J. S. Salimov, N. B. Pirmatov



Download 3,86 Mb.
bet119/172
Sana26.02.2022
Hajmi3,86 Mb.
#471207
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   172
Bog'liq
ELEKTR3

Reaktiv sinxron motorlar. Reaktiv sinxron motorlar rotorining bo'ylama va ko'ndalang o‘qlari bo'yicha magnit o‘tkazuvchanligi har xil bo‘ladigan konstruksiyaga ega boлishi kerak. Bunday motorning qutblarida qo‘zg‘atish chulg'ami boлmaydi. Mashina normal ishlaganda asosiy magnit oqim faqat stator chulg‘amining aylanma MYK tomonidan hosil qilinadi. Magnit oqim bunday mashinalarda qarshiligi kam boлgan vo‘1 bilan tutashadi va qutblarning bo'ylama o'qi bo'yicha

285



o‘tib aylantiruvchi momentni hosil qiladi (26.4,tf-rasm). Bu moment reaktiv sinxron motorda bo‘ylama va ko'ndalang o‘qlari bo'yicha magnit o‘tkazuvchanlik har xil bo'lgani sababli vujudga kelganligidan, uni reaktiv moment deyiladi.
Ma'lumki, katta quwatli sinxron motorlarning reaktiv momentini hisoblashda yakor chulg‘amining aktiv qarshiligini ra * 0 deb, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Mr = [m-U2/(2co)] (l/xq—1 /xd) sin20. (26.2)






  1. rasm. To‘rt qutbli ishga tushirish (dempfer) chulg'amli ayon qutbli sinxron reaktiv motorning odatdagi magnit o‘tkazgich konstruksiyasi (a) va uning noayon ko'rinishdagi modifikatsiyasi (b); takomillashtirilgan, ya'ni mashinaning ko ‘ndalang o ‘qi bo ‘yicha induktiv qarshiligi x^ ni kamaytirish maqsadida nomagnit oraliqlarga quyma aluminiy sterjenlardan hosil qilingan dempfer chulg'amli segmentlangan magnit o‘tkazgich (d) va ikki qutbli sinxronmotor uchun reaktiv momentning vujudga keiish sxemasi (e); F ~ tangensial kuch.

Lekin, avtomatika qurilmalarida ishlatiladigan sinxron reaktiv motorlar kam quwatli, demak, ularning yakor chulg‘ami aktiv qarshiligi ro katta quvvatli mashinalarnikiga nisbatan katta qiymatga ega bo‘lganligidan, u reaktiv momentga ta’sir qiladi, shuning uchun uni hisobga olish zarur bo‘ladi (26.5-rasm). Bu holda reaktiv moment quyidagi formula bilan aniqlanadi:
M = pcm/®i= [mU2/ (2(0,) (xd-xq) /(XdXq+ rl )]‘[(XdXq_ ra )'Sin202rfl(Xd+Xq)'Sin20 +2rflXq]' (263)
Ta'kidlash lozimki, sinxron mashina rotorining konstruksiyasi noayon ko‘rinishda boлganda ham uning bo‘ylama va ko'ndalang o‘qlari bo‘yicha magnit o'tkazuvchanligini har xil qilish mumkin.

  1. rasm. Kam quwatli reaktiv sinxron motorning aktiv va induktiv qarshiliklari nisbati ra./x(l ning harxil qiymatdagi burchak xarakteristikalari.

Shu maqsadda rotor poiat o‘zagining ko‘ndalang o‘qiga aluminiy quyiladi (26.4,6-rasm). 26.4,c?-rasmda esa bunday modifikatsiyaning takomillashgan, ya’ni ko‘ndalangp‘qqa segment ko‘rinishdagi aluminiy steijenlar quyilgandagi konstruksiya, induktiv qarshiliklar nisbati Xj/xq ni taxminan 4-^5 gacha yetkazishga va, natijada nisbatan kattaroq reaktiv moment olishga imkon beradi.
Reaktiv sinxron motorning stator chulg‘ami uch fazali elektr tarmog‘iga ulanganda hosil bo‘lgan aylanma magnit maydon rotorni o‘z orqasidan ergashtiradi (26.4,e-rasm) va rotor magnit maydonning aylanish yo'nalishida sinxron chastotada aylanadi.
Burchak 0 = 45° bo‘lganda moment o‘zining maksimum qiymatiga erishadi. Reaktiv motorning energetik ko‘rsatkichlari (t|, coscp) kichikligi uning kamchiligidir. FIK ning kichik bo‘lishiga sabab, yakor chulg‘amidagi elektr isroflarining katta bo‘lishidandir. Quvvat koeffitsientining kichik bo‘lishi esa, magnit maydon hosil qiluvchi magnitlovchi tokning katta bo‘lishidir. Reaktiv motorlar 50 W dan 100 W gacha mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Ular avtomatik qurilmalarda va boshqa ayrim sohalarda ishlatiladi. Konstruksiyasi oddiy, o‘zgarmas tok manbasiga ehtiyojning bo‘lmasligi va tannarxining kamligi reaktiv sinxron motorning afzaiiigi hisoblanadi.
Doimiy magnitli sinxron motorlar. Bunday sinxron motorlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda qo‘zg‘atish magnit maydonini hosil qilish uchun rotorda doimiy magnitlar joylashtiriladi. Ular motorni sinxronizmga kiritish vazifasini, qisqa tutashgan chulg'am esa sinxron motorni asinxron usulda ishga tushirish vazifasini bajaradi.
Konstruksiyasining soddaligi, kontakt halqalarining bo‘lmasligi (ya'ni kontaksizligi), FIK ning nisbatan katta bo'lishi, qo‘zg‘atish chulg‘ami bo'lmaganidan elektr isroflarining kamligi hamda mashinada magnit maydon hosil qilish uchun o‘zgarmas tok manbasiga zaruratning yo‘qligi bunday motorlarning afzalligi hisoblanib, magnit maydonini

  1. rasm. Doimiy magnit rotorda radial joylashgan(a) va aksial, ya'ni mashina o‘qi bo'yicha joylashgan(b) sinxron motorlar (bularda: 1stator; 2qisqa tutashgan, ya ’ni ishga tushirish chulg ‘ami; 3 — doimiy magnitlar) hamda sinxron motorni ishga tushirishda elektromagnit momentlarning o'zgarishlari grafigi (d) (bunda: Maasinxron moment; Ms tormozlovchi moment; Mnalnatijaviy moment; Mskna~ natijaviy momentning motorni sinxronizmga kiritish qiymati;Mskoasinxron momentning sinxron motorni sinxronizmga kiritish qiymati.

boshqarishning qiyinligi, narxining nisbatan qimmatiigi ularning kamchiligidir.

  1. fl-rasmda doimiy magnitlaming rotorda radial joylashishi, 26.6,b- rasmda esa aksial joylashishi ko'rsatilgan. Bu motor sinxron usulda ishga tushirilganda asinxron momentdan tashqari yana tormozlovchi moment ham hosil bo‘ladi (26.6,d-rasm). Tormozlovchi moment rotor qutblarida hosil bo‘lgan magnit maydoni bilan shu maydon hosil qilgan statordagi tokning ta’sirlashishi natijasida vujudga keladi.

Doimiy magnitli sinxron motorlarning energetik ko‘rsatkichlari yaxshi, yuklanish qobiliyati yuqori va aylanish chastotasi barqaror boTadi. Bunday sinxron mikromotorlar avtomatikada keng ishlatiladi.
Nazorat savollari:


Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish