182
o‘tishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida jarayonni ilmiy
o‘rganishni (bilishni) taqozo etadiki, bunda abstraksiya,
induksiya va deduksiya
kabi metodlardan foydalanishni taqozo etadi.
Bilish
,
olamning inson ongida aks ettirish jarayoni hisoblanib, inson o‘zini
qurshab olgan atrof-muxit tugrisida bilim va tasavvurga ega bulmay turib,
faoliyatning biron-bir turi bilan shug‘ullana olmaydi. Buning mahsuli,
natijasi
bilim bo‘lib, bilimlar maishiy, ilmiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Har qanday
muammoni o‘rganish uchun bilim kerak bo‘ladi va tahlilni amalga oshirish
davomida ehtiyoj sifatida, kasbiy zaruriyat ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Har qanday bilish mavhumlik jarayonlari bilan zaruran bog‘liq. Bu
jarayonlarsiz narsa(jarayon)ning mohiyatini ochib berish, uning “ichi”ga chuqur
kirish mumkin emas. Narsa(jarayon)ni bo‘laklarga bo‘lish,
undagi muhim
jihatlarini qismlarga ajratish, ularni “sof” holida har tomonlama tahlil kilish,
tafakkurning mavhumlashtiruvchi faoliyati natijasidir. SHu sababli muammoni
o‘rganishda jarayonida abstraksiyaning axamiyati juda katta. Abstaksiya
nechog‘lik chinakam ilmiy bo‘lishiga qarab amaliyot mezoni tarzida xizmat qiladi.
Abstraksiya
(
lot. abstaktio - mavxumlik) bilish shakllaridan biri bo‘lib, u
narsa(jarayon)larning bir qancha xossalarini va ular o‘rtasidagi aloqadorlilarni
fikran nazardan soqit qilishdan hamda biron bir xossa
yoki munosabatni ajratib
ko‘rsatishdan iborat. Nazardan chetlatish jarayoni abstraksiyalash mahsuli
hisoblanib, voqea, hodisa, predmetlar kuzatilayotganda nihoyasizlik abstraksiyasi,
“sanab chiqilgan”, “tugallangan”
abstraksiyalaridan foydalanish mumkin.
Har bir muammoni o‘rganishda abstraksiyasiz biror bir natijaga erishib
bo‘lmaydi. Uningsiz predmet(jarayon)ni mohiyatini ochish,
uning ichki tabiatiga
kirish mumkin emas. Narsa, hodisa, predmetni bo‘laklarga bo‘lish, ularni muhim
tamoyillarini o‘rganish, bo‘laklarga ajratish abstraksiya metodi orqali bajariladi.
Tizimli tahlil etish jarayonida, fikr, murakkablikdan oddiylikka, tasodifdan
zaruratga qarab, xilma-xillikdan ayniyatga va birlikka qarab harakat qiladi. SHu
sababli, tizimli idrok alohida o‘rin tutadi. CHunki,
tizili tahlilning maqsadi
183
kismlarni, murakkab butunning unsurlari sifatida o‘rganib, ular o‘rtasidagi aloqa
va qonuniyatlarni aloqadorlik darajasini belgilab olishdan iborat. Biroq, tizimli
tahlil jarayonning mohiyatini ajratib,
mavhum holda qolayotgan birlik, xilma-
xillikdagi birlikni ochish uchun xizmat qiladi. Bunda sintezlashuv jarayoni
vazifadorligi jixatidan muhim urin tutib, tahlil
davomida ajratilgan qismlar,
xossalar, munosabatlarni yagona bir butunlikka keltirish uchun xizmat qiladi.
Sintez birlikdan, tafovutga va xilma-xillikka karab yunaltirilgan bulib, umumiylik
va xususiylikni, birlik va xilma-xillikni muayyan organik yaxlitlikga birlashtiradi.
Maydonini kegaytirishi bo‘yicha murakkab vaziyatga tushirsada, ammo
tadqiqotchining tahliliy faoliyatining mazmundorligini ta’minlaydi. CHunki
o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir ko‘rsatadigan barcha omillar (sub’ekti,
ob’ektiv)ning ta’sir ko‘rsatishini darajaviyligini (ular, kuchli ta’sir ko‘rsatadi,
to‘ldiruvchi tarzida amal qilishi mumkin) belgilab olish imkoniyatini yaratadi. Bu
o‘z navbatida tizimli tahlil turining tuzulishiga oid tasavvurga ega bo‘lishni takozo
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: