Maxsus texnik vositalar yordamida amalga oshiriladigan o’lchashga instrumental o’lchash deyiladi.
Instrumental o’lchash qisman avtomatlashtirilgan va to’liq avtomatlashtirilgan bo’lishi mumkin, qisman avtomatlashtirilgan o’lchash paytida natija bevosita insonning aralashishi yordamida amalga oshiriladi. Masalan: qabul qilingan don mahsulotlarining o’lchash natijalarini tarozibon tarozi ko’rsatkichidan olib qaydlov jurnaliga yozadi.
To’liq avtomatik o’lchash paytida esa inson ishtirokining keragi yo’q, natija hujjat shaklida taqdim qilinib ob’ektiv hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |