0'qituvchining pedagogik faoliyati va о ‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo 'llarini belgilang.
Bajarilgan ishlarni darsning borishiga muvofiq holda joylashtiring.
Dars ishlanmasini loyihalang va uni talab darajasida jihozlang.
PEDAGOGIK ATAMALARNING QISQACHA LUG‘ATI
Avtokratlik — hokimlik, kishining buyruqbozlik, ko'rsatmalar berish va jazolash kabi shakllarda boshqalarga (masalan, o'qituvchining o'quvchi) nodemokratik usullardan foydalangan holda ta’sir etishga moyilligi.
Agressiviik — dushmanlik, boshqalarga, atrofdagilarga zarar yetkazish, tajovuz qilish, noqulaylik tug'dirish maqsadini amalga oshiruvchi shaxsning xususiyati.
Aksiologiya — qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot, aksiologik qadriyatlar mohiyati.
Aksiologik yondashuv — insonparvarlik pedagogikasiga xos bo'lgan xususiyat, bunda inson ijtimoiy qadriyat va jamiyat rivojlanishining pirovard maqsadi sifatida qaraladi. Aksiologik tafakkur o'zaro aloqadagi ham o'zaro harakatdagi dunyo konsepsiyasiga asoslanadi.
Anketalashtirish — anketa yordamida ijtimoiy, iqtisodiy, demografik, psixologik, pedagogik va boshqa tadqiqotlar uchun dastlabki materiallarni yig'ish jarayoni.
Antropologiya — odamning biologik tabiatini har tomonlama o'rganuvchi fan.
Assimilatsiya — yangi sharoitda tayyor malaka va ko'nikmalardan jiddiy o'zgarishsiz foydalanish.
Autotrening — o'zini-o'zi ishontirish, shaxsning o'zini-o'zi boshqarishga qaratilgan maxsus mashqlar to'plami. Autotreningdan shaxsning o'z ruhiy holati va xulqini boshqarishda foydalaniladi.
Axloq — shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari, ijtimoiy ong shakllaridan biridir.
Bayon qilish — o'qituvchi tomonidan o'rganilayotgan material mazmunini izchil so'zlab berish metodi.
Bilim — narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar haqida fan tomonidan aniqlangan tushunchalar tizimi.
Bilish faoliyati — o'quvchilarning idrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy faoliyat birligi.
Boshqarish — tashkil etish, qaror qabul qilishga qaratilgan faoliyat, obyektni o'z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish, tartibga solish, ishonchli axborotlar asosida tahlil qilish va yakun yasash.
Burch — muayyan jamoaviy va axloqiy majburiyatlarni his qilish, uning zarurligini anglash.
Davlat ta’lim standarti — uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo'yiladigan minimum talablar.
Didaktika — ta’lim va o'qitish nazariyasi hamda o'qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi.
Didaktik-o‘yin texnologiyasi — o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashtirilgan jarayon.
Dunyoqarash — shaxsning tafakkur tarzi va yo'nalishini aks ettiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o'ylar tizimi.
Faoliyat — 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi.
Ideal — oliy maqsad, biror narsaning namunasi, shaxs, guruhlaming xatti-harakatlari, intilishlari intihosi.
Idrok etish malakasi — o'quvchilarning xususiyatlari — ularning o'quv muammmolarni hal etish maqsadida muloqotga hozirligini aniqlash uchun zamr bo'lgan malaka.
Ijtimoiy guruh — jamoa, umumiy maqsad yo'lida shaxslarning o'zaro munosabatlari, tashkiliyligi va intilishlari bilan bir-biriga monand turg'un sotsial guruh.
Ijtimoiy idrok etish — kishilar tomonidan ijtimoiy obyektlarning idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi. Izohlash, tushuntirish — og‘zaki izoh, yoritilishi lozim bo'lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
Ilmiy yangilik — muayyan davrga nisbatan ma’lum bo'lmagan va pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinmagan nazariy, amaliy xulosalar, ta’lim qonuniyatlari, uning tuzilmasi, mexanizmlari mazmuni, tamoyillari va texnologiyalari.
Insonparvarlik — 1) insonning insonga bo'lgan mehri-muhabbati, uning shani,qadrini hurmat qilish, kishi manfaatlari uchun qayg'urish g'oyalari bilan sug'orilgan va kishilar o'rtasidagi tenglik, haloUik, insoniy munosabat tamoyillariga asoslangan dunyoqarash; 2) insoniylik va insonparvarlik, insonlarning bunyodkorligiga ishonchi.
Individuallik — shaxsning betakror biosotsiologik xususiyatlari.
Intellekt — shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan o'z- lashtirishini belgilaydigan tug'ma va o'zlashma barcha aqliy qobiliyatlar to'plami.
Ishontira olish — axborot oqimining shaxs tomonidan tanqiddan xoli, erkin ravishda o'zlashishiga erishishni ko'zlagan ruhiy ta’sir etish metodi.
Kasbiy-pedagogik muloqot — pedagog va tarbiyalanuvchining o'zaro zich ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi bo'lib, uning mazmuni axborotlar ayriboshlash, tarbiyaviy ta’sir o'tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o'zaro munosabatlarini tashkil etish hisoblanadi.
Kasbiy tayyorgarlik — bo'lajak mutaxassisning psixologik, psixo- fiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.
Kasbiy bilimdonlik — pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy tayyorlik birligi.
Kognitiv — bilish jarayoni.
Kommunikatsiya — kishilarning o'zaro muloqotlarida axborotlar almashish tavsifi.
Kommunikativ ko‘nikma — muomala qila olish, ko'nikmasi.
Kommunikativ faoliyat — pedagogning tarbiyalanuvchilar, boshqa pedagoglar, jamoatchilik vakillari, ota-onalar bilan maqsadga muvofiq o'rnatgan munosabatlari.
Konflikt — qarama-qarshi qarashlar, fikrlar to'qnashuvi, jiddiy ziddiyat, qizg'in bahs.
Konstruktiv faoliyat — u o'zida konstruktiv mazmun (o'quv materiallarini tanlash va joy-joyiga qo'yish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv — operativ (o'zining va talabaning xatti- harakatlarini rejalashtirish), konstruktiv — material (pedagogik jarayonning o'quv-material bazasini loyihalashtirish) ni birlashtiradi.
Kreativlik — betakror qadriyatlar yaratuvchi, nostandart yechimlar qabul qiluvchi individning botiniy qobiliyati.
Kuzatish — biror pedagogik hodisa bo'yicha konkret faktik material olish maqsadini ko'zlagan idrok etishning shakli.
Ko'nikma — biror faoliyatni o'zlashtirilgan usuli bo'lib, o'quv jarayonida o'rganish natijasida qo'lga kiritilgan, beixtiyor, avtomatik tarzda bajariladigan harakat.
Ko'rsatma — ehtiyojning mavjudligi va obyektiv vaziyat hamda uni qondirish bilan bog'liq ravishda oldindan shaxslarning ma’lum faolligini tayyorlash, ulami joylashtirish.
Laboratoriya ishi — asbob-uskunalar va boshqa texnik moslamalardan foydalangan holda tajribalar o'tkazish, biologik jarayonlarni maxsus jihozlar yordamida o'rganish.
Leksiya (ma’ruza) — odatda biror fan mazmunini og'zaki bayon qilishga asoslangan o'quv jarayoni, metodi.
Loyihalash malakasi — malakaning maxsus turi bo'lib, kutilgan pedagogik natijalarni konkret ta’lim va tarbiya rejalarida aks ettiradi.
Loyihalash texnologiyasi — muayyan maqsadni amalga oshirish uchun o'quvchilarning loyihalash ko'nikmasini rivojlantirishga asoslangan texnologiya.
Malaka — ko'nikmalaming avtomatlashgan ko'rinishi, shaxsning o'zi egallagan bilimlari asosida ularning yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir.
Malaka tavsifnomasi — o'qituvchining nazariy va amaliy bilimlariga qo'yiladigan umumiy talablar. Maqsad — faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Matematik va statistik metod — bu metod og‘zaki so'rov va eksperiment natijalariga ishlov berishda, shuningdek, o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi miqdoriy aloqadorlikni o‘matishda qo'llaniladi.
Mashq — o‘zining bilimlarini chuqurlashtirish hamda tegishli malaka va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida harakatlarni og'zaki va yozma ravishda takroran amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |