J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Valuta riskini boshqarish usullari va ularning mohiyati



Download 1,93 Mb.
bet50/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

Valuta riskini boshqarish usullari va ularning mohiyati


Valuta risklarini samarali boshqarish xalqaro moliya munosabat­ lari ishtirokchilari faoliyatida dolzarb masalalardan biri bo'lib hisob­ lanadi. Jahondagi yirik korporatsiyalar faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy risklarning barcha turlarini o'rganib borish hamda ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda alohida risk­ lar bo'yicha menejerlik faoliyati yo'lga qo'yilgan. Risklar bo'yicha menejer moliyaviy risklarni oldini olish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni faoliyatning turli sohalari bo'yicha mas'ul bo'lgan boshqa mutaxassislarga taqdim etib boradi. Shuningdek, risklar bo'yicha menejer risklar darajasini aniqlash, ularni maksimal da­ rajada kamaytirish va sug'urtalash masalalari bilan shug'ullanadi.
Zamonaviy jahon xo'jaligidagi munosabatlar bozor ishtirokchi­ laridan konyunktura o'zgarishiga tezda moslashishni, moliyaviy natijalarni uzoq muddatga bashoratlashni, samarali strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirishni hamda barqaror faoliyat yuritishni talab etadi.
Yaluta kurslari o'zgarishlarini aniqroq prognozlashtirish, valu­ ta risklarini sug'urtalash (xedjirlash)dan foydalanish zarurdir.
Yaluta riski sug'urtasi deganda, uni bartaraf etish bilan bog'liq choralar tushuniladi. Bunday choralarga, tashqi iqtisodiy ope­ ratsiyalar natijalarini, xorijiy valutalar kursining o'zgarishiga bog'liqligini yo'qotishga qaratilgan choralar kiradi.
Bir gator firmalar, valuta muvozanatsizligini zamonaviy xalqaro savdo muammolaridan biri deb hisoblab, hech qachon
valuta risklarini sug'urta qilmaydilar. Oqibatda, bunday firmalar katta zararlar ko'rgani holda ularning soni hozirgi kunda ancha kamaygan.
Boshqa korxonalar esa, valuta kurslari prognozlarini hisobga olmay, barcha ochiq pozitsiyalarini qoplaydilar. Bunday siyosat albatta yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
Valuta chayqovi bo'yicha real zararlarning paydo bo'lishi, tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisining har bir valuta operatsiyasiga balansning boshqa tarafida operatsiyalarning qara­ ma-qarshi turishi bilan izohlanadi. Masalan, eksport shartnoma­ laridan va berilgan kreditlardan keladigan tushumlar hajmining rejalashtirilgan natijalarga nisbatan kamayishi, olingan summa joriy xarajatlarni yoki jalb qilingan bank mablag'lari qiymatini qoplamasligiga olib kelishi mumkin.
Valuta riskining sug'urtasi va sug'urtasiz shakl i bilan bo'ladigan iqtisodiy operatsiyalarning samaradorligi operatsiyalarni amalga oshirish davrida valuta kurslarining o'zgarishiga bog'liq.
Shartnoma ishtirokchisi boshqaruv qarorining samaradorligi

  • valuta riskini sug'urta qilish yoki sug'urta qilmaslik - shart­ noma tuzilishi va uning ijro etilishi davri orasida valuta kurs­ larini istiqbol harakatlarining u tornondan oldindan to'g'ri ba­ holanishiga bog'liq. Demak, valuta kurslari o'zgarishini bashorat qilish, valuta riskini sug'urta qilish va valuta chayqovi orasidagi tanlovning zaruriy shartidir.

Valuta kurslarini bashorat qilish deganda, maxsus ilmiy tad­ qiqot uslublari yordamida kurslarning kelgusidagi o'zgarishi haqi­ da axborot olish tushuniladi.
Amaliyotga valutalarning erkin suzadigan kurslari tizimining kirib kelishi bilan ularning tebranishi masshtabli, oldindan bilib bo'lmaydigan va muntazam ravishda tebranadigan bo'ldi. Bu esa, o'z navbatida valuta riskining yanada kuchayishiga olib keldi.
Prognozlar kelgusida ochiq valuta pozitsiyasining o'zgarish diapazonini aniqlash maqsadida ishlatiladi. Minimum va maksi­ mum ko'rsatkichlari sug'urtalash xarajatlari bilan taqqoslanadigan
ehtimolli valuta yo'qotishlarni hisoblash uchun ishlatiladi (to'la sug'urta qilish, sug'urta qilishdan bosh tortish, qisman sug'urta qilish). Agar potensial valuta yo'qotishlarning miqdori qoplanish bo'yicha xarajatlar summasidan katta bo'lsa, to'la ochiq valuta pozitsiyasini yoki uning bir qismini sug'urtalash tavsiya etiladi. Qoplanish qiymati daromadlarga yoki zararlarga kursning ta'sir ehtimolidan yuqori bo'lsa, firma sug'urta qilmasligi kerak.
Ba'zi mamlakatlarda banklarning uzun va qisqa valuta pozit­ siyalarining miqdori valuta qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Valuta riskini boshqarishda asosiy e'tibor valuta kursining o'zgarishi tufayli yuzaga keladigan yo'qotishlami oldini olishga qaratiladi va tijorat banklari, multimilliy korxonalar va boshqa xo'jalik subyektlari muddatli valuta bozori bitimlarini tuzish orqali valuta riskidan pul mablag'larini himoya qiladilar. Bunda valuta kursining tranzaksion, iqtisodiy va translyatsion kabi tur­ lari ajratib ko'rsatiladi.

Valuta risklari






    • Fyuchers kontrakti orqali xedjirlash

    • Forvard kontraktlari orqali xedjirlash

    • Pul bozorida ishtirok etish orqali xedjirlash

    • Valuta opsionlari orqali xedjirlash

  • Qisqa muddat ichida • Forvard yoki fyuchers boshqarish, ya'ni korxona komraktlari orqali xedjir­ daromad va xarajatlarini lash

turli valutalarga nisbatan • Valuta kurslari o'zgarish- sezuvchanlik darajasini larini firmaning yalpi tu- aniqlash shumiga ta"sirini aniqlash

  • Restrukturizatsiyalash




Liding va legging Kross xedjirlash Valuta diversifikatsiyasi




Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish