J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


bob. XALQARO KREDIT VA INVESTITSIYA MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI



Download 1,93 Mb.
bet84/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

bob. XALQARO KREDIT VA INVESTITSIYA MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI


J 2.l. Xalqaro kredit, uni ng funksiyalari va tamoyillari.

    1. Xalqaro kreditning asosiy shakllari.

    2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashti­ rish shakllari.

    3. Xalqaro lizing operatsiyalari.

    4. Xalqaro kreditning valuta-moliyaviy va to'Iov shartlari.
    1. Xalqaro kredit, uning funksiyalari va tamoyillari


Xalqaro kredit bu tovar va valuta ko'rinishidagi mablag'larni qaytarib berishlilik, muddatlilik, foiz to'lashlilik shartlari asosida berish bilan bog'liq bo'lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir.
Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi.
Xalqaro kreditning yuzaga kelishiga sabab bo'lib, ish­ lab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, xo'jalik aloqalari baynalminallashuv jarayonining tezlashishi, xalqaro kapitallar­ ning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi.
Xalqaro kredit kapital ishlab chiqarishning dastlabki bos­ qichlarida vujudga kelgan va kapitalni jamg'arishning asosiy usul­ laridan biri bo'lgan.
Xalqaro kreditning asosiy manbalari bo'lib korxonalarning bo'sh turgan pul mablag'lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb qilinadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg'armalari hisob­ lanadi.
Mahsulotlarni takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro kreditga obyektiv zarurat yuzaga keladi va u xo'jalik subyektlarida mablag'larning doiraviy aylanishiga, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va
muddatidagi farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengayti­ rishga mo'Ijallangan yirik kapital qo'yilmalarini amalga oshirish­ ga bog'liq bo'Iadi.
Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag'lar qaytarilmasa, pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli namoyon bo'ladi, ya'ni moliyalashtirish yuzaga keladi.

  2. Muddatlilik, ya'ni kredit shartnomasida ko'rsatilgan mud­ datda kreditning qaytarilishini ta'minlash.

  3. Ta'minlanganlik, ya'ni olingan kreditni to'lashni kafolat­ langanligi .

  4. Maqsadlilik, ya'ni ssudani aniq obyektlarga yo'naltirishni ko'zlash va uni birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini rag'batlantirish uchun qo'llash.

  5. Foiz to'lashlilik.

Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiyoti qo­ nunlari bilan aloqalarini ta'minlaydi, bozor subyektlari va dav­ latning joriy hamda strategik vazifalariga erishishi uchun ish­ latiladi.
Xalqaro kreditning funksiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqti­ sodiy aloqalarda ssuda kapitallari harakatini o'ziga xos xususi­ yatini namoyon etib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talablarini qondirish uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar o'rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi ko'proq, daromadliroq bo'lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadni o'rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni yuzaga keltiradi va uning massasini oshishiga olib keladi.

  2. Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz to'lovlarni rivojlantirish va tezlashtirish hamda naqd valuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlarni iqtisod qilish. Xalqaro kredit asosida xalqaro hisob-kitoblar-

n i ng kredit vositalari - veksellar, cheklar, shu jumladan, bank o'tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar yuzaga keldi. Ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muoma­ lasi vaqtini tejash kapitalning ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilish davrini uzaytiradi va shuning asosida, ishlab chiqarishni kengaytirish va foydaning o'sishini ta'minlashga xizmat qiladi.

  1. Kapitalning jamlanishi va markazlashishini tezlashtirish. Xorijiy kreditlarni jalb qilish tufayli qo'shimcha qiymatning kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jamg'armalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallari boshqa davlatlarning mablag'lari qo'shilishi oqibatida ko'payadi. Xalqaro kredit avvaldan yakka korxonalarni aksionerlik jami­ yatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni paydo bo'lishiga xizmat qiladi. Kredit boshqa mamlakatlarning kapi­ tali, mulki va mehnatidan belgilangan me'yorlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Yirik kompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozli xalqaro kreditlar va kichik hamda o'rta hajmdagi fir­ malarni jahon ssuda kapitallari bozoriga chiqishining qiyinligi jahonda kapitalni bir joyga to'planishi va markazlashuvining kuchayishiga olib keladi.

Xalqaro kredit funksiyalarining ahamiyati katta va u milliy va jahon xo'jaligi rivojlanishiga qarab o'zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajarmoqda va o'zi ham tartibga solinish obyekti bo'lib hisoblan­ moqda.
lshlab chiqarishni rivojlantirishda xalqaro kreditning roli. Xalqaro kredit o'z funksiyalarini bajarishda ikkiyoqlama - ijobiy va salbiy rol o'ynaydi.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy roli uni takror ish­ lab chiqarishning rivojlanishini ta'minlashda va kengaytirishda namoyon bo'ladi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalar rivojla­ nishiga turtki bo'lib xizmat qiladi. Xalqaro kredit ishlab chiqa­ rishni baynalminallashuviga va ayirboshlashuviga, jahon bozorini
tashkil topishiga va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo'nalishlar orqali jadallashtiradi.
Birinchidan, kredit mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini rag'batlantiradi, shu orqali bozor konyunkturasini ko'taruvchi talabni yuzaga keltiradi. Tashqi savdoda kredit munosabatlari alohida o'rin egallamoqda. Ayniqsa uzoq davr mobaynida tay­ yorlanadigan, iste'mol qilinadigan va bahosi baland tovarlar uchun bu juda ahamiyatli. Mahsulotlarning bahosi va jahon savdosida mashina va asbob-uskunalar ulushining oshishi eksportyorlarni ham, importyorlarni ham tashqi savdo kreditlariga bo'lgan qizi­ qishlarini orttirmoqda.
Hozirgi zamon sharoitida kreditor mamlakatdan eksport yet­ kazib beruvchi <> kreditining salmog'i oshdi. Kredit­ lanayotgan davlatning tovarlarini sotib olish uchun qilinadigan xarajati qarzning sharti bo'lib hisoblanmoqda. Xuddi shu orqali xalqaro kredit kreditor mamlakat firmalarining raqobatbar­ doshligini oshirishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit chet el xususiy investitsiyalari uchun qulay muhitni yuzaga keltiradi, chunki odatda kreditor mamlakat investorlariga imtiyozlar berish majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi; infrastrukturani tashkil etish, shu jumladan, chet el va qo'shma korxonalarning faoliyat ko'rsatishi, xalqaro kapitalga aloqasi bor milliy korxona va banklarning pozitsiyasi kuchayishiga yordam beradi.
Uchinchidan, kredit mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqala­ riga xizmat qiluvchi xalqaro hisob-kitob va valuta operatsiyalari­ ning to'xtovsizligini ta'minlaydi.
To'rtinchidan, kredit mamlakat tashqi savdo operatsiyalarini iqtisodiy samaradorligini oshiradi va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari rivojlanishiga turtki bo'ladi.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi salbiy o'rni bozor iqti­ sodiyotini rivojlantirishda uning qarama-qarshiligi kuchayishida
namoyon bo'ladi. lqtisodiyotida nomutanosiblik chuqurlashadi, kredit-tovarlarni qayta ishlashini tezlashtiradi, mamlakatlar o'rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlaydi hamda iqtisodiy ko'tarilish va pasayish davrlarida ishlab chiqarishni juda tez­ lashtiradi. Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi nomu­ tanosiblikni kuchaytiradi, buning oqibatida daromadli tarmoqlar rivojlanishi osonlashadi, shu bilan birgalikda chet el kapitali jalb qilinmagan tarmoqlarning rivojlanishi sekinlashadi.
Xalqaro kredit mamlakatlarning iste'mol mahsulotlar bozor­ lari, kapital investitsiya jarayonlari, xomashyo manbalari, ilmiy­ texnik taraqqiyot sohalarida raqobatni yaratuvchi vosita hisobla­ nadi. Korxonalar ushbu kreditdan xomashyo manbalarini sotib olish, mahsulot sotish hajmini va kapital investitsiya jarayonla­ rini kengaytirish maqsadlarida faol foydalanadilar. Jahon ssuda kapitallari bozorida pul muomalasi va kredit, valuta tizimi, to'lov balanslari hamda milliy va jahon iqtisodiyotlarining beqarorligi­ ni kuchaytiradigan <> pullar ham harakatda bo'ladi.
Tashqi kredit siyosati kreditor mamlakatning jahon bozoridagi o'rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunda:
Birinchidan, xalqaro kreditdan uni qarz sifatida olgan mamlakat daromadlarini qarz bergan mamlakatga olib o'tishda foydalaniladi. Shu bilan birga ssudani har yilgi foiz to'Iovlari bilan ma'lum bir qis­ mini qaytarilishi jamiyatning sof daromadi miqdorini ko'payishiga, ishlab chiqarishning o'sishini ta'minlovchi jamg'armalar tashkil topishiga, shu jamg'armalarning tashkil topish manbalariga, umu­ man qarzdor mamlakatga salbiy ta'sir etadi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarz oluvchi mamlakat tomoni­ dan kreditor mamlakatlar uchun qulay iqtisodiy va siyosiy muhit yaratishni taqozo etadi.
Yetakchi mamlakatlar o'z o'rnini yanada mustahkamlash uchun banklar, hukumatlar, xalqaro va regional valuta-kredit va moliya tashkilotlari orqali vaqti-vaqti bilan ularga mos kelmagan siyosat yuritayotgan davlatlarga nisbatan kredit diskriminatsiya­ sini va kredit blokadasini qo'llashadi.
Kredit diskriminatsiyasi bu kredit olishda, undan foydala­ nishda yoki xalqaro kreditni to'lashda ma'lum bir qarz oluvchi­ larga iqtisodiy va siyosiy bosimni yuzaga keltiruvchi og'ir va mu­ rakkab shartlarning qo'yilishidir.
Kredit diskriminatsiyasining asosiy metodlari bo'lib, kredit bo'yicha cheklashlar, foiz stavkasini, komission yig'imlarni oshi­ rish, kutilmagandan kreditdan foydalanishni to'xtatish yoki kredit summasini kamaytirish hamda iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi chora-tadbirlarni qo'llash hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro kreditdan foydalanishda uning ikkiyoqlama roli namoyon bo'ladi, bir tomondan u mam­ lakatlarning o'zaro foydali aloqalarini rivojlantirsa, boshqa to­ mondan raqobat kurashi vositasi bo'lib xizmat qiladi.


    1. Download 1,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish