Asosiy tushunchalar va atamalar:
Axborot texnologiyalari, vazifalari, mikroolam, pedagogik va axborot texnologiyalarni uyg'unlashtirish, pedagogik texnologiyalar tarkibiga kiradigan о'qitish metodlari.
AN’ANAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI.
An ’anaviy ta 'lim texnologiyasining о ‘ziga xos xususiyatlari, afzalligi, kamchiliklari.
O'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo'llari.
An 'anaviy darslarni takomillashtirish masalalari.
Hozirgi zamon ta’lim muassasalarida o‘z etakchiligini saqlayotgan an’anaviy ta’lim jarayoni oldiga qo'yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda.
Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko‘ra o'quv jarayonini tashkil etishning an’anaviy tuzilishi o‘quvchihrning fikrlash qobiliyatini etarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini, fanga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirmaydi, faol fikrlashni vujudga keltira olmaydi, hamda bilimni e’tiqodga, e’tiqodni esa, ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay olmaydi.
Haqiqatan ham an’anaviy ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim jarayoni bilan taqqoslaganda ular o‘rtasidagi farq aniq ko‘zga tashlanadi.
Taqqoslanadig- an jihatlar
|
An’anaviy ta’lim jarayoni
|
Pedagogik та axborot texnologiyalari uyg'unlashgan jarayon
|
Pedagogik
munosabatlar
tamoyili
|
subyekt-obyekt
|
Sub’ekt — subyekt.
|
Pedagogik
munosabatlar
|
avtoritar
|
insonparvarlashtirilgan vademokratiyaga asoslangan o'zaro hamkorlik.
|
Darsning
maqsadi
|
Bilimlami o'zlashtirish, ko'nikma va malakalami hosil qilish, o'quv materialini tushuntirish
|
Shaxsning qiziqishi, motivini rivojlantirish, aqliy. ma’naviy-ahloqiy, ruhiy vajismoniy barkamolligini ta’minlash.
|
Darsning
mazmuni
|
Dastur talablari, darslikdagi o'quv materiallari
|
Bilish usullarini egallash, atrof muhitdagi, jamiyat rivojidagi ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik o'zgarishlami anglash, shaxsni rivojlantirishga imkon beradigan o'quv va qo'shimcha materiallar.
|
Ta’limning harakatlantir- uvchi kuchi
|
Tahdid, buyruq, ta’qiqlash, jazolash, baho, boshqalarga taqqoslab shaxsni kamsitish yoki rag‘batlantirish
|
Bilish quvonchi, o'zidagi ijobiy o'zgarishlarni his qilish, o'ziga va o'z bilimiga ishonchning paydo bo'lishi, o'zini va boshqalarni hurmat qilish, o'zaro hamjihatlikka asoslangan qulay ijtimoiy-psi.xologik muhit.
|
Darsda faoliyat usuli
|
Tushuntirish, takrorlash, mashq qilish, yodlash, namunaga muvofiq amaliy ish bajarish
|
O'quv topshiiiqlarni hamkorlikda bajarish, tadqiqotlar o'tkazish, muammoli suhbat, aqliy hujum, munozara, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida insonparvarlik munosabatlarining shakllanishi.
|
Darsni tashkil etish
bosqichlari
|
Uy vazifasini so‘rash, yangi bilimlarni o'rganish, umumlashtirish, takrorlash, mustahkamlash, baholash
|
Muammoli savollarga javob topish, awal o'zlashtirgan bilimlarini yangi va kutilmagan vaziyatlarda qo'llash, individual va guruhlarda o'quv topshiriqlami bajarish, tadqiqotlar, izlanishlar orqali umumiy yechimga kelish.
|
O'qituvchining
roli
|
Bilim va axborot manbai,
|
O'quvchi taqdiriga javobgar yakka hokim hamkor. do'st, m&slahatchi, muammoni hal qilishda, bilim-larni egallash usullarini o'rgatuvchi g'amxo'r ustoz.
|
O'qituvchining
vazifasi
|
Bilimlarni o'zlashtirishning eng oson shaklidabayon etish;
|
O'quv va amaliy vazifalami hal etishda o'quv-chilaming faol ishtiroki va o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish.
|
0‘quvchining
vazifasi
|
Axborotni qabul qilish, yodlash, axborotni qayta ishlamagan holda berilgan savollarga shu shaklda javob berish, tegishli bahoni kutish
|
O'quv topshiriqlari va muammoni hal etishning individual, guruhli izlanishlardai shtirok etish, doimo o'z bilimini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida muntazam va sidqidildan mehnat qilish, o'zini, iqtidorini namoyon etish.
|
Ta’limning yakuniy natijasi
|
DTS va dastur talablarigamos bilim, ko'nikma va malakalaming shakllanishiga erishish
|
O'quvchilarning aqliy, ma’naviy- ahloqiy, jismoniy, ruhiy barkamolligiga erishish, bilimlami egallash usullari, o'zlashtirgan bilimlarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llashga o'rgatish, o'z ustida mustaqil va muntazam ishlash ko'nikmalarini hosil qilish.
|
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko'rinib turibdiki, biologiyani o'qitishda pedagogik va axborot texnologiyalardan uyg'un ravishda foydalanish uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo'yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirish imkonini beradi.
Taniqli didaktlar va metodistlar tomonidan ishlab chiqilgan va amalda qo‘llanilgan an’anaviy dars turlariga tarixiy va mantiqiy birlikning metodologik tamoyillariga asosan yondoshish lozim, har bir dars o'z vaqtida didaktika yoki xususiy metodikaning yutug'i sanalgan tegishli didaktik maqsadlar va mezonlarga javob bergan va amaliyotda muvaffaqiyatli qo'llanilganligini qayd etish zarur. An’anaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan darsni ta’lim jarayonida tutgan o'rni va qimmatini kamaytirmagan holda, hozirgi zamon talablari asosida ularni takomillashtirish yo'llari ishlab chiqildi. Mazkur darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor karatildi:
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish.
Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish. Bunda pedagogik munosabatlarda hukmronlik qilayotgan avtoritar yondoshuvga barham berish.
Sub’ekt-subyekt munosabatlarni vujudga keltirish. Ta’lim-tarbiya jarayonini o'quvchilar bilan hamkorlikda tashkil etish.
Ta’lim jarayonini demokratizasiyalash. o'quvchilarga o'z fikri va nuqtai nazarini erkin bayon etish, o'quv topshiriqlarini xilma-xillashtirish orqali ularga tanlash huquqini berish.
O'quvchi shaxsini hurmat qilish, ularni kamsitish va o'rinsiz tanbehga barham berish.
O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o'zaro hamjixatlikka asoslangan qulay ijtimoiy-psixologik muhit yaratish.
O'quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish.
Biologiya darslarida pedagogik va axborot texnologiyalarini uyg'unlashtirish;
Biologiyani o'qitishda didaktik o'yin texnologiyasiga mansub konferensiya, matbuot konferensiyasi, ijodiy o'yin, ishbilarmonlar o'yini, o'yin mashqlar, hamkorlikda o'qitish texnologiyalarining barcha metodlari, modulli, muammoli ta’lim va axborot texnologiyalarini uyg'unlashtirgan holda o'z o'rnida foydalanish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |