Tafakkur — inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o‘rab olgan dunyodagi o'zaro bog'langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum bo'lmagan voqea, hodisalarni qidirish, kelajakni ko'ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo'ladi.
Taqlid qilish — biror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni takrorlash, aynan o'zlashtirish.
Temperament — 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jihatlarini bildiradigan turg'un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari; 2) shaxsning dinamik xususiyatlari: intensivlik, tezlik, temp, psixik jarayonlar va holatlar ritmi.
Test — 1) standart shakldagi topshiriqlar bo'lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o'tkaziladigan sinovdir;
aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalaniladigan tarqatma material, savolnoma; 3) shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat baholarini oldindan berilgan ba’zi standart — test me’yorlari bilan qiyosiy o‘rganishga mo'ljallangan psixologik tadqiqotlarning standartlashtirilgan metodi.
Testdan o‘tkazish — ta’lim oluvchining bilim va malakalarini, psixik rivojlanishi, ijtimoiy tajribasini aniqlash uchun savollar tizimining qo'yilishidir.
Texnologiya — ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ashyoning holati, xususiyati, shaklini o'zgartirish metodlari to'plami.
Tizim — 1) yaxlit ta’limni, uning birligini belgilovchi bir-biri bilan qonuniy bog'liq aksariyat unsurlar (predmetlar, hodisalar, qarashlar, bilimlar va boshqalar); 2) qismlarning ma’lum bir bog'lanishlarda, harakatlarning o'ta izchillikda rejali, to'g'ri joylashish tartibi.
Tushuncha — atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish.
Shaxs — 1) kishilarning ijtimoiy xulqi, insonlar orasida o'zini tutishini aks ettiradigan ruhiy sifatlari majmuini bildiruvchi tushuncha;
turli-tuman sifatlar tizimidagi kishining ruhiy, ma’naviy mohiyati;
ijtimoiy mohiyat kasb etgan va o'z-o'zini anglash qobiliyatiga ega bo'lgan kishi.
Shaxsiy fazilat — shaxs tomonidan o'zining axloqiy, ruhiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o'mini anglay olish xususiyati.
Ehtiyoj — individning biror narsa-hodisaga muhtojligi va kishining ruhiy quvvati hamda faolligi manbayi hisoblanadigan asosiy xususiyati.
Ehtimollik — tasodifiylik, pedagogik hayotdagi o'zgarishlarni aniq aytib berish mumkin bo'lmagan, ehtimol kutilgan jarayon.
Estetik tarbiya — go'zallikni his qilish, atrof-muhitdagi go'zallikni payqay olish va tushunishga bo'lgan qobiliyatni tarbiyalash.
E’tiqod — shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning haqqo- niyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog'langan, uning atrof-muhitga hamda o'zining xatti-harakatlariga bo'lgan subyektiv munosabati.
Vazifa — maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining oydinlashtirilishi.
Verbal — ifodali, og'zaki.
О‘yin — faoliyatning bir turibo‘lib, ijtimoiy tajribalami o‘zlashtirish va bunyod etishga, o‘z xatti-harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo'ladi.
О‘qitish — ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan o‘qituvchining faoliyati.
O‘qitish — 1) ta’limning o‘ziga xos usuli bo'lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) o'quvchi va o'qituvchi, o'quvchining boshqa o'quvchilar bilan aloqasi natijasi o'laroq atrof-muhit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ulaming o'rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni.
O‘qitish metodlari — 1) o'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish jarayonida qo'llaniladigan usul; 2) o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga yangi o'quv materialini tushuntirish usuli.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati — ijtimoiy pedagogik fenomen bo'lib, ijodiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.
O‘z-o‘zini baholash —shaxsning o'z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay olishi.
O‘z-o‘ziiii tarbiyalash — 1) shaxsga xos bo'lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyat; 2) shaxsning o'z jismoniy, ruhiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
O‘qitish vazifasi — ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari.
O'quvchilarni kasbga yo'naltirish - o'quvchi-yoshlarga kelajakda o'z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko'rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish — texnik tadbirlarning asoslangan tizimi.
O‘quv-bilish faoliyati — insoniyat tomonidan to'plangan madaniy boylikni egallash bilan bog'liq faoliyat. O‘quv faoliyati — o'quvchilarning yangi bilim, malaka va ko'nikmalarni egallash jarayoni.
Qiziqish — shaxs harakatiga sabab bo'ladigan faoliyat yo'nalishining ongli shakJi.
Yaxlitlik — pedagogik jarayonning sintezlashgan sifati bo'lib, uning oliy darajadagi taraqqiyotini, unda faoliyat ko'rsatayotgan subyektlar, obyektlar faoliyatini ta’minlovchi jarayondir.
Yaxlit pedagogik jarayon — ta’lim va ta’lim jarayonida bilim va tarbiya berishning o'zaro singib ketgan, yaxlit holga kelgan jarayoni.
ASOSIY VA QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |