J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

Vaqt, narx
va 
samaradorlikni
uch o‘lchamli baholash qaysi tizimga xohish berilishi 
kerakligini aniqlashga yordam beradi. 
Samolyot vazni va yo‘lovchilar soni bilan bog‘liq misolda maqsad ovozdan 
tez samolyotga ta’sir ko‘rsatuvchi har bir tavsifni baholash edi. Tizimlarni tahlil 
qilish bo‘yicha mutaxassis uchish tavsiflarini ishlatish narxini va har xil jismoniy 


244 
konstruksiyalarni ko‘rib chiqish yo‘li bilan ovozdan tez uchish maqsadi qay 
darajada erishilishi mumkinligini aniqlaydi. Har bir holatda samolyotning turli 
vazinlari va yo‘lovchilar saloni konfiguratsiyasi uchun baholash diapazoni ishlab 
chiqilishi kerak. Ushbu asosda muayyan konstruksiya tanlanishi yoki tanlanmasligi 
mumkin. 
4. Kompleks muammolarni o‘rganish va hal qilishda tizimli tahlilning o‘ziga 
xosligi. 
Kompleks muammolarni hal qilish uchun TTdan foydalanishning 3 
afzalligi mavjud. 
Birinchidan
, tizimli konsepsiya muammoning ham umumiy, ham maxsus 
sifatlarini belgilashga imkon beradi. Qaror qabul qiluvchi shaxs odatda muammoni 
hal qilishda tizim g‘oyasini qo‘llamaydi. Qoidaga ko‘ra, ular aniq bir holat uchun 
muammoni alohida hal qilish jihatlarini topadi. 
Agar muammolar o‘rtasidagi o‘xshashlik faqat yuzaki bo‘lganda, qaror 
qabul qiluvchi shaxs tekshirilgan qarorni qo‘llashda erishishi mumkin bo‘lgan 
muvaffaqiyat muayyan darajada chegaralangan bo‘ladi. 
Tajribadan 
bilamizki, 
ko‘plab yangi muammolar vaziyatlarning 
o‘zgarganligiga qaramasdan eski echimlar yordamida hal qilinishi mumkin. Qaror 
qabul qiluvchi shaxs muammoni hal qilish jarayonida yangi muammoning eskisi 
bilan o‘xshashlik darajasini baholashi kerak. Aynan baholash natijasi yangi yoki 
eski qaror qo‘llanilishi kerakligini aniqlab beradi. 
Biroq o‘rganilayotgan sharoitda o‘xshashlikni aniqlash uchun bizning 
ixtiyorimizda kam vositalar bor. Ayrim hollarda muammolarni va echimlarni 
solishtirish qiyin. Bu o‘xshash muammolar vaqt jihatidan ajratilganligi yoki qaror 
qabul qilinadigan vaziyatlarga muhtojligi sababli amalga oshishi mumkin. 
Muammoni hal qilish ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni puxta ko‘rib chiqishga juda ham 
bog‘liq. Bu omillar har doim ham yaxlit muammo bilan bevosita bog‘liq emas.


245 
Endi tizimli uslubiyatning qo‘llanilishi foydasiga bo‘lgan ikkinchi dalilni 
ko‘rib chiqamiz. Tizimli tahlil qabul qilingan qaror oxiri nima bilan tugashini yoki 
oraliq natijani to‘g‘ri aniqlashga imkon beradi. 
Oxiri nima bilan tugashini aniqlovchi echim oraliq natijalarga va 
muqobillarga aloqasi bo‘lmagan yakuniy natijalarni izohlaydi. 
YAkuniy natijani aniqlovchi echimning aksi – bu jarayonni va uning oraliq 
natijalarini aniqlovchi echim sifatida tavsiflanishi mumkin bo‘lgan echimdir. 
YAkuniy natijani aniqlovchi muammoni hal qilishning foydali tomoni 
shundaki, ko‘p holatlarda mas’ul rahbarlar vaziyat talablari bosimi ostida 
(“so‘rovnomaga asosan”) son-sanoqsiz qarorlar qabul qilishi kerak. Jarayonni 
aniqlab beruvchi echimni ishlab chiqish ko‘proq vaqtni talab qilganligi sababli, 
ularni faqat “so‘rovnomalar asosidagi” echimlarni talab qilmaydigan muammolar 
uchun qo‘llash tendensiyasi yuzaga keladi. 
Echimlar formal apparat yordamida o‘rganishni talab etadi hamda yakuniy 
natijani aniqlovchi echimga nisbatan narxi qimmat va ko‘p vaqtni talab qiladi. Ular 
shu tarzda ehtimoli katta bo‘lgan va rahbar faqat to‘liq asoslangan xulosani 
olgandan keyingina mablag‘larni “tikishga” rozi bo‘lgan katta ko‘lamdagi, 
murakkab muammolar echimiga qilingan ilovalardan o‘rin egallaydi. 
Tizim g‘oyasini qo‘llash foydasiga bo‘lgan uchinchi fikr shundaki, tizimli 
yondashuv muammolarni echish uchun ularni tashkillashtirishga imkon 
yaratadigan ob’ektiv standartni yaratishga yordam beradi. 
Ob’ektiv standart – bu universal vositadir. U aniq qoidalarni yoki 
tamoyillarni o‘z ichiga olgan belgilangan mezonlar atamasida munosabatlar 
qanday bo‘lishi kerakligini aniqlashga imkon beradi. Ob’ektiv standart 
muammoning mazmuniga chuqur kirib borishga imkoniyat beradi va shu bilan 
mega tizim ko‘rinishlarini umumlashtirishga ko‘maklashadi. 
Fizika nuqtai nazaridan, ob’ektiv standart har qanday joyda ma’noga ega 
bo‘lishi va namoyish qila oladigan bo‘lishi kerak. Hamda u vaqt sinovlariga va 
boshqa shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan ko‘p karrali tekshirishlarga bardosh 


246 
berishi kerak. Ob’ektiv standart uning asosida namoyish qilina olinadigan 
dalillarning borligi bilan foydalidir. 
Agar echimning xato ekanligini eksperimental tekshirish yo‘li bilan isbotlab 
bo‘lmasa, u holda har biriga tadqiqotchi, ma’lum darajada, ishonadigan haqiqatdan 
bo‘lgan konstruksiya sifatidagi echimning shakllantirilishi oqlangan deb 
hisoblanadi. Ushbu haqiqatlar oxir oqibat qonunlar yoki aksiomalar deb 
nomalanishi mumkin. 
Ishbilarmonlik olamida, harbiylar yoki hukumat idoralari faoliyatida bu 
turdagi qonunlar kam yoki umuman yo‘q. Agar bunday qonunlar mavjud bo‘lsa 
ham ularni aniqlash qiyin. Agarda qonunga o‘xshash holat aniqlansa, uning 
qo‘llanilishi muayyan bo‘lgan alohidagi soha bilan cheklangan (masalan, faqat 
ishlab chiqarish, ayrim geografik hudud yoki jarayon bilan cheklangan). 
Tizim g‘oyasi alohida hodisalarni o‘rganish uchun mo‘ljallanmagan, balki 
ushbu vaziyat jarayonini va uning holatining muhitini keltirib chiqaruvchi to‘liq 
komplekslar voqealar o‘rganadi.
Ob’ektiv tarzda o‘rnatilgan qoidalar tizimi yig‘indisi prizmasi orqali ko‘rib 
chiqiladigan faoliyat tizim ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Kompleks tavsifga ega bo‘lgan 
vazifalarni o‘rganuvchi TT bo‘yicha mutaxassis faoliyat jarayonining ob’ektiv 
tuzilmasini ko‘rishga muvofaq bo‘ladi. 
Uning maqsadiga tizim tavsiflarini aniqlash va muayyan sifatlar bilan ularni 
solishtirib ko‘rish kiradi. Bu tavsiflar tizimli parametrlar deb nomlanadi. 
Parametrlar bu mezonli tizimning (yoki komponentning) har bir sifatiga 
miqdoriy baho beradigan erkin holatdagi o‘zgarmaslardir. Parametr sifati bu ushbu 
operatsion vaziyatda parametrga berilgan aniq o‘lchamdir. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish