Bu rasmda: 7 — tebranishlar so‘ndirilmagan hol;
2 — faqat bo'ylama o‘qi bo‘yicha rostlanganda burchak 0 ning tebranishlari
nisbatan kamayadi, lekin to‘la so‘ndirib bo‘lmaydi; U .
z(0)d = const bo‘lib, ko‘ndalang qo‘zg‘atish MYK bilan rostlasnda esa (
3) mazkur tebranishlarni deyarli to‘la so‘ndirish imkoniyati bo‘ladi hamda mashinani boshqarish yaxshilanadi.
Hozirgi vaqtda Ukrainada Rossiya hamkorligida quvvati 320 MV A bo‘lgan bo‘ylama-ko‘ndalang qo‘zg‘atishli noayon qutbli sinxron kompensator ishlab chiqarilgan va samarali ishlatilmoqda.
Asinxronlashtirilgan sinxron mashinalar. Agar sinxron mashinada bir-biriga perpendikular bo'lgan ikkita qo‘zg‘atish chulg'ami bo‘lib, ularga ikki fazali o‘zgaruvchan kam chastotali kuchlanish manbayi ulansa, u holdabu chulg‘amlardan sinusoidal toklar o‘tadi va qo‘zg‘atish chulg‘amida magnitlanish o‘qi buriladigan MYK va aylanma magnit maydonini hosil qiladi. Bu maydon rotorga nisbatan kam qiymatli sirpanish bilan aylanadi.
Shu sababli,
bunday mashinalarni asinxronlashtirilgan sinxron ' CaAUMoe JI.C. O neKomopbix peoKiuiax paSombi HSHonojuocubix ciiHxpoHHbix MauniH npodo.ibHO-nonepe‘iHoeo eo36yoicdeHua c ynemoM HacbtmeHUH. — H38. AH y-iCCP, CTH. 1981, M> 6.
mashinalar deyiladi. Bunday mashinalarning tuzilishiva ishlash prinsipi bo'ylama va ko‘ndalang o'qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron mashinalamiki kabi bo‘ladi, ammo qo‘zg‘atish chulg'amlariga barqaror ish jarayonida o'zgarmas
tok berilsa, o‘tish jarayonlarda esa bu chulg'amlarga o'zgaruvchan chastotali kuchlanish beriladi. Bu mashinalar ham motor, generator va sinxron kompensator rejimlarida ishlashi mumkin.
Bu mashinalarning xarakteristikalari (sinxron ish rejimida) va ko'ndalang qo‘zg‘atish chulg'amining roli ham xuddi bo‘ylama- ko‘ndalang o'qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan mashinalarniki kabi bo'ladi.
Hozirgi vaqtda Ukrainaning Burshtinsk IES da ikkita 200 MW li ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atishli asinxronlashtirilgan turbogenerator ishlab turibdi. Ta'kidlash lozimki, Rossiyada Ukraina bilan hamkorlikda quvvati 800 MW bo‘lgan asinxronlashtirilgan turbogeneratorning loyihasi ustida ham ishlar olib borilmoqda.
0‘ta o‘tkazuvchan qo‘zg‘atish chulg‘amli sinxron
mashinalar
Hozirgi vaqtda qo‘zg‘atish chulg'amlari o‘ta o'tkazuvchan materiallardan tayyorlangan sinxron mashinalarga bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda. Ayrim metallar absolut nul temperaturada o‘ta o'tkazuvchanlik kuzatiladi. 0‘ta o‘tkazgichlarning qarshiligi amaliy jihatdan nulga teng. Bu holda ma'lum bir kritik temperatura va magnit induksiya hamda kritik tok zichligi saqlanadi. Hozirgi vaqtda sanoat maqsadlari uchun niobiy va titan yoki niobiy va qalay qotishmalaridan tayyorlangan o‘ta o‘tkazuvchan materiallar foydalanilmoqda*.
Bunday o‘tkazuvchan materiallar uchun kritik temperaturaning qiymati 4,2-5 K, kritik tok zichligi 1000 A/mm
?, kritik magnit induksiyasi 4^-7 T ga teng.
Elektr mashinalari chulg'amlari uchun o‘ta o‘tkazuvchan materiallarni qoMlash kichik kesim yuzasidan juda katta tok oMkazib kuchli magnit maydonni hosil qilishga va chulg‘amning massasini kamaytirishga imkoniyat yaratadi.
0‘ta oMkazuvchan materiallar asosan o‘zgarmas tok manbasiga ulanadigan mashinalaming qo‘zg‘atish chulg'amlari o‘rnida
ishlatildi ' UJepeMembeecKUU H.H., KajiaumuKoe B.K., njieuiyHoe H.H. u dp. CeepxnpoeodHUKoebte 3neKmpmecKue Mauumbi. —Jl., BHHH neKmpoMaui, 1983.
(25.2-rasm). Ularning o‘zgaruvchan tok oqadigan chulg‘amlar o'rnida ishlatish texnik jihatdan mumkin, lekin elektr isroflar va juda kichik kritik toklar bo‘lgani uchuri qulay hisoblanmaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda sinxron va o‘zgarmas tok mashinalari qo‘zg‘atish chulg‘amlari uchun ishlatiladigan o‘ta o‘tkazuvchan materiallarni yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.
Qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘ta o‘tkazuvchan materialdan tayyorlangan bo‘lsa, kritik temperaturada bu materialni tutib turish uchun maxsus sovitish qurilmasi ichiga solish kerak.
Bunday sovitish qurilmasiga kriostat deyiladi. Kriostat Dyuar idishi bo'lib, uning ichida qo‘zg‘atish chulg‘ami joylashtirilib suyuq geliy bilan sovitilib turadi. Issiqlikni kamaytirish maqsadida bu idish azot bilan toMdirilgan boshqa idish ichiga joylashtiriladi. Sinxron mashinalarda kriostat rotorda joylashtiriladi, o'zgarmas tok mashinalarda esa kriostat statorda joylashtiriladi.
0‘ta o‘tkazuvchan materialdan bolgan chulg‘amda kuchli magnit maydoni hosil bo‘lgani uchun, odatdagi magnit o'tkazgichni ishlatsa magnit isroflar ancha ko‘payib ketadi,
va shu sababli, yakor chulg‘ami joylashtirilgan muhit pazsiz yoki nomagnit materialdan yasaladi, natijada mashinaning og‘irligi kamayadi va o‘lchamlari kichiklashadi.
Ferromagnit po‘lat o‘zakning bo‘lmasligi esa mashinaning xarakteristikalariga yakor reaksiyasining ta'siri sezilarsiz bo‘ladi. Oddiy mashinalarga qaraganda o‘ta o‘tkazuvchan chulg'amli mashinalarda havo oraIig‘ida magnit induksiyasining qiymatini 3+4 marta, chizig‘iy yuklamani esa 1+2 marta oshirish mumkin bo‘ladi, natijada mashinaning aktiv hajmi 4,5+8 martagacha kichiklashadi.
Elektr mashinalarida o‘ta o‘tkazuvchan materiallardan tashqari krioo‘tkazuvchan materiallarni ham qo‘llash ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bunday material juda kuchli sovitilganda o'zining
qarshiligini kamaytiradi, lekin o‘ta o‘tkazuvchanlik xossaga ega bo‘lmaydi. Krioo‘tkazuvchan materialga tozalangan aluminiy misol bo‘ladi. Alyuminiy 20 K temperaturada o‘zining qarshiligini 10
4 marta kamaytiradi. Krioo'tkazuvchan materiallarni transformatorlar chulg‘amlarini tayyorlash uchun ham ishlatish mumkin.
Katta quwatli istiqbolli sinxron mashinalar
Turbogeneratorlar. Hozirgi vaqtda elektr mashinasozligidagi muammolardan biri katta quwatli elektr mashinalarini yaratishdir. Bu muammoni amalga oshirish uchun elektr mashinasozligida sifatli elektrotexnik va konstruksion materiallarni va effektiv sovitish sistemalarini qo‘llash lozim bo‘ladi.
Bu sohada turli xorijiy va MDH mamlakatlarida katta tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda Rossiyada quwati 500 va 800 MW, aylanish chastotasi 3000 ayl/min bo‘lgan turbogeneratorlami ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 1976-yildan buyon Rossiyada quwati 1200 MW bo‘lgan ikki qutbli turbogenerator Kostroma IES da ishlatib kelinmoqda. Bu turbogeneratoming stator chulg‘ami
bevosita suv bilan, rotor chulg‘ami esa vodorod bilan sovitiladi. Xuddi shuningdek GFR va Shveysariya davlatlarida quwati 1200 MV Abo‘lgan ikki qutbli turbogenerator, AQSH da esa quwati 1200 MV A bo‘lgan ikki qutbli turbogenerator va quwati 1120 MV A bo‘lgan ikki qutbli turbogeneratori yaratilgan. AES da qo‘llaniladigan quwati 500 MW bo‘lgan to‘rt qutbli turbogeneratori Rossiyada yaratilgan bo‘lib, uning chulg‘amlari suv bilan sovitiladi. Xuddi shuningdek Rossiyada quwati 1000 MW bo‘lgan to‘rt qutbli
turbogeneratori ham yaratillib, uning stator chulg‘ami suv bilan rotor chulg‘ami esa vodorod bilan sovitiladi. Fransiyada esa eng katta quwatli 1480 MW, GFR da esa quwatlari 1360 va 1200 MW bo‘lgan to‘rt qutbli turbogeneratorlari yaratilgan. Xuddi shunday quwatli to‘rt qutbli turbogeneratorlar AQSH da ham tayyorlangan. Hozirgi vaqtda Rossiyada chulg‘amlari suv bilan sovitiladigan quwati 800 MW aylanish chastotasi esa 3000 ayl/min bo‘lgan ikkita ikki qutbli turbogenerator ishlatilmoqda.
Gidrogeneratorlar. Keyingi vaqtlarda Rossiyada Krasnoyarsk GES uchun quwati 590 MV A, aylanish chastotasi 90 ayl/min va Sayano- Shushensk GES uchun esa quwati 711 MV A, aylanish chastotasi 142 ayl/min bo‘Igan gidro-generatorlar yaratilgan bo‘lib, stator chulg‘ami suv bilan rotor chulg‘ami esa havo bilan sovitiladi. Bundan tashqari Nurek GES (Tojikiston) uchun ishlab chiqarilgan, quwati 353 MV A, aylanish chastotasi 200 ayl/min bo‘lgan gidrogenerator ishlatilmoqda. Generatorning stator va rotor chulg‘amlari
suv bilan, stator poMat o‘zagi esa havo bilan sovitiladi. Rogun GES (Tojikiston) uchun quwati 667 MV-A, aylanish chastotasi 167 ayl/min boMgan va stator hamda rotor chulg‘amlari suv bilan sovitiladigan gidrogeneratorlar yaratilgan.
Shvetsiyada quwati 190 MV A, aylanish chastotasi 375 ayl/min boMgan gidrogeneratori yaratilgan. Agarda bugenerator faqat suv bilan sovitilsa uning quwatini 1000 MW ga oshirish mumkin boMar ekan. Eng katta quwatli gidrogeneratorlarning ayrim parametrlari 25.1- jadvalda keltirilgan.