Ishlab chiqarishning va ayirboshlashning baynalminallashuvi, jahon xo'jaligi aloqalarining yangi shakllari vujudga kelishi xalqa ro kredit shakllarining xilma-xilligi rivojlanishiga obyektiv asos bo'lib xizmat qiladi.
Xalqaro kredit shakllarini bir necha turga bo'Iib guruhlash mumkin:
Manbalari bo'yicha tashqi savdoni ichki, tashqi (chet) va aralash kreditlash va moliyalashtirish farqlanadi. Ular o'zaro bog'liq bo'lib, tovar harakatining eksportyordan importyorgacha bo'lgan barcha bosqichlariga xizmat ko'rsatadi. Tovar sotuv jara yoniga qanchalik yaqin bo'lsa, odatda xalqaro kreditning shartlari ham qarz oluvchiga shunchalik qulay bo'ladi.
Qarz valutasiga ko'ra qarzdor mamlakat yoki kreditor mam lakat valutasida, uchinchi mamlakat valutasida, SOR va xalqaro hisob-kitob valutalarida taqdim etiladigan xalqaro kreditlar farq lanadi.
Muddatlariga ko'ra qisqa muddatli - I yilgacha, ayrim ho latlarda 18 oygacha (o'ta qisqa muddatli - 3 oygacha, bir sutkalik va bir haftalik), o'rta muddatli - I yildan 5 yilgacha, uzoq mud-
datli - 5 yildan uzoq muddatlarga beriladigan xalqaro kredit tur lari farqlanadi. Ba'zi mamlakatlarda 7 yilgacha muddatga beril gan kreditlar o'rta muddatli, 7 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar esa uzoq muddatli bo'lib hisoblanadi. Qisqa muddatli kredit odatda tadbirkorlarni aylanma kapital bilan ta'minlaydi va nosavdo xarakteridagi sug'urta hamda spekulyativ operatsiyalar ga xizmat ko'rsatgan· holda tashqi savdo va xalqaro to'lovlarda qo'llaniladi. Uzoq muddatli xalqaro kredit odatda asosiy ish lab chiqarish vositalariga investitsiya qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, mashinalar va butlovchi jihozlar eksportining 85 foizi hajmiga hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning yangi shakllari (yirik ko'lamdagi loyihalar, ilmiy tekshirish ishlari, yangi texni kaning joriy etilishi)ga xizmat ko'rsatadi. Agarda qisqa muddatli kreditning muddati uzaytirilsa, unda u o'rta muddatli, ayrim holatlarda esa uzoq muddatli kreditga aylanadi. Qisqa muddatli kreditlarning o'rta va uzoq muddatli kreditlarga aylanish jara yonida odatda davlat kafil sifatida faol ishtirok etadi.
Ta'minlanganlik tamoyiliga ko'ra xalqaro kreditlar ta'minlangan va blankali kreditlarga farqlanadi. Kreditning ta'minoti bo'lib odatda tovarlar, tovarga egalik huquqini beruv chi va boshqa tijorat hujjatlari, qimmatli qog'ozlar, veksel lar, ko'chmas mulk hamda qimmatliklar xizmat qiladi. Kredit oJish uchun tovar garovi 3 shaklda amalga oshiriladi: qat 'iy garov (tovarlarning ma'lum bir massasi bank foydasiga garov qilinadi); muomaladagi tovar garovi (ma'lum bir summadagi, tegishli assortimentdagi tovarning qoldig'i hisobga olinadi); qayta ishlovdagi tovar garovi (mazkur mahsulotlarni bankka ga rovga bergan holda garovga olingan tovardan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin).
Blankali kredit qarzdorning qarzini ma'lum bir muddatda so'ndirish majburiyati bo'yicha beriladi. Odatda bunday kredit hujjati bo'lib qarz oluvchining yagona imzosiga ega bo'lgan so lo-veksel xizmat qiladi. Blankali kreditning turlari bo'lib asosan kontokorrent (bankning mijoz bilan barcha operatsiyalarini hi-
sobga oluvchi yagona hisobvaraq) va overdraft (mijoz hisobidagi ortiqcha qoldiq mablag'lar krediti) kreditlar hisoblanadi.
Taqdim etilishi bo'yicha xalqaro kreditlar qarz oluvchi ix tiyori bilan uning hisobvarag'iga o'tkaziladigan moliyaviy (naqd ko'rinishdagi) kreditlar, importyor yoki bank tomonidan akseptli tratta shaklidagi akseptli kreditlar, depozit sertifikatlari, obligatsi yali qarzlar, konsorsial yoki sindikatlashgan kreditlar va boshqa shu kabilarga farqlanadi.
Kreditni qarzdorga kim taqdim etishiga qarab xalqaro kreditlar - firmalar, banklar, ayrim holatlarda vositachilar (bro kerlar) tomonidan taqdim etiladigan xususiy kreditlarga; huku mat kreditlariga; xususiy tashkilotlar va davlat ishtirok etuvchi aralash kreditlarga; xalqaro, hududiy valuta-kredit va moliyaviy tashkilotlarning davlatlararo kreditlariga bo'linadi.
Tashqi iqtisodiy bitimning qarz mablag'lari hisobidan qop lanishi bo'yicha xalqaro kreditlar quyidagilarga bo'linadi:
tijorat krediti (asosan tashqi savdo va xizmatlar bilan bog'liq kreditlar);
moliyaviy kredit (istalgan boshqa maqsadlarda foydalani ladigan, shu jumladan, kapital quyilmalar, investitsion obyekt larni qurish, qimmatbaho qog'ozlarni sotib olish, tashqi qarzni to'lash, valuta intervensiyasi maqsadlaridagi kreditlar);
<> kreditlar (kapitallar, tovar va xizmatlarning chiqib ketishining aralash shakllariga xizmat qilishga mo'ljallangan).
Xalqaro kreditni ko'rinishi bo'yicha ikkita asosiy shaklga bo'lib ko'rsatish mumkin:
Xalqaro bank krediti.
Xalqaro tijorat krediti.
Xalqaro bank krediti asosan valuta (pul) ko'rinishida bo'lib, importyorlar tomonidan avans to'lovlari shaklida ham taqdim etilishi mumkin. Ayrim holatlarda valuta krediti jihozlar yetkazib berish bo'yicha tijorat bitimining shartlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro tijorat krediti esa odatda tovar ko'rinishiga ega bo'lib, asosan eksportyorlardan importyorlarga taqdim etiladi.
Firmaning (tijorat) krediti - odatda eksport qiluvchi mam lakatning bir firmasi boshqa mamlakatning import qiluvchi ga to'lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishiga tushuniladi. Tashqi savdo tijorat krediti tovarli operatsiyalarga bog'liq hisob kitoblarda keng qo'llaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda 2-7 yil) turlicha bo'ladi va jahon bozori konyunkturasi shart lariga, tovarlar turlariga va boshqa bir gator omillarga bog'liqdir. Mashina va asbob-uskunalar (texnologiya, jihozlar)ning eksporti kengayishi xalqaro kredit muddati uzayishiga olib keladi. Tijorat krediti odatda, veksel yoki ochiq hisobvaraqlar bo'yicha beriladi gan kreditlar orqali rasmiylashtiriladi.
Yekselli kreditda eksport qiluvchi tovarni sotish haqida bi tim tuzib, o'tkazma veksel (sarf-xarajatlar)ni import qiluvchiga jo'naladi, import qiluvchi tijorat hujjatlarini olib akseptlaydi, ya'ni unda ko'rsatilgan muddatda to'lovni amalga oshirishga ro zilik beradi.
Ochiq hisobvaraqlar bo'yicha beriladigan kredit. Bu kredit eksport qiluvchi va import qiluvchi o'rtasidagi kelishuvga asos lanadi. Eksport qiluvchi jo'natilgan har bir tovarlar qiymatini import qiluvchining hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Im port qiluvchi shartnomada ko'rsatilgan vaqtda kredit summasini to'lab boradi. Ochiq hisobvaraqlar bo'yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada bo'lgan firmalar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Tijorat kreditining yana bir turiga import qiluvchining avans to'lovi (sotib oluvchining avansi)ni kiritish mumkin. Bunda shartnoma tuzilayotgan paytda import qiluvchi tomonidan chet ellik mol yetkazib beruvchiga odatda mashina, asbob-uskunalar (texnologiya)ning qiymatidan 10-15 foizi oldin dan to'lanadi.
Xarid bo'nagi eksportni kreditlashning bir shakli bo'lib hisob lanadi va shu vaqtning o'zidan boshlab import qiluvchining maj buriyatini ta'minlovchi vositaga aylanadi. Chunki, import qiluvchi o'zi buyurtma bergan tovarni sotib olishga majbur bo'ladi. Rivoj langan mamlakatlarning import bilan shug'ullanuvchi firmalari
rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli o'laroq, xarid bo'nagidan shu davlatlarning qishloq xo'jalik mahsulotlarini olib chiqib ke tishda foydalanmoqdalar.
Bo'nak to'lagan tomonning aybi bilan shartnoma bajarilmay qolsa, sarf-xarajatlar undirilgan holda mablag' qaytariladi. Agar shartnoma bo'nak olgan tomonning aybi bilan bajarilmay qolsa, u sotib oluvchiga barcha xarajatlarni to'lagan holda mablag'ni qay tarishi shart.
Bo'nak - shartnoma bajarilishidan voz kechish mumkin bo'lgan bitimga nisbatan rag'batlantiradi. Voz kechish mumkin bo'lgan bitimda esa zarar ko'rgan tomonning xarajatlarini to'lash majburiyatlaridan ikkinchi tomon ozod bo'ladi. Ba'zan xarid so tib oluvchining avansi to'lovni kechiktirishga o'zaro moslashadi, buning ustiga teng ulushlar bilan ma'lum intervallarga bo'linadi (oy, kvartal, 1 yil).
Tijorat krediti sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasidagi munosa batni namoyon qilsada, u odatda, bank krediti bilan qo'shilib, moslashadi. Mashina va asbob-uskunalarni sotishda tijorat kredi ti uzoq muddatga beriladi (7 yilga), bu esa, o'z navbatida, eksport qiluvchining anchagina mablag'ini jalb qilib oladi. Shu sababdan, eksport qiluvchi qonundagidek, bank kreditiga murojaat qiladi yoki o'z kreditini banklarda qayta moliyalashtiradi.
Tijorat krediti hajm va moliyalashtirish shartlari bo'yicha mashina va asbob-uskunalar eksportini kreditlash muammosini to'liq yecha olmaganligi sababli bank kreditlarining roli oshadi.
Bank kreditlari. Bank krediti - eksport va importni kredit lashda ssuda shaklida namoyon bo'ladi va u tovarlar tovar huj jatlari, veksellarni hamda sarf-xarajatni garovga olgan holda beriladi. Ba'zan banklar o'zlari bilan chambarchas aloqada bo'lgan yirik eksport qiluvchi firmalarga blankli kredit, ya'ni ras miy ta'minlanmagan kreditlar berishadi.
Xalqaro savdoda bank kreditlari tijorat kreditlariga nisbatan ustunlikka ega. Ular kredit oluvchini olgan mablag'laridan tovar lar sotib olishda mustaqil foydalanish imkoniyatini tug'diradilar,
mol yetkazuvchini firmadan kredit so'rashdan ozod etadilar ham da oxirgi tovarlarga hisob-kitoblarni bank kreditidan foydalanib to'laydilar. Xususiy banklar ko'pincha davlat mablag'larini va uning kafolatini olgan holda eksport kreditlarini I0-15 yilga bo zor stavkasidan pastroq stavkada beradilar. Lekin, banklar qoida bo'yicha, kreditdan o'z mamlakatlari hududidagina foydalanishni chegaralab, uning intilishini ma'lum maqsadli qilib qo'yadilar, masalan, faqat o'zlarini qiziqtirgan firmaning tovarlarini so lib olishga yo'naltiradilar. Shu orqali bank krediti firma krediti xususiyatlarini o'zida mujassam etadi. Bank kreditini banklar, bankir uylari va boshqa kredit muassasalari beradilar.
Tashqi iqtisodiy operatsiyalarni kreditlash operatsiyalarini muvofiqlashtiruvchisi uchun, yirik kredit resurslarini jamlash uchun va bank xavf-xatarini bir maromda taqsimlash uchun banklar konsorsiumlar, sindikatlar, bank fondlarini tashkil qila dilar. Banklar eksport va moliya kreditlarini beradilar.
Eksport krediti - eksport qiluvchi bankining import qiluv chi bankiga yetkazib berilgan mashina, asbob-uskuna va boshqa investitsiya qilingan tovarlarni kreditlashga aytiladi. Bank kredit lari pul ko'rinishida beriladi va <lik tusiga ega, chunki kredit oluvchi ssudadan faqatgina kreditor mamlakat tovarlarini sotib olishigagina beriladi. O'tgan asrning 60-yillaridan boshlab, eksportni kreditlashning shakli sifatida iste'mol krediti (5-8 va undan ortiqroq yil muddatga) yuzaga keldi.
lste'mol krediti. Iste'mol kreditining o'ziga xos xususiyati bo'lib, eksport qiluvchi bankning to'g'ridan to'g'ri milliy eksport qiluvchini kreditlamasdan, balki chet ellik xaridorni, ya'ni im port qiluvchi mamlakat firmasi va uning bankini kreditlash hi soblanadi. Shu orqali import qiluvchi kerakli tovarlarni yetkaz gan mol yetkazib beruvchilar to'lovni xaridorga yoki bankka qarz sifatida qayd qiladi. Odatda, bunday kreditlar ma'lum bir firmaning tovarlari va xizmatlaridan foydalanishda qo'llaniladi. Bunday kreditlash shartnomasida eksport qiluvchi ishtirok et maydi, bu o'z navbatida, kreditning bahosini oshirish imkoni-
yatini yo'qotadi. Bank kreditining xaridorga bo'lgan narxi, qoida bo'yicha ssuda kapitallari bozoridagi qarz mablag'lari narxidan ancha past bo'ladi, bu esa ularning raqobatbardoshligini oshi radi.
Moliyaviy kredit har qanday bozorlarda va imtiyozli shart sharoitlar asosida tovarlarni sotib olish imkoniyatini beradi. Moliyaviy kredit ko'p holatlarda tovar yetkazib berilishi bilan to'g'ridan to'g'ri bog'liq emas va asosan tashqi qarzni so'ndirish, valuta kursini qo'llab-quvvatlash, avuarlar (hisobvaraqlar)ni xori jiy valutada to'latish uchun mo'ljallangandir.
Eksportni kreditlash shakllarining boshqa bir turi akseptli rambursli kredit hisoblanadi. Ushbu kredit eksportyor veksel larining uchinchi davlat banki tomonidan akseptlanishi ham da importyor tomonidan veksel summasini akseptant-bankka o'tkazilishi (ramburslanishi)ning bog'liqlikda amalga oshishiga asoslangan.
Broker krediti ayrim mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britani ya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya) firma va bank kreditla rining oraliq shakli sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu kredit tijorat krediti sifatida bitimlarga bog'liq bo'ladi, shuningdek, brokerlar bank mablag'larini qarzga olganlari uchun bank kreditiga ham aloqadordir. Brokerlarning vositachilik haqi odatda shartnoma summasining 1/50-1/32 qismini tashkil qiladi. Buyuk Britani yada brokerlik firmalarining alohida assotsiatsiya tashkil etil gan. Brokerlar jahon bozoridagi holat to'g'risidagi ma'lumotga ega bo'lishadi. Ular kredit operatsiyalarini amalga oshirishdan tashqari sotib oluvchilarning to'lov qobiliyatlari yuzasidan kafo latlarni ham taqdim etadilar. Hozirda broker kreditlarining tashqi savdodagi roli pasaygan.