J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «sifat menejmenti» fanidan



Download 9,72 Mb.
bet18/219
Sana30.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#197758
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   219
Bog'liq
2 5190768706531101516

1.-rasm. Konstruktsiya sifati.

1-rasmda konstruktsiya sifatining uning bahosi va tannarxiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Grafikning tannarx va baho egri chiziqlarining kesishuv nuqtalari Q1 va Q2 bilan ajratilgan qismi rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri chiziqlari orasidagi eng katta masofani belgilovchi Q0 nuqtasi eng yuqori foydani ta’minlovchi konstruktsiya sifatini ifodalaydi.

Raqobatlashuvchi mahsulotlar mavjud bo’lgan sharoitda korxona mahsulotini realizatsiya qilishda iqtisodiy strategiya va taktikaning turli variantlaridan eng muqbilini tanlashi kerak. Bunda sarf-harajatlar ortiqroq bo’lsada yuqori sifatni ta’minlovchi Q3 konstruktsiya sifatida yoki tannarxning pasaytirilishiga asoslangan Q4 konstruktsiya sifatida to’xtash mumkin.

Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarning umumiy miqdori asosiy ishlab chiqarish sarf-harajatlari hamda nazoratga va yaroqsiz, defekt mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo’ladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli o’tkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo’qotishlar shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-harajatlari ortadi.





2 -rasm. Boshqaruv tsikli.

Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, texnikaviy nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda sifatni boshqarishning boshqa uslublarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Boshqaruv o’zi nima? Boshqaruv - korxona sharoitida aylanma tsiklda amalga oshuvchi “rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat-boshqaruv” jarayonlarining yig’indisidir. 2-rasmda boshqaruv tsikli keltirilgan.

Boshqacha aytganda boshqaruvning bu tsikli korxonada sifatni boshqarishning asosi hisoblanadi.



Rejalashtirish funktsiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik koeffitsentini, korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.







Amalga oshirish funktsiyasi konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qo’llanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni o’z ichiga oladi.

Nazorat funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi.

Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni o’z ichiga oladi.

Yuqorida sanab o’tilgan rejalashtirish - amalga oshirish - nazorat -boshqaruvning ta’siri funktsiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha bo’limlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qo’llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan o’z vazifalarini bajarishlari lozim.

SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish - bu “iste’molchilaming ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo’lgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”


  1. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari

Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini baholash zarurdir. Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasiga kvalimetriya deyiladi.

Mahsulotning sifati darajasini baholash mahsulot sifatini sistemasida zaruriy boshqaruv ta’sirini amalga oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi.

Umumiy ko’rinishida mahsulot sifatini baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin.
(4. rasm)


I


I

4.- rasm. Mahsulot sifati darajasini baholash bosqichlari

Bosqichlarning mazmuni va ularning har birida bajariladigan ishning hajmi mahsulot sifatini baholashdan qo’yilgan maqsadga bog’liqdir.



Baholashdan maqsad:

Ko’rib chiqish uchun sifatning qaysi ko’rsatkichlarini tanlash, qanday aniqlikda ularning qiymatini aniqlash, buning uchun qanday vositalar zarurligi, baholash natijalarini qanday formada ifodalash va ko’rsatkichlarni qanday qayta ishlash mumkinligini aniqlashdan iboratdir.

Mahsulotning xossa va xususiyatlari miqdoriy hamda sifat jihatdan tavsiflanishi mumkin. Sifat tavsiflari-bular, masalan, mahsulotning zamonaviy moda yo’nalishiga, dizaynga, ranglarga mos kelishi va boshqalar bo’lishi mumkin.

Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat ko’rsatkichi deyiladi. Sifat ko’rsatkichlarini tanlash - mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi va uning sifati darajasini baholashga imkon beruvchi mahsulot xususiyatlari miqdoriy tavsifining nomlarini aniqlashdir.

Sifat ko’rsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:


  • Mahsulotdan foydalanish shartlari va nima maqsadda ishlab chiqarilganligi;

  • Iste’molchi talablarining tahlili;

  • Mahsulot sifatini boshqarish masalalari;

  • Tavsiflanayotgan xususiyatlarning tarkibi va strukturasi;

  • Sifat ko’rsatkichlariga nisbatan qo’yilgan asosiy talablar (4. rasm)






Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish