Tayanch so'z va ibora/ar
UNCTAD, ko'p millatli korporatsiyalar, xalqaro monopoli yalar, sho'ba korxona, norezident korxona, global korporatsi yalar, transmilliy bank, transmilliylashuv indeksi, konglomerat birlashish, vertikal birlashish, gorizontal birlashish, parallel bir lashish.
Takrorlash uchun savollar:
Xalqaro korporatsiyalarning qanday shakllarini bilasiz?
Ko'p millatli korporatsiyalarning o'ziga xos belgilari nima lardan iborat?
Xalqaro korporatsiyalar faoliyati orqali iqtisodiyotda qan day imkoniyatlar yaratiladi?
Transmilliy korporatsiyalarning asosiy xususiyatli belgila rini izohlab bering.
Transmilliy korporatsiya deganda nimani tushunasiz?
Transmilliy korporatsiyalar uchun belgilangan asosiy me zonlarni ayting?
TMKlarning milliy iqtisodiyot uchun ijobiy va salbiy to monlarini izohlang.
Transmilliylashuv indeksi nima va u qanday aniqlanadi?
Zamonaviy TMKlar faoliyatiga xos bo'lgan tendensiyalarni ayting.
Birlashish va qo'shib olishlar deganda nimani tushunasiz?
Kompaniyalar integratsiyasining qanday turlari mavjud?
Mustaqil o'rganish uchun topshiriqlar
TMKlarning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat lardagi o'rnini tavsiflovchi ma'lumotlarni o'rganing.
YN KTADning TM Klar faoliyatiga oid hisobotlarini o'rganing.
TMKlarning investitsion faoliyatiga oid jahon statistika ma'lumotlarini tahlil eting.
Asosiy terminlar lug'atini tuzing.
Test savollari
Transmilliy korporatsiyalar - ...
davlatlar o'rtasida yuklarni tashishga ixtisoslashgan kor poratsiyalar.
asosiy kompaniya bir mamlakat kapitaliga tegishli bo'lib, filiallari esa dunyo bo'ylab tarqalgan kompaniyalardir.
faqatgina bitta mamlakat hududida faoliyat yurituvchi kor poratsiyalar.
asosiy kompaniya ikki va undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo'lib, xorijiy bo'limlari turli mamlakatlarda joylashgan kompan iyalar.
Ko'p millatli kompaniyalar - ...
faqatgina bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisos lashgan va bir mamlakat kapitaliga tegishli korporatsiyalar.
milliy iqtisodiyot doirasida faoliyat ko'rsatuvchi korporatsi yalar.
asosiy kompaniya ikki va undan ortiq mamlakat kapitaliga tegish]i bo'lib, xorijiy bo'limlari turli mamlakatlarda joylashgan kompa niyalar.
asosiy kompaniya bir mamlakat kapitaliga tegishli bo'lib, filiallari esa dunyo bo'ylab tarqalgan kompaniyalardir.
TMKlarga tegishli bo'lgan asosiy mezonlar qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
xorijdagi aktivlar ulushi 25 foizidan, yillik savdo hajmi esa 1 mlrd. dollardan kam bo'lmas]igi lozim.
xorijdagi aktivlar ulushi 10 foizidan, yillik savdo hajmi esa 5 mlrd dollardan kam bo'lmasligi lozim.
xorijda filiallarga ega bo'lmasligi, yillik daromadi 2 mlrd dollardan ortiq bo'Jishi lozim.
xorijda ko'pi bilan uchta filialga ega bo'lishi va xorijdagi aktivlar ulushi 15 foizidan kam bo'lishi lozim.
Birlashish - ...
bir kompaniyaning turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqa rishga ixtisoslashuvi.
ikki va undan ortiq xo'jalik yurituvchi subyektlarning bir lashishi bo'lib, natijada yangi, birlashgan iqtisodiy birlik shakl lanishi.
bir kompaniya tomonidan ikkinchi kompaniyaning aksi yalarini sotib olinishi.
kompaniya ustav kapitalining 30 foizdan ortig'ini egallash yo'li bilan amalga oshiriladigan hodisa.
Qo'shib olish - ...
ikki va undan ortiq xo'jalik yurituvchi subyektlarning bir lashishi bo'lib, natijada yangi, birlashgan iqtisodiy birlik shaklla nadi.
qo'shib olinadigan kompaniya ustav kapitalining o'ttiz foizdan ortig'ini egallash yo'li bilan amalga oshiriladigan va xo'jalik jamiyati ustidan nazorat o'rnatish maqsadida tuziladi gan bitimdir.
bu bir qator kompaniyalarning birlashishi bo'lib, bunda ulardan biri boshqalari uchun xomashyo yetkazib beradi.
ishlab chiqarish yoki ta'minot munosabatlari bo'yicha o'zaro aloqador bo'lmagan kompaniyalarning birlashishi bo'lib, bunda bir tarmoqda faoliyat yurituvchi kompaniyaning boshqa tarmoqdagi kompaniya bilan qo'shilishi sodir bo'ladi.
Kompaniyalar integratsiyasining turlari qaysi javobda to'g'ri keltirilgan?
gorizontal, vertikal, parallel va konglomerat birlashish.
gorizontal, tasodifiy, parallel va konglomerat birlashish.
vertikal, aralash, parallel va konglomerat birlashish.
gorizontal, vertikal, parallel va imtiyozli birlashish.
Transmilliy korporatsiyalar raqobatbardoshligini oshirish ning maxsus instrumentlariga nimalarni kiritish mumkin?
A) birlashish va qo'shib olishlar, strategik alyanslar va autsor sing.
8) birlashish va qo'shib olishlar, strategik alyanslar, moliyaviy markazlar.
xorijiy filiallarni kengaytirish, aktivlar hajmini oshirish.
konglomerat birlashishni rivojlantirish, sotish hajmini va kapitallashuv darajasini oshirish.
Transmilliylashuv indeksi nimani ifodalaydi?
A) korporatsiyalarning asosiy mamlakatdagi ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokini ifodalaydi.
8) transmilliy korporatsiyalar filiallari ko'payishi darajasini ifodalaydi.
korporatsiyalarning xorijdagi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokini ifodalaydi.
korporatsiyalarning kapitallashuv darajasini aniqlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |