Iste’mol krediti – markaziy bank tomonidan barqarorlik davrida qo‘llaniladigan pul siyosati vositasi (instrumenti). U banklar tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan ichki kreditning maksimal miqdori rasmiy ravishda belgilanishini taqozo etadi.
Iste’mol tovarlari – inson ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan iste’mol buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, iste’mol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar.
Ish bilan band bo‘lgan jami aholi – ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan qismi.
Ish haqi – joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to‘lovlar bo‘lib, ular hisoblangan summalar yig‘indisidan tashkil topadi va ikki qismga bo‘linadi: ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |