiy foiz stavkalar darajalarining tenglashishi na faqat mamlakatlar o'rtasidagi qisqa muddatli kapitallar harakati oqibatida, balki valuta kurslari dinamikasiga bog'liq holda ham yuzaga keladi.
Amaliyotda yevrokreditlar bo'yicha xalqaro foiz stavkalari foy dalaniladi. Odatda, Londondagi LIBOR omonatlar foiz stavka sidan 1/8 punktga yuqori va yakuniy qarz oluvchiga taqdim etiladigan kredit foiz stavkasidan 1/2 punktga past bo'ladi. Ja honning boshqa moliyaviy markazlarida ham LIBORga o'xshash foiz stavkalari qo'llaniladi, ya'ni Tokioda - TIBOR, Frank furt-Maynada - FIBOR, Parijda - PIBOR, O'zbekistonda - O'ZlBOR va boshqalar.
Kredit bahosining yashirin elementlariga kredit olish va un dan foydalanish bilan bog'liq kredit bitimida qayd etilmagan xarajatlar kiradi. Kredit bahosining ayrim elementlarini (ahami yati katta bo'lsa ham) pul bilan o'lchashning iloji yo'q. Masalan, ularga xorijiy firma yoki qarz oluvchi mamlakat ustidan nazoratni o'rnatish bilan bog'liq xarajatlarni kiritish mumkin.
Xalqaro kreditning muhim tamoyillaridan biri bo'lib uning ta'minoti hisoblanadi. Xalqaro kredit ta'minotning asosiy turla riga quyidagilar kiradi:
maqsadli jamg'arma hisobvaraqlarning ochilishi;
aktivlar garovi;
sharnoma bo'yicha huquqlarni kredit bo'yicha kafolatchi- uchinchi shaxs vakolatiga o'tkazish shartlari va boshqalar.
Xalqaro kreditlarning ta'minot turlarini ikkiga ajratish mum kin, ya'ni moliyaviy-tovar ta'minot va yuridik (huquqiy) ta'minot. Xalqaro kreditlarning moliyaviy-tovar ta'minoti quyidagilarda o'z aksini topadi:
qarz oluvchi ta'sischisi (yuqori tashkiloti)ning kredit to'lovi bo'yicha kafolat berishi;
mijozning tovar-moddiy qimmatliklari, hisobvarag'idagi mablag'lari va boshqa aktivlari (shu jumladan, bank krediti orqali to'lab egalik qilingan aktivlar) garovi;
qarz oluvchining milliy valuta hisobraqamini blokirov ka qilish va undagi mablag'larni xorijiy valutaga sotish orqa li tushgan mablag'lardan kreditni so'ndirishga foydalanish huquqini bankka taqdim etish. Shuningdek, bank tomonidan mijozga berilgan kafolatni ta'minlash va to'lovlarni amalga oshirish uchun mijoz o'z bankiga hisobvarag'ini blokirovka qilish huquqini taqdim etishi. Bu esa ta'sischilarning valuta tushumlarida eksportdan olingan daromadlarni kamaytirish orqali ko'rsatiladi;
hukumat yoki uning vakolatli organini to'lov bo'yicha ka folati.
Kreditning yuridik ta'minoti esa quyidagilarda namoyon bo'ladi:
huquqshunosning xulosasi;
kreditor-bank qarzdorni majburiy sug'urtalatishi;
eksport va import litsenziyalari (kvotalari), kreditni jalb (taqdim) etishga litsenziya, xorijda hisobvaraq ochishga litsen ziya;
<>, siyosiy xatarlar va boshqalarni qoplash kafolati;
qarz oluvchini majburiy to'lovlardan vaqtinchalik (kredit ni so'ndirish boshlanguncha) ozod etish (valuta tushumlarining bir qismini o'zida saqlab qolish), soliq va boshqa imtiyozlar berish.
Shunday qilib, xalqaro kreditning valuta-moliyaviy shartlari iqtisodiyot, jahon va milliy ssuda kapitallari bozorlarining ho latiga bevosita bog'liqdir.