Valuta riskining yuzaga kelish sabablari
Valuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mehnat taqsi motiga, xalqaro savdo balansiga va hajmiga salbiy ta'sir etadi, shuningdek, tovarlar va xizmatlar ekvivalent almashuvini qiyin lashtiradi.
Valuta kurslarining muvozanatsizligi import va eksport qiluv chilarni o'zlarining xorijdan sotib olish va xorijga sotish ope ratsiyalarini qisqartirishga majbur qiladi. Chunki import va eksport qiluvchilar valutalarning qisqa muddatli davriy oraliqdagi o'zgarishini oldindan bila olmaydilar. Shuning uchun import qi luvchi ma'lum bir tovarni o'zini valuta xavf-xatariga qo'yib, chet davlatdan sotib olganidan ko'ra, o'z mamlakatida ishlab chiqa rilayotgan o'rinbosar tovarni sotib olgani afzalroqdir.
To'lovi kelgusida amalga oshishi ko'zda tutilgan, shartnoma tuzilish paytida ma'lum bir summada qayd etilgan har qanday kredit operatsiyasi, shartnoma valutasi ishtirokchi uchun xori jiy bo'lgan tarafning valuta xavf-xatariga chalinadi. Kreditor, o'zining xorijlik kontragentlariga kreditni bergan holda, qiymat ni ekvivalent miqdorda ololmaslik xavf-xatariga uchraydi. Qarz oluvchi ham, agarda to'lov paytida qarz valutasining kursi shart noma tuzilgan sanaga nisbatan ko'tarilsa, zarar ko'rishi mumkin. Eksport va import qiluvchilar, valuta riski bilan, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirganda to'qnashadilar. Eksport qiluv-
chi, agarda u tovarlarni to'lovi kechiktirilgan holda sotgan bo'lsa va baho valutasi sifatida import qiluvchi valutasi yoki uchinchi davlat valutasi olingan bo'lsa, valuta riskiga duchor bo'ladi. Agar da, baho valutasining kursi eksport qiluvchi milliy valutasiga nis batan pasaysa, unda eksport qiluvchi zarar ko'rishi mumkin.
Shunday qilib, eksport qiluvchi uchun valuta riski bo'lib, shart nomaning tuzilishidan to ijro etilgunga qadar davr ichida, baho valutasi kursining milliy valutaga nisbatan pasayishi hisoblanadi. Demak, valuta riski barcha tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog'liq shartnomalarga ta'sir etadi.
Import qiluvchi uchun valuta risklari quyidagi holatlarda vu judga keladi: agarda, tovarlar, bahosi chet el valutasida qat'iy bel gilanib sotib olinayotgan bo'lsa. Bunda, agar chet el valutasining kursi import qiluvchi valutasiga nisbatan ko'tarilsa, unda import qiluvchi tomonidan sotib olingan tovarlar uchun haq to'lashda, milliy valutada ko'proq xarajat qilinishiga to'g'ri keladi.
Ma'lumki, hech bir xalqaro savdo shartnomasi bir kun ichida tuzilib, u bo'yicha to'lov ham bir kun ichida amalga oshmaydi. Shunga ko'ra, albatta, valuta riski shartnoma muddatiga to'g'ri proporsional ravishda ortib boradi.
Bizning fikrimizcha, shartnomaning imzolanish paytigacha (shartnomani tayyorlash davrida) xorijiy valuta kursining o'zgarish riski valuta riskiga kirmaydi, u ko'proq baho xavf-xatariga yoki valuta kursi o'zgarishi bilan bog'liq raqobatdoshlikning yomon lashish xavf-xatariga kiradi. Bunday risk shartnomaning tuzi lish davrida, muhokamalar paytida hal etilishi mumkin. Xusu san, muzokaralar davrida valuta kursini to'satdan o'zgarib ketishi natijasida shartnoma ishtirokchisi (bunday o'zgarish zararlarini qisman yoki to'la qoplash maqsadida) shartnomadagi dastlabki bahoning birmuncha o'zgartirilishini talab qilishi mumkin yoki bu shartnomadan boshqa kontragent foydasiga butunlay voz ke chishi mumkin.
Shartnoma tuzilib, imzolanganidan so'ng, yuqorida bayon
etilgan o'zgartirishlarni shartnoma shartlariga kiritib bo'lmaydi
(agarda shartnoma shartlarida bu xususida valuta shartlari (ogo vorka) rnavjud bo'lmasa).
Fikrimizcha, baho o'zgarishi bilan bog'liq riskka, valuta shart nornasining inflyatsion qadrsizlanish riski, ya'ni tovar baholari ning o'sishi shaklida ifodalangan valuta qiymatlarining tovar baholariga nisbatan o'zgarish riski kiradi. Ba'zi tadqiqotchilar tomonidan ular valuta riskining amal qilish shakllariga kiritilgan. Yaluta riski bunday turining zaminida, valuta riski paydo bo'lishi bilan bevosita aloqada bo'lmagan, ammo unga bilvosita valuta kursi orqali ta'sir etadigan, valutalarni tovarlarga nisbatan
qadrsizlanishining umumiy tendensiyasi yotadi.
Uzoq muddatli davrda tashqi iqtisodiy munosabatlar sama radorligi uchun, kurslar o'zgarishi oqibatidagi yo'qotishlarga qa raganda, inflyatsion omil nisbatan chuqurroq salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Kurslar harakatidagi va valutalarni sotib olish qobiliyatidagi farqlar, tashqi iqtisodiy shartnomalar ishtirokchisi bo'lgan har birining yo'qotishlar va daromadlar balansining nafaqat valu ta kursini ijobiy yoki salbiy harakatiga, balki valutalar kurslari o'zgarishi ning o'zaro nisbati va birgalikdagi harakatiga bog'liq. Masalan, agarda valutalarning tashqi qadrsizlanishi (valuta kur sining pasayishi) uni ichki bozordagi qadrsizlanishidan o'sib ket sa, unda xorijlik import qiluvchilar qo'shimcha foyda olish im koniyatiga ega bo'ladilar. Chunki ular o'z valutasida xarajatlarni oshirmasdan turib, qadrsizlanib borayotgan mamlakatning valu tasiga ko'proq tovarlar sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar, barcha xo'jalik shartnomala rining samaradorligiga ta'sir etgan holda, valuta riskini tashqi iqtisodiy shartnomalar samaradorligini ko'rsatuvchi ahamiyatli, ammo yagona omil emasligini ko'rsatadi.
Yaluta riskining alohida holati sifatida, valuta mablag'larini joylashtirish paytida vujudga keladigan valuta avuarlarining (Avuarlar - mijozning bankdagi turli aktivlari, mol-mulki, pul mablag'lari. Ko'pincha bankning xorijda joylashgan boshqa
bankning hisobvaraqlarida bo'lgan chet el valutasidagi pul resurs lariga, qimmatli qog'ozlari va oltinga nisbatan qo'llaniladi. Biror bir mamlakatga tegishli bo'lgan bunday mablag'larning jami uning chet el avuarlarini tashkil etadi.) qadrsizlanish riskini ko'rib chi qish maqsadga muvofiqdir. Bunday risk turi bo'yicha valuta zarar larini banklar singari, mijozlar va davlat ham ko'rishi mumkin. Bu holda vujudga keladigan valuta riski mazmun jihatidan har qanday savdo-kredit operatsiyasidagi valuta riski singari bo'ladi, chunki valuta mablag'larini joylashtirish bilan bog'liq operatsiyalar kredit xarakteriga ega. Bu holda valuta riskini hisobga olish xususiyatlari va uni sug'urtalash uslublari (valuta mablag'larini joylashtirishda) riskni valuta riskining alohida turiga ajratishga asos bo'ladi.
Eksport qiluvchi (kreditor), agarda shartnomaning tuzilishi va u bo'yicha to'lovning amalga oshirilishi davri ichida baho valu tasining kursi uning milliy valutasiga nisbatan pasaysa, zarar ko'radi. Import qiluvchi (debitor) uchun esa zararlar, kursning yuqoridagiga nisbatan qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo'ladi.
Valuta riski xalqaro savdo va kredit munosabatlarini qiyin lashtirib yuboradi, oqibatda mazkur munosabatlar ishtirokchi lari valuta xavf-xatarlarini o'rganish orqali ularni bartaraf etish yo'llarini qidira boshlaydilar.
Tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari uchun valuta riski paydo bo'lishining quyidagi shartlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
ochiq valuta pozitsiyasining mavjudligi;
shartnoma valutasi sifatida xorijiy valutadan foydalanish;
shartnomaning tuzilishi va u bo'yicha hisob-kitob orasida vaqt uzilish davrining mavjudligi.
Valuta pozitsiyasi - dilerning talab va majburiyatlari nisbati.
U ikki qismdan iborat, ya'ni <<> pozitsiyada dilerning talablari aks etadi. Talablar esa, diler tomonidan valuta sotib olinganda hosil bo'ladi.
<> pozitsiyada dilerning majburiyatlari aks etadi. Maj buriyatlar esa, diler tomonidan valuta sotilganda hosil bo'ladi.
Agarda dilerning talablari majburiyatlaridan ko'p bo'lsa, unda valuta pozitsiyasi < pozitsiya bo'yicha ochiq hisoblanadi. Agarda dilerning majburiyatlari talablaridan ko'p bo'lsa, unda valuta pozitsiyasi «qisqa ►> pozitsiya bo'yicha ochiq hisoblanadi. Dilerning talab va majburiyatlari o'zaro teng bo'lsa, unda valuta pozitsiyasi yopiq hisoblanadi.
Valma kurslari muvozanatsizligi qanchalik yuqori bo'lsa, valu ta riski shunchalik yuqori bo'ladi. Hozirgacha, biz valuta riski tushunchasini faqat bir operatsiyaga nisbatan ko'rib chiqqan edik. Agarda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari bo'lmish taraflar xorijiy valutada ifodalangan majburiyatlar va talablarga ega bo'lib, ko'p turdagi operatsiyalarni amalga oshirsa, unda ular barcha operatsiyalar bo'yicha emas, balki faqat ochiq valuta pozitsiyasi bo'yicha valuta xatariga uchraydilar.
Ochiq valuta pozitsiyasi valuta riski bilan bog'liq bo'lib, banklarni (firmalarni) qo'shimcha daromad olish yoki ortiqcha xarajat (hatto bankrotlikka) qilishga olib keladi. Shu sababli, ko'pgina mamlakatlarda davlat moliya organlari ochiq valuta pozitsiyalari miqdorlarini chegaralaydilar.
Odatda, valuta riski muammosini hat etish bilan bog'liq fir maning faoliyati ochiq valuta pozitsiyasi miqdori, ya'ni valuta xatariga tortiladigan xorijiy valutadagi summalarni aniqlashdan boshlanadi. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, xorijiy valuta sotib olinganda valuta pozitsiyasining uzun pozitsiyasi ko'payadi yoki shu valutadagi qisqa valuta pozitsiyasi kamayadi (talablar oshadi yoki majburiyatlarning bir qismi bajariladi), xorijiy valuta sotilganda esa buning teskarisi bo'ladi, ya'ni qisqa valuta pozitsi yasi ko'payadi yoki uzun pozitsiya kamayadi.
Ochiq valuta pozitsiyasi yuqori darajadagi valuta riski man baidir. Valuta yo'qotishlarni manbai bo'lgan, ochiq valuta po zitsiyalarini aniqlanishi bilan, valuta xavf-xatarlarini bartaraf etish zarurati tug'iladi.
Shunday qilib, yuqorida ko'rib chiqilgan valuta riskining pay do bo'lish sharoitlariga (shartnomalarda xorijiy valutaning ishla-
tilishi, shartnoma tuzilishi va ijro etilishi orasida vaqt uzilishi ning mavjudligi) yana bir sharoitni, ya'ni ochiq valuta pozitsiyasi mavjudligini qo'shsa bo'ladi.
Yuqorida ko'rib chiqilgan valuta xavf-xatarlarining paydo bo'lish sharoitlari, birinchi navbatda, tashqi savdo va kredit shart nomalari bilan bog'liq aniq operatsiyalarga aloqadordir. Ular esa, o'z navbatida tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining valu tada zarar ko'rishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |