J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro moliya munosabatlari



Download 11,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/170
Sana28.04.2023
Hajmi11,55 Mb.
#932991
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170
Bog'liq
Xalqaro Moliya munjsabatlari. Ataniyazov J.X

A m e r i k a
banki 
biian ularni chiqarish to‘g ‘risida shartnom a tuzish huquqi bo‘lgan 
konipaniyaning o‘z tashabbusi orqali t a ’m inlangan A D R lar ch iq a­
riladi. Bunda xarajatlarni shartnom aga ko‘ra konipaniyaning o‘zi 
to‘laydi. Ta’m inlangan A D R la r ak siyalar turiga qarab ikki gu- 
ruhga bo‘linadi, y a ’ni avval chiqarilgan aksiyalar bilan bog‘liq 
A D R la r (ADR-1 va ADR-2) va yangi chiqariladigan aksiyalar b i­
lan bog‘liq A D R la r (ADR-3 A D R -4). Avval chiqarilgan va yangi 
chiqariladigan aksiyalar bilan bog‘liq A D R la r o‘z navbatida ik­
kiga — alohida (ADR-1, A D R -4) va om m aviy joylashtiriladigan 
(AD R-2, ADR-3) turlarga b o lin a d i.
A D R -J emissiyasini ro‘yxatdan o ‘tkazish jarayoni ancha 
yengil hisoblanadi. Bunda A m erika buxgalteriya standartlariga 
mos buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash talab etilmaydi. Nati- 
ja d a , A m erika fond bozorlarida kom paniyaning moliyaviy hiso- 
botining shaffoHigi kamayadi. Shuning uchun A D R -lg a am erika 
fond bozorlarida ommaviy m uom alada bo‘luvchi qimmatli qog‘oz 
m aqom i berilm agan. Lekin ular global depozitar tilxatlar sifatida
361


boshqa marnlakatlar fond bozorlarida va birjalarida muomalada 
b o iish i mumkin.
ADR-2 kompaniya hisobotlarini Am erika buxteriya standart- 
lariga t o i iq mos kelishini talab qiladi va bu Am erika fond bozor­
larida kompaniyaning moliyaviy hisobotlarni to‘liq shaffofligini 
ta’minlaydi. Sluming uchun, ADR-2 Amerika uyushgan fond bo- 
zorlari bilan bir qatorda boshqa marnlakatlar fond bozorlarida 
muomalada bo'lishi mumkin.
ADR-3 yangi chiqariladigan aksiyalarni ommaviy joylashti- 
rishni ta’m inlasa, A D R -4 esa alohida-alohida joylashtiradi. 
ADR-3 ni chiqarish tartibi ADR-2 ni chiqarish tartibiga o‘xshasa, 
A D R-4 ni chiqarish esa ADR-1 ni chiqarish tartibiga o‘xshaydi. 
A m erika qonunchiligida A D R -4 ni oddiy qilib A D R deb ham 
nomlashadi va ularni sotib olive hilar qimmatli qog‘ozlarga 
100 min AQSH dollari va undan ko‘proq m ablag‘larini qo‘ygan 
kompaniyalar, y a’ni rnalakali institutsional investorlar bo'lishi 
kerak (bunday kom paniyalar AQSH da 4 mingtadan oshadi). 
Bunday investorlar NASDAK m illiy elektron savdo tizim ining 
tarkibiy qismi hisoblangan PORTAL elektron savdo tizimi orqali 
ham AD R-4 larni o'/aro savdo qilishlari mumkin.
AD R larni oddiy aksiyalar emissiyasidan farqli jihatlari qu- 
yidagilardan iborat:
— depozitar tilxatlar emissiyasi oddiy aksiyalar emissiyasiga 
qaraganda ikki bosqichli jarayonni mujassam etadi, y a ’ni dastlab 
A m erika depozitar aksiyalari chiqariladi va keyin A m erika d e ­
pozitar tilxatlari emissiya qilinadj;
— depozitar tilxatlar bir vaqtning o‘zida bir necha m am lakat- 
lar fond bozorlarida muomalada bo‘lishi m um kin. Oddiy aksiya­
lar emitenti joylashgan m am lakat fond bozorlarida m uomalada 
bo‘ladi;
— depozitar tilxatlar emissiyasi oddiy aksiyalar emissiyasidan 
keyin am alga oshiriladi.
REPO bir tomon o‘z qim m atli qog‘ozlarni shartnomadagi 
boshqa bir tomonga ma'lurn muddatdan so‘ng jo riy narxdan qim -
362


matroqqa qaytarib sotib olish sharti biIan sotish operatsiyasidir. 
Natijada, birinchi tomon qim m atli qog‘oz.lar ta’minoti asosida 
kredit olgan bo‘ladi. Bunda, krcdit ibiz slavkasi bitimdagi q im ­
matli qog‘ozlarni sotish va qaytarib sotib olish narxlari o‘rtasidagi 
farqdan iborat bo‘ladi. Bu csa, ikkinchi tomon foydasi hisobla- 
nadi.
REPO qisqa va uzoq muddatli operatsiyalar ko‘rinishida, y a ’ni 
kunlik, haftalik, oylik va y illik davriy oraliqlarda am alga oshirili- 
shi m um kin.
Qayta REPO shartnomasi ham am aliyotda mavjud b o iib , 
bunda birinchi sotib oluvchi tomon boshqa (ikkinchi) tom onning 
qim m atli qog‘ozlarini m a’lum muddatdan so‘ng ikkinchi tomon- 
ga sotib olish narxidan pastroq narxda sotish m ajburiyatini olgan 
holda sotib olish operatsiyasidir. Bunda, birinchi tomon m ablag1 
ta ’minoti ostida zaruriy qim m atli qog^ozlarni kreditga oladi. Ik­
kinchi tomon, y a ’ni sotuvchi qim m atli qog‘ozlar ko‘rinishida 
kreditni taqdim etgan holda, o‘z qim m atli qog‘ozlarini sotish va 
sotib olish o‘rtasidagi shartnom aviy narxdagi farqdan darom ad 
(kredit foizini) oladi.
M am lakatim iz iqtisodiyotida ruxsat etilgan hosila moliyaviy 
vositalar.
Turli m am lakatlar m illiy qonunchiligida hosila moliyaviy 
vositalar mustaqil q im m atli qog‘oz sifatida qayd etilishi turlicha 
b o la d i. Xususan, m am lak a tim izd a 0 ‘zbekiston Respublikasining 
2008-yil 22-iyuldagi «Q im m atli qog‘ozlar bozori to‘g ‘risida»gi 
Qonunida hosila moliyaviy vositalarning quyidagi turlari qayd 
etilgan:
1. Q im m atli qog‘ozlarning hosilalari — o‘z egalarining boshqa 
qim m atli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki m ajburiyatlarini 
tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsion- 
lari, qim m atli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa m oliyaviy 
vositalar tarzida chiqariladigan qim m atli qog‘ozlar.
2. Q im matli qog‘ozlarga doir fyuchers — o‘zida nazarda tutil- 
gan muddatda m uayyan m iqdordagi qim m atli qog‘ozlarni qat’iy
363


belgilangan narxda sotib olish yoki sotisli majburiyatini tasdiqlov- 
chi emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
3. Emitentning opsioni — emitentning m uayyan miqdorda- 
gi qim matli qog'o/.larini opsionda ko‘rsatilgan muddatda q at’iy 
belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy 
qimmatli qog‘oz.
4. Variant — opsionning asosiy bir turi bo‘lib, u o‘z egasiga 
ma'lum bir clavr ichida (yoki aniq sanada) dastlab uni chiqargan 
emitentning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish huquqini tasdiqlay- 
di («Qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish va muoma- 
Uisi» tartibidan (mazkur tartib O'zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida 1997-yil 2-aprelda 320-son bilan ro‘yxatga olingan)).
5. Valutaviv svop operalsiyasi — bitimda belgilangan mud- 
dat va valuta kursi bo'yicha hisoblashish (qayta almashuv) sharti 
asosida valutalarni bir vaqtda sotib olish va sotish (almashuv) 
bo‘yicha ikki tomonlarna bitimdir. Valutaviy svop operalsiyasi 
ikki qismdan iborat boklib, birinchi qismini am alga oshirishda 
valutalarning dastlabki almashinuvi (spot bitim), ikkinchi qis­
mini bajarishda esa, qayta almashinuvi (forvard-bitimi) va svop 
shartnom asining yopilishi sodir bo‘ladi (M arkaziy bank Boshqa- 
ruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-sonli qarori bilan tasdiqlan- 
gan « 0 ‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valutaviy svop 
operatsiyalarini am alga oshirish tartibi to‘g ‘risida»gi Nizom (m az­
kur nizom 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2008-yil 24-iyulda 1839-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
6. B ankak tivlari bilan ta ’m inlanganobligatsiyalar. 0 ‘zbekiston 
Respublikasida B ankning bcrilgan kreditlar va boshqa aktivla- 
rini ta ’m inlash bo'yicha qim m atli qarz qog‘ozlari «Q im m atli 
qog'ozlar emissiyasi va emissiyaviy qim matli qog‘ozlar chiqari- 
lishlarini davlat ro'yxatidan o‘tkazish» Qoidalari va qonun huj- 
ja tla rid a nazarda tutilgan tartibda obligatsiyalar k oi'inishida 
chiqarilishi m um kin. 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat m ulki 
qo'm itasi huzuridagi Q im m atli qog‘ozlar bozori faoliyatini m u- 
vofiqlashtirish va nazorat qilish m arkazi Bosh direktorining
364


2009 -yil 16-iyuldagi 2009—40-son buyru g‘i asosida tasdiqlan- 
gan qoidalar (m azkur qoidalar 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tom onidan 2009-yil 30-avgustda 2000-son bilan davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
0 ‘zbekiston Respublikasida qim matli qog‘ozlarning hosilalari 
bazis aktivlarining u m um iy qiymati 1 mln so‘m yoki undan yuqori 
bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Q im m atli qog‘oz.Iar bozorini 
muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan am alga 
oshiriladi. Bunda, q im m atli qog‘ozlar emissiyasi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari asosida tashkil etil- 
gan xoldinglar va aksiyadorlik kom paniyalari, shuningdek, chet 
el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, q im m atli qog‘ozlar bo- 
zorining professional ishtirokchilari, birjalar, sug‘urtalovchilar va 
tijorat banklari tomonidan am alga oshiriladi.

Download 11,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish