14.2. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida innovatsiya marketingining
roli..................................................................................................... 267
14.3. Innovatsiyalar bozorni davlat tomonidan tartibga solish................ 270
15 - b о b.
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT
MARKETINGI
(G. Xodjamuratova va A. Azlarovalar)
15.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining mohiyati va ahamiyati..... 277
15.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining o‘ziga xos xususiyatlari.... 280
15.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingida reklama............................... 286
15.4. Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini rivojlantirishning muhim
yo'nalishlari........................................................................................293
XULOSA (J. Jalolov)............................................................................ 305
TAYSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................308
«Tinira bilmay, xotirjamlikka berilmay,
doimo izlanish, izlanish va yana izlanish va
tadbirkorlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik
hisobidan yashashimiz kerak»
Islom Karimov
MUQADDIMA
Bill Geyts, kompyuterlar biznesining geniysi, o ‘zining «Fikr
tezligidagi bizness» nomli bestsellerida «Biznes yaqin o‘n yilda o ‘tgan
ellik yildagidan ko‘ra ko‘proq o'zgaradi»1 deb bashorat qilgan.
Shu kabi
fikrni zamonamizning ko‘plab nomdor darg‘alari ham ta’kidlaganlar.
Darhaqiqat, insoniyat tafakkuri mevasi ilm-fan va texnika taraqqiyoti
shundan dalolat beradiki,
kishilar faoliyati, biznes turlari tarkib,
miqdor va sifat jihatidan uzluksiz va shiddatli
rivojlanish xususiyatiga
ega ekan. Lekin, biznesning qaysi turi qayerda?, qachon va qanday
paydo bo‘ldi-yu?, qaysi turi qayerda? qachon va qanday o ‘z faoliyatini
t o ‘xtatadi?, qaysi tur (assortiment),
qanday miqdor va sifatdagi
tovarlar ishlab chiqaradi?, xizmat ko‘rsatadi?, ular qanday qilib,
kimga va qancha miqdorda sotiladi? kabi bir qancha savollarga esa faqat
iqtisodiyot fani aniqrog‘i, marketing javob beradi.
Haqiqatdan ham, marketing va marketing
konsepsiyasi insonlar
(iste’molchilar) ehtiyojinini qondirish zaruriyati asnosida ixtiro etilgan.
Demak, ehtiyoj va imkoniyat bo‘lmasa, hech qanday voqelik yuz
bermaydi,
rivojlanish, innovatsiya jarayoni bo‘lmaydi.
Ehtiyoj va manfaat kishilami faoliyatga undaydi, jamiyatni harakatga
keltiradi. Har bir individ o ‘z qobiliyat va imkoniyati darajasida alohida
biznes turi bilan mashg‘ul boMadi. H ar bir biznesmen o ‘zining
mahsulotidan tashqari boshqa xildagi mahsulotni ham iste’mol qilishi
zaruratidan esa ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tovar ayirboshlashga
ehtiyoj yaratadi. «...Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilayotgan sharoitidayoq
vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir
ishlab chiqarish usulidan
boshqasiga o‘tib, bir necha ming yillardan beri mavjud bo'lib, rivojlanib
kelmoqda»2.
Do'stlaringiz bilan baham: