F (155 °C) klassiga: organik lok va kremniy organik smolalar qotishmasiga shimdirilgan slyuda, asbest va shisha tolalar asosidagi materiallar kiradi. Ular o ‘rta va katta quvvatli EM larini tayyorlashda keng ishlatiladi.
H (180 °C) klassiga: kremniyorganik smolalarga shimdirilgan slyuda, asbest va shisha tolalar asosidagi materiallar kiradi. Uiar og‘ir sharoitda (konchilik va metallurgiya sanoatlarida, transportda va boshq.) ishlatiladigan maxsus EM larini tayyorlashda qo ‘llaniladi.
C (180 °C dan yuqori) klassiga: slyuda, asbest, shisha, kvars, farfor, shisha tolah materiallar kiradi. Ular EMlari va tranformatorlaming maxsus maqsadli turlarini tayyorlashda ishlatiladi.
Zamonaviy EM larining ko‘pchiligida V va F klassdagi materiallar asosida tayyorlangan izolatsiyalar qo‘llaniladi. Bunday EM larida kompozitsion elektr izolatsiya materiallari ham keng qo‘llanilmoqda. Mazkur materiallar sintetik tola asosida tayyorlanadigan har xil egiluvchan izolatsiya materiallari bilan polimer yupqa pardalaming birikmasidan hosil qilinadi.
Elektr mashinalarining magnit zanjiri va uni hisoblash tartibi
Elektr mashinaning magnit zanjiri uning konstruksiyasiga bog‘liq holda havo oralig‘i va po‘lat qismlaridan iborat bo‘ladi.
Ayon qutbli sinxron mashinalar va o'zgarmas tok mashinalarida
magnit zanjimi quyidagi qismlardan iborat (O ‘T mashinasi uchun qavs ichida raqamlar orqali belgilangan), ya’ni: havo oralig‘i dd 2 ta (“1—2” va “5—6”), 2 ta qutb osti “effektiv havo oralig‘i” dd(mya2) (bu oraliqlar faqat katta quwatli ayon qutbli SM lar uchun), kompensatsion chulg‘ami bo‘lmagan an'anaviy konstruksiyali 0‘T mashinalarida yakor o‘zagi tish qatlami balandligi hz2 2 ta (“2—3” va “4—5”) [kompensatsion chulg‘amli 0‘T mashinasida esa qo‘shimcha ravishda magnit zanjiming mazkur chulg‘am joylashgan qismidagi (33.1,5-rasm) tish qatlamining balandligi hz] 2 ta], 2 ta qutbning o‘zaklari h'ra (“1—8” va “6—7”), katta quwatli ayon qutbli 0‘T mashinasi qutb o‘zaklarining stator yarmosi bilan tutashtirilgan joydagi magnit qarshilikni hisobga olish uchun ishlatiladigan 2 ta (“7—7”’ va “8—8'”) “effektiv havo oraliq — dd(m yaI)” hamda stator (“7'—8'”) va rotor (“3—4”) yarmolaridan iborat deb qaraladi (33.1,b-rasm).
33.1-rasm. Katta quvvatli ayon qutbli sinxron mashinaning (a)'va kompensatsion chulg‘amsiz ayon qutbli o'zgarmas tok mashinasining (b) magnit zanjirlari; katta quvvatli 0‘T mashinasi bosh qutb uchligida joylashtiriladigan kompensatsion chulg ‘am uchun pazlar (d).
Noayon qutbli sinxron va asinxron mashinalar hamda statorining konstruksiyasi asinxron motorlarniki bilan moslashtirilgan 0‘T mashinalari magnit sistemasida odatdagidek qutb o‘zaklari (bunday noayon qutbli 0‘T mashinasida qo‘zg‘atish chug‘ami stator pazlarida joylashtiriladi) va magnit zanjirning kompensatsion chulg‘ami uchun tish qatlami bo‘lmaydi.
Noayon qutbli sinxron mashina (ikki qutbli turbogenerator)nmg magnit zanjiri: (“1-2” va “5-6”) — havo oraliq, (“2—3” va “4—5”) - rotor po‘lat o‘zagining tish qatlami, (“1—8” va “6—7”) — stator po‘lat o‘zagining tish qatlami, (“3—4; 3'—4'” va “7—8; 7'—8'”) — tegishlicha rotor va stator yarmolaridan iboratdir (33.2,a-rasm).
To‘rt qutbli asinxron va OlT mashinalarining magnit zanjiri 33.2,b- rasmda ko‘rsatilgan, ya’ni: (“3—4” va “7—8”) — havo oraliq; (“4—5” va “6—7”) — rotor (0‘T mashinalari uchun yakor) po‘lat o‘zagining tish qatlami; (“1—8” va “2—3”) — stator (0‘T mashinalari stator pazlarida tarqalgan holdagi qo‘zg‘atish chulg‘ami pazlari qismi) tishli qatlami; (“1— 2” va “5—6”) — tegishlicha rotor (yakor) va stator yarmolaridan iborat.
Magnit oqimning kattaligi MYK F ,z ga to‘g‘ri mutanosibda bo‘lib, magnit zanjiri barcha qismlarining magnit qarshiliklari yig‘indisi Rm ga esa teskari mutanosibda bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |