Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish - guvohnoma talabgoriga sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi - deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan sertifikatlashtirish katnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oladigan sertifikatlashtirish katnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil buladi: majburiy va ixtiyoriy. Ishlab chikarilgan yoki iste’mol etiladigan mahsulot uchun uning tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Tashqi muhitga, inson salomatligi va uning xavfsizligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlar, majburiy sertifikatlashtirilishi maksadga muvofik buladi, bunday mahsulotlar ruyxati Davlat tomonidan tasdiklanib, bu ruyxatga kiritilmagan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |