Kapital xarajatlar - asosiy kapitalga kiritiladigan mablag‘lar va zahiralarni o‘sishi.
Kasanachilik – yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish.
Kichik biznes sub’ektlari – korxona ko‘lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag‘lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi sub’ektlar. Respublikamizda sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika sanoati va boshkalarda) 50 kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik biznes sub’ektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |